Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet80/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf


Mavzu: Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga sifatlarning yasalishi, sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Insoniy fazilatlar insonning ko’rki ekanligini uqtirish. Odob – axloq qoidalariga rioya qilishga chaqirish. To’g’riso’z , shirinso’z bo’lishga undash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
7- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning tuzilishiga va imlosiga e’tibor bering.
Kamtarlik
Kamtarlik insonga xos eng go‘zal fazilatlardan biridir. Kamtar deganda ko‘z oldimizda mehnatsevar, xushmuomala, xushfe’l, kamgap, shirinso‘z, rostgo‘y kishi namoyon bo‘ladi. Kamtar inson katta-kichikni doimo hurmat qiladi. U oddiy va ozoda kiyinadi, ortiqcha pardoz-andozlarga berilmaydi. Kamtar kishi odobli, yaxshi xulqli bo‘ladi. Ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, do‘st-birodarlari bilan suhbatlashganda, bahs-munozaralarda hech qachon qo‘pollik qilmaydi. Shuning uchun xalq orasida doimo obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi.
8- mashq. Berilgan so‘zlarni ijobiy fazilatlar va salbiy odatlarni ifodalovchi 2 guruhga ajrating va namunadagidek darajalab yozing.
Namuna: Ijobiy fazilatlar Salbiy odatlar
mehribon — juda mehribon xasis — o‘ta xasis
Farosatli, dangasa, yolg‘onchi, xushmuomala, loqayd, ti-rishqoq, maqtanchoq, mehnatsevar, qo‘rqoq, rostgo‘y.
Bilib oling!
ser-, no-, be-, ba- qo‘shimchalari asosdan oldin qo‘shilib keladi. Ular ko‘pincha -li, -siz, -dor qo‘-shimchalariga ma’nodosh va zid ma’nolarni ifodalab keladi.
Ma’nodosh Zid ma’noli
berahm — rahmsiz xabardor — bexabar
gulli — guldor odobli — beodob
9- mashq. Berilgan sifatlarni qo‘shimchalarning qo‘shilish o‘rniga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.
Serunum, xushmuomala, bemaza, sergap, ma’noli, mevali, baquvvat, shirali, basavlat, xushmanzara, tartibsiz, serharakat, bexabar, noqulay, suvsiz, serhosil, noto‘g‘ri, noma’lum, xush-xabar, xushovoz, beg‘ubor, badavlat, sersuv, xabardor, quv-vatsiz.
10- mashq. Berilgan so‘zlarni tub va yasama sifatlarga ajrating.
So‘ngra ularning zid ma’nolisini topib, namunadagidek juftlab yozing.
Namuna: 1. Tub sifatlar: yaxshi-yomon, ... .
2.Yasama sifatlar: ma’noli-ma’nosiz, ... .
Aqlli, yoqimli, odobli, shirin, yengil, kuchli, yaxshi, oq, katta, erta, yosh, baland, yolg‘onchi, novcha, maqtanchoq, mehnatkash, yangi, uzun, semiz, egri, mazali, yumshoq, oz, mayda, issiq, do‘st, saxiy.
D) Mustahkamlash
3- topshiriq. Matnlarni o‘qing va munosabatingizni bildiring.
1. Yo‘lda opa-uka — Lola va Anvar borishardi. Ulardan oldinda esa bir kampir borardi. Kampir yo‘lda karmonchasini tushirib qo‘ydi. Anvar buni ko‘rib qoldi va engashib karmonni oldi-da, kampirga olib bordi:
— Buvi, karmonchangizni oling, — dedi.
Kampir karmonni olib cho‘ntagiga soldi va yo‘lida davom etdi. Anvar orqasiga qaytib opasiga: „Nega u rahmat demadi?“ — dedi.
O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun kampir Anvarga rahmat demadi?
2. Saxiy bir podshoh bor edi. Uning bir quli bor bo‘lib, u podshohga sidqidildan xizmat qilar edi. Bir kuni podshoh bazm beribdi. Ovqat tortish vaqtida xizmatchi toshga qoqilib ketibdi va issiq ovqatni podshohning boshiga to‘kib yuboribdi. Odamlar: „Podshoh endi uni o‘ldiradi. U og‘ir gunoh qildi“, deb o‘y-lashibdi.
Podshoh esa shunday ish tutibdi:
1. Siznigcha, podshoh qanday yo‘l tutgan?
2. Siz nima qilgan bo‘lar edingiz?
F)Baholash
Uyga vazifa. She’rni yod olish.



Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish