PETITIO PRINCIPII (lot.) – tezisning isboti uchun keltirilgan asos, to’g’ri, chin, yetarli bo’lsa – da, uning isboti uchun yana qo’shimcha isbot qilish talab qilinadigan dalillar keltirish asosida kelib chiqadigan xatoning lotincha nomi bo’lib, “asosni oshirib yuborish” xatosi deb ataladi.
PONENDO TOLLENS – (lot.) – ayiruvchi – qat’iy sillogizmning «tasdiqlash yo’li bilan inkor qilish» modusining lotincha nomi.
PONENS (lot.) – shartli sillogizmning “tasdiq” modusining lotincha nomi.
R (LOTINCHA RELATIO) – munosabat so’zining birinchi harfi bo’lib, hukmlar o’rtasidagi munosabatning simvolik ifodasidir. Hukmlar o’rtasidagi munosabatning formulasi quyidagicha: a R b (a va b hukmi o’rtasida R munosabat bor deb o’qiladi).
RADDIYA – biror tezisning noto’g’riligi yoki asossizligini isbotlaydigan mantiqiy usul.
RASIONALIZM – (lot. rationalis - aqliy) – bilish nazariyasida aqlni haqiqiy bilimning birdan bir manbai deb hisoblovchi oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |