ARGUMENT AD HOMINEM – insonga doir degan xatoni lotin tilidagi ifodasi. Biror tezisning isboti uchun obyektiv voqelikda isbotlangan fikrlarni keltirish yo’li bilan emas, balki mazkur odamning ijobiy yoki salbiy tomonini ko’rsatish orqali isbotlashdir.
ASSERTORIK HUKM – mavjudlik hukmi (lot. Assero - tasdiqlayman) – qat’iy hukmning bir turi bo’lib, predikat sub’ektdagi belgining mavjudligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bu hukmda predikatlarda u yoki bu belgining mavjudligini yoki mavjud emasligi qayd qilinadi, halos.
ATRIBUTIV HUKM (lot. Atributum – belgilanilgan, bo’linilgan, qo’shilgan) – predikatda sub’ektga xos sifat va xususiyatlarini aks ettiruvchi hukm.
AFORIZM (grek. Aphroismos – qisqa hikmatli so’z) – u yoki bu fikrni qisqa, aniq va ishonarli, tugallangan shaklda bayon etishdir. Bunday fikrlar murakkab narsalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Biroq, aforizm formal logik nuqtai nazardan tushuncha ta’rifi bo’la olmaydi.
AFFIRMATIV HUKM (lot. Affermo - tasdiqlayman) – tasdiqlovchi hukmlar (umumiy tasdiq, juz’iy tasdiq, bu hukm ba’zida affirmatik hukm deb ham yuritiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |