O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


-Mavzu. Nogironlarning qarindoshlari va yaqinlari bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 424,67 Kb.
bet41/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

14-Mavzu. Nogironlarning qarindoshlari va yaqinlari bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1.Harakat faolligi tushunchasi
2. Gipokineziya va giperkineziya tushunchalari
3. Harakat faolligini inson organizmioga ta’siri

Xozirgi vaqtda oraganizmning funksional xolatini baxolashda, uning zaxiralari, turli omillarga moslashishi darajasini aniqlashda, yurak-qon tomir tizimi tadqiqotlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Murakkab tashkil etilgan biologik tizimlarning eng turli-tuman reaksiyalarida kon aylanish tizimining axamiyati juda katta. qon xarakatlanishining umumiy yoki cheklangan mexanizmlari buzilishi, odatda, deyarli xar qanday patologik xolatlarda, agar sabab sifatida bo’lmasa, natija sifatida kuzatiladi. Qon aylanish tizimi organizmning boshqa tizimlari bilan shunday mustaxkam aloqadaki, u turli izdan chiqishlarning universal indikatorlari sifatida tekshiriladi.
Inson organizmining fiziologik zaxiralari mikyosini aniklash shiddatli, kiska muddatli, kat’iy ulchab beriladigan jismoniy yoki akliy yuklamalar, ya’ni funksional sinovlarning qo’llanishi bilan amalga oshadi. Jismoniy yuklama universal testlash vositasi xisoblanib, uning yordamida organizmning funksional imkoniyatlari, uning yashirin zaxiralari baxolanishi mumkin. O’lchab berilgan jismoniy yuklama organizmning aosiy funksional tizimlari, eng avvalo, kon aylanish tizimining quvvat zaxirasini o’lchash etaloni sanaladi. Organizmning funksional zaxiralariga xos mikdoriy xususiyatlar usullaridan keyingi yillarda kupchilikka ma’kul bulgani insonning jismoniy ishchanlik kobiliyati tadqiqotlaridir (PWC170 testi). «Jismoniy ishchanlik kobiliyati» (phicycal work cfpfcity) atamasi orqali insonning statik (turgun), dinamik (xarakat) yoki aralash ishda maksismum jismoniy kuchlanishni namoyon etishga mavjud qobiliyati ifodalanadi. Ma’lumki, jismoniy ishchanlik kobiliyati organizmdagi turli tizimlarning morfologik va funksional qobiliyatiga bog’lik. Jismoniy ishchanlik qobiliyati ustidagi tadqiqotlarning axamiyati sog’likni tashxislash xamda kasalliklarning oldini olish faoliyati kuchayishi qobiliyatini urganishda a’zo va tizimlarning jismoniy faoliyatning moslashish xolatini aniqlash muxim vazifa.
Bugungi kunda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tadqiq etish faqat sport amaliyotida emas, kasalxonalarda, fiziologiyada, mexnat gigienasida keng qo’llanilmoqda. Gigienik tadqiqot chog’ida jismoniy ishchanlik qobiliyatini aniqlashning kursatishicha, PWC170 testi umuman insonning kardiooresperator tizimini baxolashda kullanila oladi. PWC170 ma’lumotlari asosida jismoniy ishchanlik kobiliyatini paytida tavsiflash bilan organizmning faoliyat kursatishi ishonchli ekanligi, kislorod etkazib beruvchi eng muxim fiziologik tizimlarning xolati tugrisida tasavvur xosil kilish muxim. Usulning kimmati shundaki, u integral shakldagi organizm faoliyatidagi nomuvofiklikning solishtirma siljishlarini aks ettiradi. Mazkur sinov (proba) yordamida belgi egalarida mavjud bulgan yurak-qon tomir xamda nafas olish tizimlaridagi funksional cheklanishlarni aniqlash mumkin.
Biz taklif etgan konsepsiyaga muvofiq 30-40 yoshli ishchi xizmatchilarning (1000 dan ortik kishi) sogligini tadkik etish ishchanlik kobiliyatining pasayishiga, kun davomida toliqish xissini oshirishga va nixoyat, vaqtincha mexnat qobiliyatini yo’qotishga olib keladigan jixatlarini topish imkonini beradi. Eng avvalo, yosh ortgani sayin yurak-qon tomir tizimi zaxiradagi imkoniyatlari miqyosining torayib borishi, standart jismoniy yuklamani bajarishning tejamkorligi xamda jismoniy ishchanlik qobiliyati (PWC170) ko’rsatkichining pasayishi, kon aylanishni boshkarish mexanizmlarining bushashishi diqqatni tortadi. Bundan tashkari, kupincha ayollarda tana ogirligining xaddan ortik ko’payishi (yog katlamining kalinlashuvi) xamda organizmning funksional xolatini saklab turishda katta axamiyatga ega bulgan skelet mushaklarining etarlicha rivojlanganligi tufayli jismoniy rivojlanish mutanosibligining buzilishi kuzatiladi. Tekshiruvchilarning uchdan bir kismida shamollash kasallikalriga moyillik sezildi. Soglikdagi oz uzgarishlar o’zi, uz sogligi tugrisida uylab kurmaydigan, fol xarakat rejimi va ovkatlanish tartibiga rioya qilmaydigan shaxslarda ko’p uchraydi. Salomatligida anqlangan xususiyatlarni inobatga olgan xolda ommaviy jismoniy madaniyatni xar bir ishlab chikarish jamoasi, ukuv muassasi, xar bir oila va xar bir inson turmushiga joriy kilish xamda targib etish uz-uzini oklaydi va ilmiy jixatdan asoslangan xisoblanadi. Bunda vazifa shundan iboratki, xar bir kishining uz salomatlik darajasidagi xos jismoniy mashklar majmualari va sport turini tanlanishi lozim.
Aytib o’tganimizdek, jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy rivojlanishni boshqarish butun salomatlikni baxolashda ayrim morfofunksional ko’rsatkichlar darajasini aniqlashni nazarda tutadi. Bu organizmning rivojlanishiga ongli ravishda ta’sir ko’rsatish beradi. Talabalar salomatligini tadkik etish materiallari buyicha biz katta tizimlar nazariyasi laboratoriyasi bilan xamkorlikda urganilayotgan morfofunksional kursatkichlarning nisbiy seraxborotligini xisoblash nazariyasidan foydalangan xolda shu narsa aniklandiki, salomatlikning xolati xakida eng kup axborot bera oladiki kursatkich jismoniy ishchanlik kobiliyati kursatkichi (PWC170 testi), keyin gavda mushak kuchi, upkaning tiriklik sigimi ogirlik va buy kursatkichlaridir. Eng oldinda jismoniy ishchanlik kobiliyati va gavda mushak kuchining bulishi konuniyatidir. Ma’lumki, PWC170 testi yordamida aniklanadigan jismoniy ishchanlik kobiliyati organizmning aerob samaradorligini aks ettiradi va chidamkorlik mashklarida katta axmiyat kasb etadi. Bunda kupchilik mualliflar bir tomondan mazkur funksional sinov (proba) kursatkichlari bilan ikkkinchi tomondan kislorodning maksimal iste’moli, yurak xajmi, yurakdan utilgan kon xajmi, kardiodinamika ma’lumotlari orasidagi kuchli bogliklik borligini kayd etganlar. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida inson salomatligini mustaxkamlash va rivojlantirish uchun chidamkorlikni rivojlantirishga eng kup e’tiborni karatish va shu maksadda yurishning xar xil turlari, urta va uzok masofalarga yugurish, changi, velosiped uchish, eshkak eshish kabi mashklardan foydalanish lozim.
Shuningdek salomatlik uchun jismoniy sifatlarning orasidan chidamkorlik eng muxim axamiyatga ega ekanlik aniqlandi. Mualliflar fikricha, chidamkorlik mashklari salomatlikni yaxshilaydi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Germaniyada o’tkazilgan tadqiqotlar sog’lik va jismoniy ishchanlik qobiliyati (PWC170) shuningdek, chidamkorlik orasida mustaxkam aloqa mavjudligini ko’rsatadi. Salomatlik va jismoniy ishchanlik qobiliyati bir-biriga bog’lik, turmush tarzi esa ularga bir xil yunalishda ta’sir ko’rsatadi. Chidamkorlikni mashq qildirish bilan birga mushak kuchini rivojlantirish va mushak chidamkorligiga e’tibor berish zarur. Adabiyotlarda gavda mushak kuchi bilan jismoniy rivojlanish darajasi orasidagi uzaro bogliklik tugrisidagi ma’lumotlar mavjud. Uzok muddatli gipokineziya sharoitida maxsus shiddatli gipokineziya sharoitida maxsus shiddatli mashk yuklamasi kullanib, uning tarkibiga bel va oyok-kul mushaklari uchun kup sonli statik mashklar kiritildi. Bu mashklar ortostatik ta’sirlarga chidamlilikni oshirishga yordam bergani, suyaklarning minerallar bilan tuyingan bulishiga, organizming immun barkarorligiga ijobiy ta’sir kursatkani ma’lum buldi. Ma’lumotlarga kura, xarakat faolligi etishmovchiligini (gipokineziyani) shtangachilar yaxshirok «kursatadila», boshka sport turlarida, masalan, engil atletikada. Sport mashgulotlarining uziga xos xususiyatlari orka mushaklarga kamrok statik yuklama beradi.
Organizmning yurak-qon tomir tizimining funksional xolatini saqlab turishda mushaklar tizimi, skelet mushaklarining axamiyatini, shuningdek, xarakat faolligining ontogenezda inson salomatligi uchun axamiyatini fiziologik asoslab berish uchun kupgina tadkikot ishlari, xususan ularda shakllangan «skelet mushaklarining kuvvat koidasi» yaratilgan. Bu koidaning moxiyati kuyidagidan iborat: skelet mushaklarining faolligi darajasi kanchalik yukori bulsa, (bunda faollikning makbul shakllari nazarda tutiladi), tinchlik xolati xam shunchalik yukori darajada tashkil etiladi. Bunday xulosaga muvofik energetika xususiyatlari umuman organizm xamda a’zolarning turli vegetativ tizimlariga oid fiziologik otpravleniyalarning darajasi yoshga kura rivojlanishning xar bir boskichda skelet mushaklarining joriy xususiyatlari bilan belgilanadi. Organizmning aloxida (individual) rivojlanishi negetropik jarayon bulib, uning davomida organizmning muvozanatsizligi darajasi va energetik (kuvvat) jamgarmasi pasaymaydi, aksincha tobora usib borib, katta yoshda – tugish davrida uz maksismumga erishadi. Xar bir navbatdagi xarakat faolligi, zigotadan boshlab, u ovkatlanish extiyojini kondirish zaruriyati bilan boglik endogen tarzda ragbatlantiradimi yoki fiziologik vosita xususiyatlariga ega bulgan kuzgatuvchilar ta’siri bilan boglik endogen ravishda ragbatlantiriladimi, bundan kat’iy nazar metabolizm funksional induksiya omili xisoblanadi. Bu sunggisining maksadi - dastlabki xolatni tiklashgina emas, albatta, xaddan ziyod kilib tiklash, ya’ni anabolizmning kerakdan ortikligi fakat faollik bilan boglik ravishda amalga oshiriladi. Xarakat faolligi kiskarishlari, ovkatlanish davom etayotganligiga karamay, yo buy usimi va rivojlanishning vaqtincha to’xtab qolishiga, yoki, xatto butunlay to’xtashiga xam olib keladi. Xarakat faolligi bilan boglik xolda amalga oshiriladigan xaddan ziyod anabolizmda muallif ikki boskich mavjudligini kursatadi. Birinchisi ogirlikning xaddan ortik ifodalanib, shuning uzi buy usishi jarayoni xamda ichki kuvvatning oshishi keltirib chikaradi. Bunda skelet – mushak tizimining usishi xujayra elementlarining giperkineziyasi xisobga emas, ularning gipertrofiyasi xisobiga amalga oshiriladi. Ikkinchi boskich tuzilishi kuvvat imkoniyatlarining xaddan ortik tuplanishida ifodalanib, ular ontogenezda ogirlikni emas, balki erkin kuvvatni oshiradi.
Xarakat faolligi jarayonida organizmning me’yorda usishi va rivojlanishi uchungina emas, balki teskari kodlash xamda zigota genomlariga kodlangan aloxida rivojlanish dasturlarini amalga oshirish omillari sifatida zarur bulgan metabolitlar yuzaga keladi. Boshkacha kilib aytganda, xarakat faolligining zarur xajmsiz etilmay tuzilgan xomila shakllanishning (musobakaning) barcha kerakli boskichlaridan uta olmaydi, katta odam esa me’yoridagi xayot faoliyatini yuritish xamda stresslarga karshi turish uchun zarur tuzilish kuvvatini tuplay olmaydi. SHunday kilib, suz skelet mushaklarining funksional faolligi va kuvvat zaxiralarini tuplash uchun sharoit yaratadigan samarali anobalik jarayonlarni ta’minlovchi tinchlik shakli ustida ketyapti. YUkori samaradorlikka ega bulgan anabolizmga faoliyat tufayli erishiladi va aksincha, past samarali anabolizm xarakat faoliyati cheklangan organizmlarda kayd etiladi.
Afsuski, mazkur muxim xulosalar profilaktik tibbiyotda yurak-kon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishini bashorat kilishda, inson salomatligini baxolashda uz munosib urnini topmadi, vaxolanki amaliy faoliyatda ayrim patologik xolatlarning, bizningcha, birinchi sababi xisoblangan mushak tizimi sustligini kayd etishga tugri keladi.
Shunday qilib, mazkur bobda inson salomatligining uning uchun odatiy bulgan xarakat (jismoniy) faollik xususiyatlari bilan uzaro alokasini kursatishga urindik. Bunda biz uz oldimizga muayyan tavsiyalar berishni maksad kilib kuydik, balki inson salomatligi, uning biologik ishchanligini oshirishning makbul variantlarini izlash buyicha ilmiy tadkikotlar xamda amaliy tadbik etishni kanday yunalishlarda davom ettirish lozimligini kursatdik, bunga xozirgi vaktda amaliy soglikni saklash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida karaladi. Salomatlikning organizmning jismoniy rivojlanishi va funksional xolatining morfofunksional kursatkichlarini tadqiq etish, zaxiradagi imkoniyatlarni aniklash profilaktik tibbiy kuriklar, dispanserizatsiyaning majburiy atributi bulishi kerak, chunki fakat shu shart bilan kasalliklar olidini olish, soglikni mustaxkamlash masalalarini xal kilish mumkin. Organizmning dastlabki funksional xolatini, faoliyatdan keyin funksiyani tiklash darajasini aniklash insonning ishchanlik kobiliyatini rivojlantirish va soglikni mustaxkamlash maksadida umumiy xarakat faolligini ilmiy asoslangan xolda ulchab berish muammosini xal etish, shuningdek, subekstral ta’sirlarda (funksional sinovlar) paydo buladigan juda kichik uzgarishlarni aniklash imkonini beradi. Bunday yondashuv umumiy axvolning yomonlashganligini (jumladan, tolikish va uta tolikish natijasida) ancha erta paykash, pasayishi patalogiyaning rivojlanishiga olib keladigan minimal me’yorni belgilash uchun sharoit yaratadi. Bunday me’yorni belgilash muayyan profilaktik tadbirlarni o’tkazishda asos bo’lib xizmat qiladi. Organizmning zaxiradagi imkoniyatlarini bilish axolini dispanserizatsiyadan o’tkazish jarayonida yashash qobiliyati kuchli kishilarni aniqlash, bu xolatni xamda uni bashorat qilish va rivojlantirish imkoniyatlarini o’rganishga yo’l ochadi.


Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish