S (LOTINCHA SUBJECTUM) – sub’ekt so’zning birinchi harfi bo’lib, u hukmdagi mantiqiy eganing simvolik ifodasidir. Sillogizmda hulosa sub’ekti kichik termin ham S harfi bilan ifodalanadi.
SABAB VA OQIBAT – (lot. causa - sabab) – boshqa bir hodisani zaruran vujudga keltiruvchi sabab natijasida yuzaga kelgan boshqa hodisa oqibat deb ataladi.
SIGNAL – (lot. Signum - belgi) – ma’lum ma’lumot beruvchi shartli belgi.
SILLOGIZM – (grek. Sullogismos – hisoblab chiqarmoq) – hulosa chiqarishning deduktiv usuli bo’lib, unda ikki qat’iy hukmdan yangi bir qat’iy hukm – hulosa hosil qilinadi. Bunda o’rta termin asoslarni mantiqan bog’laydi, kichik va katta terminlar bog’lanib, hulosa hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |