3. Miyacha chodiri miyacha o'rog'ining ikki yon tomonida (kallaning
orqa chuquri ustida) tortilgan.
4. Egar to'sig'i (diafragma) ponasimon suyak tanasi ustidagi turk
egari ustida tortilib turadi. Buning o'rtasida miya ortig'i bezining oyog'i
o'tadigan teshik bor.
Qattiq parda varaqlari
suyak egatlari ustida ajralib, bo'shliqlar (kovaklar)
hosil qiladi. Bu bo'shliqlardan kalla ichida to'plangan vena qoni oqadi.
Bu kovaklarga quyidagilar kiradi:
1. Ko'ndalang kovak ensa suyagining ichki yuzasidagi keng egat bi
lan qattiq parda varag'i oralig'ida paydo bo'ladi.
2. «S» simon kovak, ko'ndalang kovak chakka suyagining piramida
qismidan burilib, pastga (so'rg'ichsimon qismga) tushib, «S»
simon kovak
nomini oladi.
3. O'q-yoysimon ustki kovak miya o'rog'ining ustki chetini ikkiga
ajratib, tepa suyaklarining o'q-yoysimon egatlari chetiga yopishishidan
vujudga keladi. Bu kovak orqa tomondan ko'ndalang kovakka qo'shiladi.
4. Pastki o'q-yoysimon kovak qattiq parda miya o'rog'i o'simtasi-
ning pastki qirg'og'i oralig'ida paydo bo'ladi. Bu kovak ham ko'ndalang
kovakka qo'shilib turadi.
5. Turk egari atrofida va chakka suyagining
piramida qismi ustida
ham kovaklar joylashgan. Kovaklaming hammasi ko'ndalang kovak orqali
«S» simon kovakka qo'shiladi. Bu kovak esa bo'yinturuq teshik orqali
ichki bo'yinturuq venasiga qo'shilib ketadi. Qattiq parda bilan to'r
parda
o'rtasida torgina bo'shliq bo'lib, unda ozroq miqdorda miya suyuqligi
bo'ladi.
II. T o ' r p a r d a yupqa bo'lib, egatlar ustini qoplab turadi. Ustida
juda ko'p mayda teshikchalari bo'lgani uchun to'r parda deb ataladi. T o'r
parda egatlar ustidan ko'prik singari o'tib, miyani qoplab turadi.
Natijada
parda bilan egatlar oralig'ida bo'shliqlar paydo bo'ladi. Bo'shliqlar ba’zi
joylarda (miyacha bilan uzunchoq miya o'rtasida, miya ko'prigi sohasi
da, miya oyoqchalari orasida) kattalashib, havzalar hosil qiladi. T o'r
parda ostidagi bo'shliqlarda, havzalarda tiniq miya suyuqligi bo'lib, ular
faqat bir-biri bilan emas, balki orqa miyaning to'r pardasi ostidagi bo'shliq
va miya qorinchalari bilan ham (IV qorinchaning burchaklarida joylash
gan teshiklar orqali) qo'shilib turadi. T o 'r pardada qon tomirlar bo'lmaydi.
III. T o m i r l i p a r d a qon tomirlar va
nervlarga boy yupqa parda
bo'lib, po'stloq egatlarining orasiga aylanib kirib joylashadi. Bu parda
qon tomir chigallarini,
burmalarini hosil qilib, miya qorinchalari ichiga
kirib joylashadi va miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.
Miya suyuqligi bir me’yorda (150— 200 g) bo'lib, bosh miya qorin
chalari hamda orqa miya markaziy kanalida va to'r parda ostidagi bo'shliq
larda aylanib yuradi. Miya suyuqligi miya qorinchalaridagi qon tomir
chigallari
va burmalaridan ajralsa, to 'r pardada joylashgan juda mayda
teshikchalar vositasida limfa tomirlari va vena qon tomirlariga shimilib
turadi.
Miya suyuqligi orqa va bosh miyalami tashqi mexanik ta’sirlardan
saqlashdan
tashqari, miyada moddalar almashinuvi jarayonida va kalla
bo'shlig'idagi bosimni bir me’yorda ushlab turishda ham ishtirok etadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: