ostidan yuzaga tez ko'tarilsa, bosim o'zgarib, erigan gazlar ajralib, qonda
va to'qimalarda gaz pufakchalariga aylanadi. Kislorod pufakchalari o'z
navbatida asta-sekin to'qimalarga shimiladi. Erigan azot pufakchalari esa,
aksincha, shimilmasdan kapillarlarga tiqilib, qon aylanishini buzadi. Bunday
holat
kesson kasalligi
deb ataladi. Bu vaqtda odamni yuqori bosimli
kameraga joylab, bosimni asta-sekin pasaytira borilgandagina erigan gazlar
nafas bilan tashqariga chiqib, odam normal holatiga qaytadi.
Odam yuqoriga (balandlikka) ko'tarilgan sari kislorodning parsial bosimi
kamayadi. Jumladan, 3 km balandlikda kislorod miqdori 1/3 ga kamayib,
bosim 510 mm bo'ladi, 9 km balandlikda esa kislorod 2/3 ga kamayib,
bosim (simob ustuni hisobida) 200 mm ga tushib ketadi. Bunday sharoitda
odam organizmida kislorod sezilarli kamayadi. Bunga gipoksiya deyiladi.
Natijada odam bo'shashib, qimirlashga holi bo'lmaydi. Nafas qisish va
ko'karish alomatlari boshlanib, odam hushdan ketadi. Shuning uchun
samolotlarda maxsus asboblar yordamida odamlami yetarlicha kislorod
bilan ta’minlab turiladi.
Turli sabablarga ko'ra (zaharlanish, suvga cho'kish, og'ir o'pka ka-
salliklari) odamda bo'g'ilish (asfiksiya) sodir bo'ladi. Bunda to'qimalar
qondagi kisloroddan foydalana olmaydi. O'pkada esa suv yoki ekssudat
yig'ilib, kislorod bilan gemoglobinning birlashish xususiyati buziladi.
Odam zaharlanganda nafas olish markazi va fermentlar ishdan chiqib
(falajlanib), qondagi kisloroddan hujayralar foydalana olmaydi.
Nafas olish ba’zida (elektr toki ta’sirida, narkoz va h. k.da) to'xtab
qoladi. Bu vaqtda yurak urib turgan bo'lsa, darhol qo'l yoki asboblar
yordamida sun’iy nafas oldirishga kirishish kerak. Qo'l bilan sun’iy nafas
oldirganda bemor chalqancha yotqizilib, uning qo'llarini oldin bosh tomon,
so'ngra tanasi tomon siqib harakatlantirib, o'pkaga har minutda 16— 18
marta havo kiritishni ta’minlash lozim. Asboblar yordamida sun’iy nafas
oldirganda esa asbob trubkasini traxeyaga kiritilib, bir me’yorda (1 minutda
16— 18 martadan) havo berib turiladi.
Ba’zan odamda himoya refleksi — yo'tal va aksirish bo'ladi. Bunda
hiqildoq va traxeyaning shilliq pardasiga yot zarrachalar, shilimshiq
to'planib yopishib qolib, nerv oxirlarining qitiqlanishi natijasida nafas
olish markazi ta’sirlanadi. Natijada qisqa va chuqur nafas chiqarish (yo'tal)
ro'y beradi. Yo'tal zarbi esa yot jismlami chiqarib tashlaydi. Aksirish
burun bo'shlig'i shilliq qavati chang zarrachalari bilan qoplanganda nerv
oxirlarining ta’sirlanishi (reflektor yo'l bilan) orqali vujudga keladi. Aksirish
odam badani notekis sovugan paytda ham paydo bo'ladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: