Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet85/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: SHIFOBAXSH O‘SIMLIKLAR.
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga qo‘shma, juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi.haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbekiston tabiati va iqlimi, geografik hududi, tog’lari, tog’da yashovchi hayvonlar, tog’ o’simliklari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Tabiatni, tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga o’rgatish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Rasmlarda tasvirlangan o‘simliklar haqida suhbatlashing.
1- mashq. Matnni o‘qing. Shifobaxsh o‘simliklar nomlarini va ular qayerda o‘sishini daftaringizga yozib oling.
O‘zbekistonning shifobaxsh o‘simliklari
Zomin, Oqtosh, Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida dorivor o‘sim-liklar ko‘p. Ular orasida archa, kiyiko‘t, rovoch, shovul shi-fobaxsh efir moyli o‘simliklar hisoblanadi. Tog‘ yonbag‘irlarida do‘lanazor, pistazor, olchazor, olmazor, jiydazorlar ko‘p. Bo-botog‘da pistazorlar, G‘arbiy Tyanshanda qayinzorlar bor. Chir-chiq daryosi bo‘ylarida dorivor hisoblanuvchi Piskom piyozi o‘sadi. Jiydazorlar, asosan, Hisor tog‘lari etaklarida uchraydi. Hozirgi paytda archazorlarning asosiy qismi Zomin tog‘larida saqlanib qolgan. Shveysariyaning jahondagi eng go‘zal va sog‘-liq uchun foydali dam olish maskanlarida archalarning 28 turi mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi, ya’ni 14 xili Zomin tog‘-larida ham o‘sadi.
Bilib oling!
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘ladi.
Masalan:
Sodda sifatlar Qo‘shma sifatlar
katta havorang
chiroyli qimmatbaho
tortinchoq tinchliksevar
intizomli jonkuyar
2- mashq. Maqollarni o‘qing, sifatlarni aniqlab, ma’nosini tushun-tiring.
1. Yaxshi-yomon so‘zning boshi — til. 2. Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. 3. To‘g‘ri — o‘zar, egri — to‘zar. 4. Shirin yol-g‘ondan achchiq haqiqat yaxshi. 5. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. 6. Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka — izzatda. 7. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘.
3- mashq. Avval sodda sifatlarni,so‘ng qo‘shma sifatlarni ajratib yozing. So‘ngra qo‘shma sifatlar ishtirokida 5 ta gap tuzing.
Sodda sifatlar:
Qo‘shma sifatlar:
Sofdil, aqlli, shifobaxsh, ishchan, foydali, mayin, erta-pishar, tezoqar, havorang, ishyoqmas, harakatchan, baland.
D)Mustahkamlash
4- mashq. She’rlarni o‘qing. Har bir o‘simlikning shifobaxsh xu-susiyatlarini daftaringizga namunadagi kabi raqamlab yozib chiqing.
N a m u n a : Ismaloq quyidagilarga davo bo‘ladi:
1. Qorinni dam qilmaydi. 2. ...
Ismaloq
Hakimlar so‘zidan, aytay, ismaloq
Qorinni damlatmas undan yegan chog‘.
O‘pka, yurak undan kuch-quvvat olar,
Halqum, o‘pka yo‘li qurisa agar.
Bel og‘riqqa agar sabab bo‘lsa qon,
Birinchi o‘rinda ho‘l sovuq bo‘lar.
Foydadir, ichni ham yumshatar har on,
Yog‘ bilan yeyilsa, uni yo‘qotar.
Sarimsoq
Sarimsoqman, sarimsoq,
Doim mening tanim sog‘.
Sal hidi bor demasang,
Ko‘p emas, oz-oz yesang,
Go‘yoki suv, havoman,
Ming bir dardga davoman.
F)Baholash
Uyga vazifa. O‘zbekistondagi shifobaxsh o‘simliklarning nomlarini yozing va ular haqida ma’lumot bering.



Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish