O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


-Mavzu.Moslashtiriuvchi sport asoslari



Download 424,67 Kb.
bet39/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

12-Mavzu.Moslashtiriuvchi sport asoslari.
Reja
1.Jismoniy mashqlarning harakat mehanizmlari.
2.Sogʼlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini dasturlash.
3.Vazifalar (toʼgʼrilovchi, kompensator, profilaktik, sogʼlomlashtiruvchi, taʼlim, tarbiya va boshqalar)ning qoʼyilishi va ularni hal qilishda vositalar va usullarni tanlash.
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlari samarali va metodik jihatdan toʼgʼri oʼtkazilishi uchun maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi-tarbiyachi oʼta bilimli,tajribali va metodik jihatdan qurollangan boʼlishi lozim. Har bir mashgʼulot toʼgʼri rejalashtirilgan, mashgʼulot ishlanmasi oldindan tuzilgan va maktabgacha taʼlim muassasasi metodisti bilan uslubiy jihatdan maslahatlashilgan holda tashkil yetilishi kerak. Maktabgacha taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgʼulotlari sport zalida yoki sport aydonchasida oʼtkaziladi. Mashgʼulot oʼtish joyi gigienik va metodik talablarga javob beradigan toza va ozoda saqlanadi. Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida ishtrok yetuvchi bolalar tibbiyot xodimi nazoratidan oʼtgan, sogʼlom va sport kiyimlari (futbolka, shortik, sport oyoq kiyimi) kiygan xolatda mashgʼulotlarda ishtirok yetadi. Mashgʼulotda ishtirok yetish jarayoni, mashgʼulotni tashkil yetish va boshqarib borish tarbiyachidan yetarli darajada taʼlimiy metodlari qoʼllashni talab qiladi. Jismoniy mashqlarni mashgʼulotlar uchun tanlash programma asosida tuziladigan ish plani boʼyicha belgilanadi. Muayyan gruppa bolalari yoshini, har bir bolaning salomatligini, umumiy rivojlanish darajasini hisobga oluvchi prespektiv va kalendar planlar bolalar tomonidan yegallangan xarakat koʼnikmalari, bolalarning individual-tipologik xususiyatlari, yil fasli, mashgʼulotlarni oʼtkazish sharoiti, shuningdek, bolalarning avvalgi faoliyatini xisobga olishdan kelib chiqqan holda mashgʼulot vazifalari va konkret jismoniy mashqlar belgilanadi. Navbatdagi mashgʼulot planini ishlab chiqishda oldingi mashgʼulotni sinchiklab analiz qilish qoʼl keladi. Analiz jarayonida oldingi mashgʼulotda qoʼyilgan vazifalarning amalga oshirilgan darajasi, bolalar reaktsiyasida namoyon boʼladigan va mashgʼulotni hisobga olishda qayd yetiladigan natijalar (barcha bolalar tomonidan va alohida holda yangi programma materiali oʼzlashtirish darajasi; tanish harakatlarni yegallashdagi progress yoki qoʼshimcha mashqlar, yengilroq variantlarni, birmuncha chuqurroq oʼrganishni, bolalarni tashkil yetish formasini oʼzgartirishni, individual mashgʼulotlar va hokazolarni talab yetuvchi u yoki bu qiyinchiliklar) aniqlanadi. Oldingi va keyingi mashgʼulotlar oʼrtasidagi uzviy aloqa, umumiy maqsadga yoʼnalganlik mukammal sistemani taʼminlaydi. Bu tobora murakkablashib boradigan vazifalarni bajarishdagi aniq izchillikni, programmani oʼtishni va shu asnoda har bir yosh gruppasidagi bolalar taʼlimining natijalari muvafaqqiyatli boʼlishini belgilaydi. Oldingi mashgʼulot analizi asosida avvalo mashgʼulot asosiy qismining vazifalari: bolalarni yangi mashqlarga oʼrgatish; oldindan tanish mashqlarni takrorlash va takomillashtirish (konkret jismoniy mashqlar koʼrsatiladi) belgilab olinadi. Shundan soʼng mashgʼulotning kirish va yakunlovchi qismiga moʼljallangan mashqlar aniqlanadi. Tarbiyachi, ayniqsa yetarli tajribaga yega boʼlmagan tarbiyachi programmada berilgan metodik tavsiyalardagi jismoniy mashqlarni planlashtirish sistemasidan foydalanish mumkin. Ushbu tavsiyalarga ijodiy yondoshgan holda oʼz gruppasidagi konkret sharoitga muvofiq planga zarur oʼzgartirishlar kiritish mumkin. Ayni paytda mazkur koʼrsatmalar unga bolalarni programmaga koʼra jismoniy mashqlarga sistemali oʼrgatishda yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, gruppaviy, individual kabi turli usullardan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashgʼulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga oʼrgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qoʼllashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uygʼunligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni hal yetishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishida, shuningdek mashgʼulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir. Bolalar mashgʼulot detallarini oʼrganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi unga katta boʼlmagan gruppaga boʼlinishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqning bir yoki ikki gruppa tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga yega boʼladi, qolgan bolalar yesa oʼz oʼrtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar. Bundan tashhari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin ketin, toʼxtovsiz – potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng koʼlamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil yetilishi mumkin. Turli mashqlarni har bir bola tomonidan davra boʼylab, stantsion tarzda izchil tartibda potok usulida bajarilishi foydali hisoblanadi (masalan, chambarak orasidan oʼtish, skameykada qomatni tik tutib yurish, sakrab qoʼngʼiroqchani chalish, chopish va yugurib kelib uzunlikka sakrash Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov gruppa bolalariga nisbatan qoʼllash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mashqlarni takomillashtirishdagi alohida ahamiyatga molikligi va ularni oʼrganishda yesa kam ahamiyatga yega yekanligini qayd yetib oʼtmoq lozim: potok harakatning toʼxtovsizligi tarbiyachiga baʼzan bolalar harakatdagi noaniqliklarni bartaraf yetishda imkon bermaydi; u har bir bolani kuzatib boradi va bu vaqtda mashqlarni bajarilishini qisqa tarzda baholashi yoki ogohlantirishi mumkin. Shu bilan birga harakat – potok usulini koʼnikmalarni takomillashtirishda qoʼllash bolalarda tezkorlik, yepchillik, kuch, chidamlilik va fazoda moʼljal olish kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Katta va tayyorlov gruppalarda gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashgʼulotda tarbiyachining bolalarni oʼrgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat koʼnikmalarini takomillashtirish bilan qoʼshib olib borilgan hollarda qoʼllaniladi. Bunda bolalarning bir gruppasi tarbiyachi rahbarligida biror-bir harakatga oʼrgatiladi, ikkinchi gruppa bolalari (yoki ikkita katta boʼlmagan gruppa) yesa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). Oʼzlariga avvaldan tanish, biroq turli mashqlarni (toʼp oʼyini, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar), shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch gruppa bolalar boʼlishi mumkin. Tarbiyachi bir gruppani bevosita oʼrgata borib, barcha shugʼullanuvchilarni ham yeʼtibordan qochirmaydi, bolalarga harakatlari toʼgʼriligini, tartib, xatti-xarakatlarini oʼzlari nazorat qilib borishlarini taklif yetadi. Mashgʼulot shunday tashkil yetilganda bolalarda masʼuliyat, oʼzini tuta bilishi, topshiriqni barcha uchun umumiy ish kayfiyatini buzmagan holda mustaqil bajarish malakasi, oʼz koʼnikmalarini ongli ravishda takomillashtirish tarbiyalanadi va shuningdek, mashgʼulot davomida butun gruppaning xarakat aktivligi va yuqori motor zichligini saqlash imkoniyati yaratiladi. Mashgʼulot jarayonida har bir bola oʼziga berilgan topshiriqni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida individual usuldan foydalanish mumkin. hamma uchun umumiy boʼlgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirigʼiga koʼra individual tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida yeʼtiborini, bolalarni yaxshi uyushtirishni, barchani aktiv kuzatishga jalb yetish va topshiriqlar bajarilishining toʼgʼriligini analiz qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirigʼiga koʼra qayta bajarishga tayyor turishni talab yetadi. Mashgʼulotda bolalarni uyushtirishning koʼrsatib oʼtilgan usullarining har biridan foydalanish tarbiyachi qoʼygan vazifalarga, mashgʼulot oʼtkaziladigan sharoitga va ularni ritsonal amalga oshirishga bogʼliq. Bolalarni mashqlarga oʼrgatishda fizkultura mashgʼulotlari samaradorligini oshirishga imkon beruvchi tashkil yetishning turli aralash usullaridan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan fizkultura mashgʼulotlarini oʼtkazishda nagruzka va dam olishni oqilona almashtirib turish zarur. Dam olish mashgʼulot jarayonida aktiv va passiv boʼlishi mumkin. Aktiv dam olish birmuncha toliqish bilan kechgan faoliyatdan boshqasiga oʼtishni koʼzda tutadi. Passiv dam olish aktiv harakat faoliyatini istisno qiladigan nisbatan xotirjam holat bilan xarakterlanadi. Mashgʼulotda nagruzka va dam olishni toʼgʼri almashtirib turish diqqatning optimal qoʼzhalishini va bola yemotsiyasini saqlashni taʼminlaydi, tabiiy vujudga keluvchi toliqishning oldini oladi. Bundan mayyan zoʼriqish uygʼotadigan va kuch sarflashni talab yetadigan, shu bilan bogʼliq ravishda toliqish keltirib chiharadigan nagruzka ayni paytda organizmning tiklanish jarayoni, uning funktsiyalarini oshirishning omili ham hisoblanadi. Mavjud tadqiqotlar oganizmining ish qobiliyati ish va dam olishni almashtirish chogʼida muayyan fazalarning almashinish jarayonida qonuniy tarzda oʼzgartirib turishini koʼrsatmoqda. Yetarlicha nagruzkada ish qobiliyati asta-sekin pasayadi, biroz toliqish seziladi. Bolaning orgnizmga dam beruvchi faoliyatining almashinishi tiklanish jarayonlarining aktivlashishiga yordam beradi. Shunday jqilib, toliqish va tiklanish jarayonlari oʼrtasidagi organik aloqa va oʼzaro oʼtishlar dam olish va nagruzkaning oʼzaro bogʼliqlik qonuniyatini belgilaydi. Yuqorida mashgʼulotning kirish qismi organizmni asta-sekin ishga koʼnikishiga va bolani mashgʼulotning asosiy qismiga tayyorlovchi psixik funktsiyalarning aktivlashishiga yordam berishi koʼrsatib oʼtilgan yedi. Mashgʼulot asosiy qismining boshida bolalarga juda qattiq diqqatni talab yetuvchi material beriladi. Yangi harakat faoliyatiga oʼrgatishda bolada uning dastlab obrazi, harakat tasavvuri vujudga keladi. Bu vazifani tushunib olish, mashq yelementlarining tarbiyachi tomonidan bajarilish izchilligi, uning mashqni bajarish usullarini koʼrgazmasiz izohlash va tushuntirish bilan bogʼliq. Shundan soʼng bolalar mashqni qaytadan mustaqil bajara boshlaydilar. Bu vaqtda mashqni iloji boricha aniqrogʼ bajarishga harakat jqilib bola oʼz irodasini (aqliy va jismoniy) namoyon yetadi. Bularning barchasi nerv sistemasining zoʼriqishiga va organizmning psixik va fiziologik funktsiyasining oshishiga olib keladi. Shuning uchun bunday jarayon juda davomli boʼlishi kerak yemas. Bosh miya poʼstlogʼi toʼqimalarining bir gruppa yoki butun bir uchastkasidagi uzoq davom yetgan qoʼzhalish albatta boshqa gruppalarda tormozlanish holatini keltirib chiharadi. Bu tashharidan haragandan bolalar parishonxotirligida, ular qiziqishi va yemotsiyalarining susayishida, harakatlar koordinatsyasining bir qadar buzilishida, baʼzan qoʼzgʼflishdan koʼrinadi. Tormozlanishning muhim funktsiyalaridan biri miya poʼstlogʼi toʼqimalarini oʼta darajadagi qoʼzgʼalishdan himoya qilishdir. Agar qoʼzgʼatuvchi taʼsir juda davomli yoki tez-tez takrorlansa, yohud haddan ortiq kuchli va tinkani quritadigan darajada boʼlsa, bunday holda miya poʼstlogʼining qoʼzhaluvchanligi susayadiva u qoʼzgʼatuvchiga javob qilmaydigan boʼlib qoladi. Shunday yekan, nagruzkani dozalash, bolani bir xil faoliyatdan ikkinchisiga jalb yetish va ish hamda dam olishni muntazam almashtirib turish qanday rol oʼynashi oʼz-oʼzidan maʼlum boʼlib qoladi. Bolalar yangi mashqlarni oʼzlashtirib olganlaridan keyin, ularga takroriy, kam kuch sarflab bajariladigan mashqlar beriladi. Bolalar tanish mashqni bajarishdan oldin tarbiyachining ogʼzaki koʼrsatmasini tinglaydilar va shundan keyin harakatlarni qaytadan bajaradilar. Tarbiyachi tomonidan koʼrsatma berishga sarflangan vaqt bolalarning tafakkur faoliyatini aktivlashtirishgan holda muskul faoliyatiga dam beradi. Shundan soʼng bolalar harakatli faoliyatning detallarini ongli bajaradilar va nazorat qiladilar, bir necha bor takrorlash bilan uning toʼgʼriligini aniqlashtiriladi. Ana shulardan soʼng bolalarga avvaldan tanish mashqlar yoki stabillik bosqichida turgan variantlardan biri beriladi. Bu mashqlarning bajarilishi bolaning vazifaga nisbatan ongli munosabati saqlanishini koʼzda tutadi, biroq hosil qilingan sistema, ularning avtomatlashgani tufayli harakatli faoliyatni bajarish usuliga yeʼtiborni talab yetmaydi. Bolalarga mashqni yeslash va uni bajarish usulini hikoya jqilib berishni individual taklif yetish mumkin, shundan soʼng mashqni hammalari qaytadan bajaradilar. Koʼrsatib oʼtilgan (namunaviy) topshirigʼlarni almashtirib turish tarbiyachiga butun mashgʼulotning qulay surʼatini (shoshma-shosharsizlik), bolalar faoliyati xarakterini almashlash, organizmning psixik va jismoniy funktsiyalari oʼrtasidagi oʼzaro aloqani belgilaydigan mashqlarning takroriy miqdorini koʼzda tutish imkonini beradi. Mashgʼulotda bolalar faoliyatini toʼgʼri almashtirib turish uning umumiy zichligini taʼminlaydi. Mashgʼulotning umumiy va motor zichligi. Mashgʼulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan oʼzini oqlagan vaqtning mashgʼulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi. Bolalarning tushuntirishlar, koʼrsatmalar, ogʼzaki instruktsiyalarni idrok yetishi, tarbiyachi namoyish yetgan jismoniy mashqlarni kuzatishi, topshiriqlarni tushunib olishi, bolalarning mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi, jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan usul hisoblanadi. Jismoniy mashgʼulotlarga xarakteristika berishda jimoniy mashqlarni bajarishga, butun mashgʼulot davomiyligiga sarflanganvaqtning nisbati sifatida tushuniladigan motor zichligi juda muhimdir. U har bir konkret mashgʼulotning mahsuldorligini belgilaydi. Biroq mashgʼulotning motor zichligiga qoʼyiladigan talablar oʼquv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishni istisno yetmaydi. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatni toʼgʼri, maqsadga muvofiq almashtirib turish mashgʼulot mazmuni puxta uylanganligi va uni malakali tarzda oʼtkazishning
koʼrsatkichi hisoblanada. Mashgʼulot jarayonida zaruriy yordamchi harakatlarga juda oz vaqt ajratiladi
(ashyolarni tarqatish, bolalarning qayta saflanishi, fizkultura snaryadlarini qayta joylashtirish). Tarbiyachi bu harakatlarni tashkil yetishni oldindan oʼylab oladi va vaqtni behuda sarflash imkonini istisno qiladi. Tasodifan yuz beradigan tashkiliy xatoliklar (mashqlarni bajarish uchun zarur ashyolarning yoʼqligi, bolalar kiyimi va poyabzalidagi kamchiliklar, zalda begona kishilarning paydo boʼlishi) pedagogik jihatdan oʼzini oqlamagan holda sarflangan vaqt sifatida belgilanadi. Jismoniy
mashgʼulotlar qoʼyilgan taʼlim-tarbiyaviy va sogʼlomlashtirish vazifalariga javob bera olishi uchun ular qiziqarli boʼlishi, bolalarda muayyan yemotsional koʼtarinki ruh uygʼotishi zarur. Istalgan yosh gruppasi mashgʼulotlarida qiziqishning yuzaga kelishi mashqlar va oʼyinlarning muayyan yangiligi hamda fikr, harakat aktivligi, ijobiy yemotsiyalar, natijaga yerishish istagini uygʼotadigan vazifalarni asta-sekin murakkablashtirish bilan taʼminlanadi. Kichik gruppalarda qiziqish va yemotsiyalar harakatlarni bajarish jarayonining yoʼldoshi hisoblanadi. U muskul harakati sezgisidan va harakat vazifalarini muvafaqqiyatli bajarishdan qoniqish hissini uygʼotadi.
Birmuncha kattaroq gruppalarda bolalarning qiziqishi ularning mashqlarni mustaqil bajarishi, ayrim qiyinchiliklarni ongli ravishda yengib oʼtishi tufayli ortadi. Shunday yekan, tarbiyachi mashgʼulotni muvafaqqiyatli oʼtkazish uchun har bir bolaning xususiyatlarini yaxshi bilishi va shu asosda kollektiv mashgʼulot jarayonida individual rahbarlikni moqirona amalga oshira olish lozim. Bunda u psixik va jismoniy nagruzkalarning intensivlik darajasini hisobga oladi hamda ularni oʼz vaqtida boshqarib boradi. Masalan, bolalar qiziqishi va yemotsiyalarining susayishi, kechikadigan reaktsiyalar, diqqatning tarqoqligi, quzgʼalish-bularning hammasi bir holda nagruzkaning kamligi, ikkinchi holda yesa nagruzkaning koʼpligi va toliqish natijasi boʼlishi mumkin. Jismoniy zoʼriqishda biroz halloslash, yengil terlash, harakatlarning susayishi kuzatilishi mumkin. Bu ularning hammasi tarbiyachining mashgʼulotdagi rahbarligi mazmuni va metodikasida baʼzi bir kamchiliklar mavjudligidan guvohlik beradi. Bunday qodisalarning oldini olish uchun gohida bolalar faoliyatini oʼzgartirishga qaratilgan bir qator metodik usullar qoʼllansa, bu bilan koʼzga tashlangan charchash, toliqish holatlarining oldi olinadi hamda organizmning psixik va fiziologik funktsiyalari mutanosib holga keltiriladi, bu yesa ish qobiliyatini saqlab qolishga koʼmaklashadi. Boshqa bir hollarda yemmotsiyani, yaʼni xis – tuygʼularni oshirishga qaratilgan harakatlarni bajarish yoʼli bilan bunday charchash, harsillab qolish singari holatlarning oldini olish lozim. “Bolalar bogʼchasida taʼlim va tarbiya programmasi” ga koʼra fizkultura mashgʼulotlari haftasiga uch marta oʼtkaziladi. Ulardan biri muzika joʼrligida oʼtkazilishi mumkin. Muzika asarlarini sinchiklab tanlash va ularni malakali ijro yetish buning zarur sharti hisoblanadi. Yosh jihatdan aralash gruppalardagi fizkultura mashgʼulotlari jismoniy mashqlarni juda sinchiklab tanlashni talab yetadi. Bu mashqlar bir gruppaga birlashgan barcha bolalarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bola rivojlanishidagi har bir alohida yosh bosqichi oʼzining psixik va jismoniy xususiyatlariga yega. Shuning uchun jismoniy mashqlar va taʼlim
metodikasining mazmuni ham har xil boʼlishi kerak. Kichik yoshdagilar uchun oqirlik qiladigan, bevaqt berilgan va ayni paytda katta yoshdagi bolalar uchun yengil, birmuncha psixik va jismoniy zoʼr berishni talab yetmaydigan material ikkala holda ham maqsadga muvofiq yemas. Kichik yoshli bolalar oʼzlari uchun murakkab boʼlgan zarur oraliq zvenodagi qiyinchiliklarni muvafaqqiyatsiz tarzda bartaraf yetadilar. A.V.Zaporojets “har bir yosh bosqichida umumiy psixofiziologik binoning navbatdagi qavati qoʼyiladi, vazifa uni behuda shoshma-shosharsizlik, oldingi qavatni bitirib boʼlmasdan keyingisini qoʼymasdan juda yarashiqli qilib qurishdan iboratdir”-deb ogohlantiradi. Ayni paytda katta yoshli bolalar oʼz imkoniyatlaridan past mashqlarni bajarayotganlarida ularning oʼzlariga beriladigan aqliy va jismoniy zoʼr berishni talab yetmaydigan materialga nisbatan qiziqishi yoʼqoladi. Shuning uchun aralash gruppalarga moʼljallangan mashgʼulotlar programmasining mazmuni har bir yosh gruppasi bolalari imkoniyatlariga mos boʼlishi lozim. Bunday gruppalarda mashgʼulotni planlashtirishning qiyinchiligi shundaki, bir tomondan har bir gruppa bolalari uchun ularning yosh gruppalariga muvofiq jismoniy mashqlarni tanlash, ikkinchi tomondan barcha bolalarni ular uchun qiziqarli boʼlgan faoliyatga birlashtirish imkonini topish zaur. Mashgʼulotlarni namunaviy oʼtkazish imkoniyatlarini koʼrib oʼtamiz.
Mashgʼulot boshlanishi oldindan katta yoshli bolalar sport kostyumlarini kiyadilar, soʼng ularning ayrimlari birmuncha kichik yoshlilarning kiyinishiga yordam beradilar, boshqalari yesa zarur fizkultura inventarini mashgʼulotlarga mustaqil tayyorlaydilar. Ish shunday tashkil yetilganda kichkintoylar mashgʼulotni oʼtkazishni orqaga surmaydilar, katta yoshlilar yesa ularning yoshiga yarasha
mehnat faoliyati turi bilan shugʼullanadilar va kichiklarga yordam koʼrsatadilar. Mashgʼulot turlicha boshlanishi mumkin: masalan, xonaga dastlab kichik bolalar kiradilar va oʼtiradilar, ulardan soʼng katta yoshli bolalar kiradilar. Ularning qad-qomatni tutishi va harakatlari kichiklar tahlid qilishlari uchun koʼrgazmali namuna boʼlib xizmat qiladi. Shundan soʼng kichik yoshli bolalar oʼz programmalari boʼyicha qator mashqlarni bajaradilar. Bunda baʼzan katta yoshli bolalar mashqlarni bajarish usulini koʼrsatgan holda qatnashishlari mumkin (masalan, doira boʼylab sarflanishda katta yoshli bolalar kichik yoshlilar oʼrtasida turadilar, kichkintoylar ularning harakatlarini kuzatib turadilar). Boshqa bir holda yesa kichik yoshlilarni gruppachalarga boʼlish va ularning har birini katta yoshlilarga topshirish mumkin, katta yoshlilar ularni tarbiyachi rahbarligida oʼrgatib boradilar. “haranglar, – deydi tarbiyachi - katta bolalar bayroqchalarni yuqoriga qanday koʼtarishyapti va olista
pastga tushurishyapti”. Namoyishdan soʼng u: “Endi sizlar ham kattalar bilan birgalikda shu mashqni bajaring”, - deydi. Ishni bunday tashkil yetish katta tarbiyaviy mazmunga yega boʼlib, u katta yoshli bolalarda masʼuliyat, aqillik, qoniqish hissini, kichiklarda yesa barcha narsani yaxshi ado yetadigan oʼzidan kattalarga hurmat hissini uygʼotadi. Shunday boʼlishi ham mumkinki, tarbiyachi kichik bolalar bilan band boʼlganda katta yoshlilar xonaning ikkinchi burchagida boshqa biror harakat turi bilan mustaqil shugʼullanishadi, bunda ular tarbiyachi yeʼtiborida boʼladilar. Bolalarni mashgʼulotda uyushtirishning u yoki bu formasini tanlash, mashgʼulot vazifalari va mazmuniga, bolalar soniga hamda ularning umumiy intizomiga bogʼliqdir. Kichik yoshli bolalar bilan harakatli oʼyin oʼtkazishda (baʼzan barcha bolalar uchun umumiy oʼyin oʼtkazilishi mumkin) tarbiyachi katta yoshlilar gruppasidagi ayrim bolalarga oʼyinni tushuntirishni (agar bolalarda bunday tajriba boʼlsa), oʼyin vaziyati hosil qilishni (stullarni qoʼyib chiqish, zarur boʼlganda oʼyinchoqlarni joylashtirish va boshqalar) yoki ona qush, kurk tovuq, mushuk, avtomobil rolini bajarishni topshiradi: boshqa bolalar oʼyinda kichik yoshlilar bilan birga qatnashishlari mumkin. Oʼyindan soʼng kichik yoshlilar yenaga kuzatuvi va yordamida sayrga tayyorlanadilar, katta yoshlilar yesa, tarbiyachi bilan oʼz programmalari boʼyicha shugʼullanishni davom yettiradilar. Keltirilgan mashgʼulot plani taxminiy hisoblanadi va u doimiy boʼlishi mumkin yemas. Yosh jihatdan aralash gruppalarda fizkultura mashgʼulotlarini har xil tashkil qilishga intilish zarur.


Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish