Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet84/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Zafar Diyor. “Yuksak tog‘, keng o’tloq va mard o’rtoq” qissasi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga o‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbekiston tabiati va iqlimi, geografik hududi, tog’lari, tog’da yashovchi hayvonlar, tog’ o’simliklari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Tabiatni, tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga o’rgatish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
4- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Tog‘da ya-shaydigan hayvonlar haqida so‘zlab bering.
Bahrom: Do‘stim, sen Zominga borganmisan?
Sarvar: Ha, yozda oilamiz bilan u yerda dam oldik.
Bahrom: Zominda archalar ko‘pmi?
Sarvar: „Zomin“ sihatgohining atrofi baland tog‘lar va archazor o‘rmonlardan iborat. Aytishlaricha, Zominda dunyoda mavjud archalarning 70 foizi bor ekan.
Bahrom: Eshitishimcha, Zominda ayiqlar bor emish. Shu gap rostmi?
Sarvar: Ha. Biz turgan sihatgohda ham, yo‘llarda ham „O‘rmonga kirmang, ayiqlar bor“, degan yozuvni ko‘p uchratdim. Lekin o‘zim ayiqni ko‘rmadim. Ammo bur-gutlar va lochinlarni, tog‘ echkilarini, ot va eshaklarni ko‘p uchratdim.
Bahrom: Men ham yovvoyi tabiatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni juda-juda istayman.
7- mashq. Matnni o‘qing. O‘rin ma’nosini ifodalovchi so‘zlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirib yozing va ma’nolarini tushuntiring.
Ugom tog‘ tizmalarida Oqtosh tog‘i alohida o‘rin tutadi. Bu yerda „Oqtosh“ sihatgohi, „Oqtosh-shabada“ dam olish mas-kani, „Quyoshli“ bolalar oromgohi joylashgan. Oromgohlarda dam oluvchilar har kuni erta tongda tog‘ yonbag‘riga chiqib, quyoshning chiqishini tomosha qiladilar. Tonggi tog‘ havosidan to‘yib-to‘yib nafas oladilar. Saharda esadigan shabada tog‘ tiz-malarida o‘sadigan archalar, turli giyohlarning hidini dimog‘ga olib keladi. Aynan shu hidlarning nafas yo‘li kasalligi bilan og‘rigan ko‘pchilik bemorlarga shifobaxsh ta’siri katta. Shuning uchun Oqtoshga bir yil chiqib dam olganlar keyingi yil ham, albatta, keladilar. Oqtosh — oilaviy sihatgoh hisoblanadi.
5- topshiriq. Berilgan so‘zlarni namunadagidek 2 guruhga ajratib yozing.
N a m u n a : Tog‘ o‘simliklari Tog‘ hayvonlari
do‘lana ayiq
Archa, do‘lana, echki, ayiq, olma, bodom, kiyik, zira, xandonpista, shoxdor qo‘y.
8- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan sifatlardan mosini qo‘ying va gaplarni mantiqiy bog‘lab matnga aylantiring.
1. Tog‘larda o‘sadigan ... giyohlar, ... o‘simliklardan dori-darmonlar tayyorlanadi. 2. Yozda dam olish uchun ... hududlarga bordik. 3. Tog‘lar ... yolg‘izoyoq yo‘llardan faqat ... echkilargina yura oladi. 4. ... giyohlardan tayyorlangan dorilar inson organizmi uchun ... hisoblanadi. 5. Tog‘ aholisi ... o‘simliklar nimaga shifo bo‘lishini yaxshi biladi. 6. Tog‘da yashovchilar ... giyohlarni terib olib keladilar. 7. Uzoqdan ... tog‘lar uchidagi ... qorlar yaltirab ko‘rinib turardi.
Foydalanish uchun so‘zlar: tog‘li, dorivor, shifobaxsh, oppoq, turli yovvoyi, bezarar, orasidagi, baland.
D)Mustahkamlash.
Adabiy o‘qish
Qushlar shohi
Qushlar shohi — burgut to‘g‘risida xalqimizda ko‘p rivo-yatlar bor. Kuz kunlarining birida Qashqadaryoning Miroqi tog‘i etaklarida o‘lib yotgan burgutni ko‘rdik. Yaqinroq borib qarasak, burgutning zo‘riqib chaqchaygan ko‘zlari nursiz, bo‘yniga esa ilon chirmashib yotibdi. Toshga kelib urilganidan bo‘lsa kerak, bir qanoti ezilgan. Ilonning boshi ham majaqlanib ketibdi. Hayron qoldik. Nahotki, burgut ilondan ojizlik qilib halok bo‘lgan bo‘lsa?
Hamrohimiz bu haqda quyidagilarni so‘zlab berdi:
— Burgutlar ilonga o‘ch bo‘lishadi. Burgut ilonni changaliga olib ko‘kka parvoz qilgan paytda, ilon asta-sekin uning bo‘yniga chirmashib, burgutni bo‘g‘a boshlar ekan. Holsizlangan qush bekorga o‘lib ketishni istamay, o‘zini zarb bilan qoyaga yoki toshga urib, o‘zini ham, raqibini ham halok qilar ekan.
Topshiriq: Hikoyani so‘zlab bering.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonda qanday tog‘lar mavjud?
2. Tog‘li mintaqalarda qanday dorivor o‘simliklar o‘sadi?
3. O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar qanday qo‘-shimchalar yordamida yasaladi?
4. Siz oilangiz bilan qaysi oromgohlarda dam olgansiz?
F)Baholash
Uyga vazifa. Matnlarda keltirilgan ma’lumotlardan foyda-lanib, kataklarni to‘ldiring.
O‘zbekistonning
hayvonot dunyosi

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish