ANALIZ VA SINTEZ (grek. Analysis – ajratish, bo’lish va qo’shish, birlashtirish) Analiz shunday bir mantiqiy usuldirki, uning yordami bilan buyumlar, hodisalar fikran qismlarga bo’linadi. Sintezda esa qismlar fikran birlashtirilib, bir butun holiga keltiriladi.
ANALOGIYA (grek. Analogia – o’xshashlik, moslik) – ikki buyumning bir yoki bir necha belgilarning o’xshashligidan boshqa belgilarning ham o’xshashligi to’g’risida hulosa chiqarishdir.
ANTITEZIS (grek. Antithesis – qarama – qarshi qo’yish) – tezisga qarama–qarshi bo’lgan tezis.
APAGOGIK ISBOT (grek. Apagoge – hulosa, apagogos – buruvchi, chiqaruvchi) – vositali isbotning bir turi bo’lib, tezisning to’g’riligi bevosita argumentdan (asosdan) keltirilib chiqarilmaydi, balki unga qarshi bo’lgan tezisning (antitezisning) xatoligini isbotlash orqali dastlabki tezisning to’g’riligi isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |