APODEYKTIK HUKM YOKI ZARURIY HUKM (grek. Apodeiktkos – ishonarli, aniq) – predikat va sub’ektdagi belgini zaruriy tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bunday hukmlar narsa va hodisalar o’rtasidagi zaruriy munosabatni aks ettiradi.
APOLOGETIKA (grek. Apologio – himoya, himoya nutqi) – biror nutqni yoki fikrni himoya qilish (Apologiya ham ana shundan kelib chiqadi).
ARGUMENT (lot. Argumentum – isbot asosiy) tezisni isbotlash uchun keltiriladigan fikrlar. Bunday fikrlarning to’g’riligi praktikada isbotlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |