O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


-Mavzu: Lokomotor faollikni mashiq qildirish



Download 424,67 Kb.
bet36/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

10-Mavzu: Lokomotor faollikni mashiq qildirish
Reja


1. Lokomotor jismoniy tarbiyaning tashkiliy-metodik asoslari.
2. Lokomotor jismoniy tarbiya va sportning hozirgi ahvoli.
3. Lokomotor jismoniy tarbiyada sport-sog‘lomlashtirish va davolash - profilaktika tadbirlarini tashkil qilish vazifalari va qoidalari.


Adaptiv jismoniy madaniyatdan farqli o’laroq, tibbiy reabilitatsiya
ko‘prok darajada bemor ѐki nogirondan juda katta faollik va mustaqillik
talab qiladigan insonning yangi sharoitlarda o‘zini o‘zi maksimal amalga
oshirish emas, balki organizmning buzilgan funksiyalarini tiklashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, reabilitatsiyada foydalaniladigan vositalar tabiiy
faktorlarga – harakat, sog‘lom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, chiniqish
va boshqalarga emas, balki u ѐki bu darajada an’anaviy tibbiѐtning tashkil
etuvchilariga: tibbiy texnikaga, massajga, fizioterapiyaga, farmokologiyaga va
shu singarilarga asoslangan bo‘ladi.
Tibbiy reabilitatsiya tizimidagi davolash jismoniy madaniyati (DJM)
bo‘yicha oxirgi yo‘riqnomada zamonaviy insonning birlamchi talabi bo‘lib
qolgan harakat organizmning eng muxim tabiiy – biologik rag‘batlantiruvchisi
(stimulyatori) xisoblanishi tan olingan.
Biroq, shu yerni o‘zida davolash jismoniy madaniyat – bu davolashning
kompleks usuli ekanligi, u eng muhim kasalliklar bo‘yicha ekologik
tamoyildan, xususiy masalalarni tabaqalashtirishda organli – tizimli,
ѐndashuvdan foydalanishi hamda mamlakatimiz tibbiѐtidagi
aniqlanishlardagi masalalarni aks etishi ta’kidlanadi. Buning ustiga,
mazkur qo‘llanma mualliflarining ta’kidlashicha, hattoki jismoniy tarbiya va
sport ham sotsiumga kirishning ajoyib vositasi va uslubi, o‘zining ijtimoiy
«fazo»sini egallashi hisoblanadi.
Hozirgi kunda salomatligi xolatida og‘ishi bo‘lgan shaxslar,
nogironlarni ham inobatga olingan holda, ayniqsa, davolash va ta’lim
yo‘nalishlarida, jismoniy tarbiya usul va vositalarini qo‘llash bo‘yicha katta
tajriba to‘plangan.
Adaptiv jismoniy tarbiyaning xususiy muammolariii tadqiq qilish
bo‘yicha ko‘p sonli izlanishlar olib borilmokda. Biroq mualliflar ijtimoiy
amaliѐtning mazkur sohasini uslubiy manzarasini qarab chiqqan
umumlashtiruvchi ishlar yetishmaydi.
Shuning uchun takrorlanish, u ѐki bu vaqt sinovidan o‘tgan bilimlar
soxasining tadqiqot usullarini ustivorlik qilishi tabiiy holdir va bu
so‘zsiz, o‘tkazilaѐtgan tadqiqotlarning va ayniqsa ilmiy tadqiqotlar
natijalarini hamda pedagog – novatorlarning (novator – yangilik ijod
qiluvchi, ijodkor) ilg‘or tajribasini tadbiq qilish effektivligini
pasaytiradi.
Bugungi kunning eng muhim talablaridan biri adaptiv jismoniy
madaniyatni uslubiy asoslarini ishlab chiqish, mazkur soha bilimlarini
mustaxkamlash, adaptiv jismoniy madaniyatning ob’ekti, maqsadi, vazifalari,
mazmuni, ko‘rinishlarini, uning funksiyalari va tamoyillarini
aniqlashtirish hisoblanadi.
Shu o‘rinda abiturentlarni oliy o‘quv yurtiga kirish uchun to‘sqinliq
qiladigan tibbiy ko‘rsatkichlar, boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan sport
yo‘nalishidagi bo‘lguvchi talabalarning salomatligiga yuksak talablar
qo‘yilishi to‘g‘risida ham eslatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Bunday ko‘rsatkichlar ro‘yxati, o‘z mohiyatiga ko‘ra, nogironlarga hamda
jismoniy va ruhiy imkoniyatlari chegaralangan shaxslarga jismoniy madaniyat
oliy o‘quv yurtlariga yo‘lni ѐpgan, faqat sog‘lom va harakatda iqtidorli
insonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topgan ta’lim mazmunining o‘zi
esa, o‘z hissiѐtini nogironlar bilan ishlashni hohlovchilarning bunday bilim
olish uchun motivatsiyasini sezilarli darajada pasaytirgan.
Aytib o‘tilganlar, jismoniy madaniyat sohasida oliy kasbiy ta’limni
faqat sog‘-salomat insonlar, odatda, sobiq va amaldagi sportchilar olganlar,
mazkur ta’lim esa mutaxassislarning sog‘-salomat va harakatda iqtidorli
bolalar va kattalar bilan ishlashiga yo‘naltirilgan degan xulosaga kelish
imkoniny beradi.
Nogironlarning muammolariga bunday e’tiborsizlik to‘lig‘icha
jismoniy madaniyat sohasi vakillarining aybi sababli deb hisoblab
bo‘lmaydi. Biroq, aynan ular jamiyatda jismoniy madaniyat sohasini
kengaytirishning, uning haqiqiy ijtimoiy ahamiyatini asoslash va
isbotlashning asosiy tashabbuskorlari bo‘lishlari kerak edi.
Biroq, bu yerdagi ahvol ancha murakkab. Vujudga kelgan vaziyatda
nogironlarni jismoniy madaniyatiring nazariy va konseptual muammolariii
yetarlicha, u ishlab chiqilmaganligi ham katta ahamiyat kasb etadi.
A.V.Saxnoshg (1993) tomonidan mamlakatdagi va xorijdagi
adabiѐtlarda chop etilgan hamda salomatlik, uning miqdoriy va sifat
parametrlarini aniqlashga bag‘ishlangan tahlili, unga «Inson salomatligi»
va «Inson nogironligi» tushunchalari o‘rtasida o‘tib bo‘lmas devor paydo
bo‘lganligini va bu ikki tushunchalar o‘zaro bir-birini inkor etuvchi sifatida
tavsif qilinqanligini ta’kidlash imkonini berdi. Xususan, Butun jahon
Sog‘likni saqlash tashkilotining nizomida «faqatgina kasallik va jismoniy
defektlarni yo‘qligi emas, balki to‘laqonli jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy
farovonlik holati» sifatida ifodalangan «Salomatlik» tushunchasi
«Absolyut salomatlik» tushunchasi bilan deyarli tenglashtiriladi va tabiiyki,
nogironda ham sog‘liq-salomatlik mavjudligi imkoniyati to‘g‘risida o‘ylab ham
qo‘ymaydi, chunki u ѐki bu (jismoniy ѐki ruxiy) defektga ega.
Masalaning bunday qo‘yilishi, o‘z mohiyati jihatidan, insonlarning
juda katta guruhiga - nogironlarga - sihat-salomatligini va insonning
ratsional harakatlanish faolligi ѐki ancha umumlashgan holda aytsak,
jismoniy madaniyat tashkil etgan sog‘lom turmush tarixiga ega bo‘lish
imkoniyatidan mahrum qilmokda.
Bunga ishonch hosil qilish uchun maktabda, kollejda, oliy o‘quv yurtida,
u ѐki bu sport to‘garagiga va ayniqsa, musobakalarda qatnashish uchun shifokor
jismoniy tarbiya – sport faoliyatida ishtirok etish istagida bo‘lganlarning
salomatligi keraklicha yukori darajada ekanligini tasdiqlagani zarurligini
eslash yetarli.
Shunday qilib, bir qator ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv
faktorlar tufayli nogironlar tibbiѐt faoliyagining yaqinginada vujudga
kelgan reabilitatsiya yo‘nalishi sohasiga tushib qolganlar.
Tibbiy iboralar ensiklopedik lug‘atida u «organizmning buzilgan
funksiyalarini, shuningdek kasal va nogironlarniig ijtimoiy
funksiyalarini va mehnat qobiliyatini tiklashga (ѐki kompensatsiyalashga)
yo‘naltarilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy tadbirlar kompleksi»
sifatida ta’riflangan.
Ta’rifdan «reabilitatsiya» tushunchasiga funksional tiklanish ѐki
tiklab bo‘lmaydigan narsani reabilitatsiya qilish, bemor ѐki nogiron
kundalik haѐtga moslashishi va mehnat jaraѐniga ko‘nikishi ko‘rinib
turibdi. Mos ravishda, reabilitatsiyaning uchta asosiy turlarini: tibbiy,
ijtimoiy (maishiy) va kasbiy (mehnat) reabilitatsiyasini ajratadilar.
Tibbiy reabilitatsiya tarkibiga bemor salomatligini tiklashga
yo‘naltarilgan davolash tadbirlari va shikastlangan zarur adaptatsiyaga,
readaptatsiyaga ѐki qayta kasbiy tayѐrlanishga ruhiy va ma’naviy tayѐrlash
kiradi (Osipova S.S.).
Shu bilan birga shu paytgacha, u ѐki bu mutaxassis – tibbiѐtchilar
o‘rtasida reabilitatsiyaning mohiyatini tushunishda turli, o‘zaro farqli
fikrlar mavjud. Masalan, nevrologiyada, terapiyada, kardiologiyada
reabilitatsiya deganda, eng avvalo, turli xildagi protseduralar (massaj,
psixoterapiya, davolash gimnastikasi va boshqalar); travmotologiyada va
ortopediyada - protezlash; fizioterapiyada - jismonan davolash,
psixiatriyada – ruhiy va mehnat terapiyasi nazarda tutiladi.
U ѐki bu tibbiy mutaxassislikni inobatga olgan holda bu tartibqoidalar, bir tomondan, reabilitatsiyaning maqsadi, masalalari, vositalari,
usullari, tashkil etish ko‘rinishlari ko‘lamini kichraytiradi, ularni
kasallik ѐki nogironlik turiga qarab, rasmiy tibbiѐtda umum kabul
qilingan vosita va usullarga orientir beradi hamda harakatning va umuman
mazkur jaraѐnda ishtirok etaѐtgan shaxsning jismoniy madaniyatini ochiq,
yetarlicha baholay olmaydi; boshqa tomondan esa tibbiy reabilitatsiya
davolash - kasalxona paradigmasi doirasidan chiqish yo‘lining boshida
turganligini yana bir marta tasdiqlamokda.
Bir necha marta tanqid ostiga (Brexman I.I., Uglov F.G., Strelsova
E.V., va boshqalar) olingan davolash - kasalxona paradigmasiga ko‘ra,
tibbiѐtning bosh maqsadi - (salomat, bemor, nogiron) insonni haѐtiy
qobiliyatlarini, unig tabiat in’om etgan va haѐt jaraѐnida mavjud bo‘lgan
(qolgan) gavda harakatlanish va psixik imkoniyatlarini imkon kadar
maksimal rivojlantirish emas, balki aniq kasallikni kasalxonalarda,
klinikalarda, oromgohlarda, reabilitatsion markazlarda mutaxassisshifokorlarni rahbarligi va kuzatuvi ostida dori-darmonlardan va tibbiy
texnikadan foydalanib davolash.
Bu yerdagi asosiy muammo jismoniy madaniyat, tibbiѐt, korreksion
pedagogika hamda yuqorida zikr etilgan ko‘p sonli o‘quv va ilmiy fanlar
bo‘yicha bilimlarni jamlash va ularni birlashtirish emas, balki mohiyatiga
ko‘ra aytib o‘tilgan soha va fanlarning har biridagi bilimlarni o‘zaro birbirini ichiga kirib borishi natijasidan iborat bo‘lgan yangi bilimlarni
yaratishdir.
Bu o‘ta murakkab masala, biroq aynan uni hal qilinishi salomatligi
holatida og‘ishi bo‘lgan insonni (shu jumladan u ѐki bu darajadagi nogironni
ham) yaxlit qarash; uning mohiyatini o‘rganishda dixotomik deb ataladigan
ѐndashuvni yengib o‘tish imkoniyatini beradi. Dixotomik ѐndashuvda inson aniq
fanlarning tadqiqot usullari bilan aniqlanadigan alohida-alohida
substansiyalarga bo‘linadi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada mualliflarning ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot
natijalari keltirilgan. Ob’ektning – salomatligi holatida og‘ishi bo‘lgan
insonning harakatlanishi faoliyati jaraѐnida o‘ta murakkabligi bilan bog‘liq
bo‘lgan, bunday tadqiqotlarning qiyinligini yaxshi tushungan holda
mualliflar qo‘llanmada keltirilgan materiallarni takomillashtirish bo‘yicha
tanqid, fikr, mulohaza va takliflarni minnatdorchilik bilan qabul
qiladilar.
Har bir bob, ba’zan xatto bo‘lim ham, o‘zlashtirilgan bilimni
tekshirish uchun nazorat savollari bilan tugallanadi.
Adaptiv jismoniy tarbiya (ta’lim) mazmuni nogironlarda va
salomatlik holatida og‘ishi bo‘lgan shaxslarda, maxsus bilimlar, haѐtiy va
kasbiy zarur bo‘ladigan harakatlanish malaka va ko‘nikmalari kompleksini
shakllantirishga, ko‘p sonli asosiy jismoniy va maxsus sifatlarni
rivojlantirishga, insonning turli organlari va tizimlarining funksional
imkoniyatlarini oshirish; uning genetik davrini yanada to‘laroq amalga
oshirishga va nihoyat, nogironda qolgan gavda – harakatlanish sifatlarini
tiklash, saqlash va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan.
Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy masalasi shug‘ullanuvchilarda o‘z
kuchlariga ongli munosabatda bo‘lishni, o‘z kuch-quvvatiga ishonchni, dadil va
jasoratli harakatlarga va sub’ektni tulaqonli funksiyalashishi uchun zarur
jismoniy yuklamalarni yengib o‘tishga tayѐrlikni, shuningdek, jismoniy
mashqlar bilan tizimli muntazam shug‘ullanish zaruratini va umuman,
valeologning tavsiyalariga moslashgan holda sog‘lom turmush tarzini amalga
oshirishni shakllantirishdan iborat.
J1. P. Matveev taklif etgan iborani yecha olsak, agar u holda adaptiv
jismoniy tarbiya (ta’lim) mazmuniga, shuningdek, adaptiv bazaviy (maktab) va
adaptiv kasb-amaliy jismoniy madaniyat ham kiritilganligini inobatga
olish kerak.



Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish