“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


  2.    Yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabida  grammatika  va  imloga  o‘rgatish



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

4.  2.    Yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabida  grammatika  va  imloga  o‘rgatish 
usullari.  
Reja 
1. Grammatik mashg‘ulotlarni o‘tkazishda ishlatiladigan usullar.  
2.  Yozuv va ona tili darslarida tahlil va tarkib usulining ishlatilishi.   
3. Induksiya va deduksiya usullari .  
4. Grammatik tushunchaning asosiy belgilari ustida ishlash usullari.  
        Ona  tili  o‘qituvchisi  o‘quvchilarga  bilim  berishda  o‘z  mehnatini  samarali, 
zavqli  va  yengil  qiladigan  ish  usullarini    qo‘llaydi,  o‘quvchilarning  bilim  va 
malakalarini  mustaxkam  o‘zlashtirishlari    hamda  amalda  qo‘llay  olishlariga 
ko‘maklashadigan  mashqlar tanlaydi.    Mana  shular  bir  butun  xolda o‘qitish  metodi 
hisoblanib,  yunoncha  metod-yo‘l,  usul  ma’nosini  anglatadi.    Yordamchi  mehnat 
ta’limi  maktabi  ona  tili  o‘qituvchisi,  mutaxassis  sifatida  lingvistikani  mukammal 
bilishi va dastur talablari bo‘yicha ishlash maxoratini - maxsus ona tili metodikasini 
egallagan bo‘lishi lozim.  


 
92 
      O‘qitish  metodini  tanlashda  ikki  muhim  narsa  nazarda  tutiladi:  a) 
o‘quvchilarning bilim olish faoliyati; b) turli mashqlar vositasida ongli o‘zlashtirib, 
amalda qo‘llay olishlari.  
      Usul, metod tanlashda kuyidagi omillarga asoslanish talab etiladi: a) o‘quvchilar 
bilimni  qaysi  manbadan  (o‘qituvchidan,  jonli  tildan  yoki  kitobdan)  oladilar; 
b)o‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish jarayoni (moyillik, qiziqishi va boshqalar); 
v) o‘quvchilarning mustaqil ishlash shakllari (yozma va og‘zaki) hamda o‘rni (sinfd 
yoki o‘yda).  
      Metod  tanlashda  nazariy  ma’lumot  va  unga  mos  keladigan  mashqlar,  sinfning 
tayyorgarligi,  o‘quvchilarning  yoshi,  individual  xususiyatlari  va  mavzuning  xajmi 
kabilar  hisobga  olinadi.  Shunga  ko‘ra,  mashq,  grammatik  tahlil,  ko‘rgazmali 
qurollar, suhbat, o‘qituvchining bayoni kabi usullar deyarli xar bir darsda qo‘llanishi 
mumkin.  
      Usul  tanlashda  grammatika  va  orfografiya  darslarida  o‘rganiladigan 
mavzularning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ham  ahamiyat  beriladi:  lug‘at  ustidagi 
ishlarda  notanish so‘zlar ma’nosini izoxlash, gap ustida ishlashda stilistik xatolarni 
tuzatish kabi usullardan ko‘proq foydalaniladi.   
Grammatikadan o‘quvchilarga yangi bilim berishda suhbat, bayon, ta’rif va qoidalar 
ustida  ishlash  kabi  metodlar,  o‘tilganlarni    qaytarish,  mustaxkamlash  va 
umumlashtirishda  esa    amaliy  ishlar,  mashq,  grammatik  tahlil,  ko‘chirib  yozish, 
диктант, bayon va boshqalar ko‘llaniladi.  
        Demak,  grammatika  va  imlo  o‘qitish  davrida    o‘qituvchi  bilan  o‘quvchining 
birga  ishlashini  tashkil  etish  usullari  asosan  uch  xil  bo‘ladi:  o‘qituvchining  bayoni, 
o‘qituvchining  o‘quvchilar  bilan  suhbati,  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlari.    Bayon 
yordamida  murakkabroq,  ayniqsa  o‘quvchilarga  oldindan  ma’lum  bo‘lmagan 
mavzular  izoxlanadi.    Grammatik  ta’rif  moxiyatini  tushuntirish,  o‘quvchilarga 
qo‘shimcha  ma’lumot  berish,  ularning  savollariga  javob  berishda  ham  bayon  usuli 
ishlatilishi mumkin.  


 
93 
     O‘qituvchining bayoni usulida o‘qituvchi zarur grammatik ma’lumotlarni ma’lum 
vositalar yordamida bayon etadi, tushuntiradi, o‘quvchilar o‘qituvchi fikrini kuzatib, 
tinglab boradilar.  
     O‘quvchilarning  grammatik  material  haqidagi  bilimlarini  aniqlab,  shularga 
tayangan    holda    grammatik  mavzuni,  uning  belgilarini  aniq  va  izchil  ochib  berish 
maqsadga muvofiqdir.  
     O‘quvchilarning  faolligini  oshirish  maqsadida  ularni  kuzatish,  xulosalar 
chiqarish,  o‘xshash  va  farqli  tomonlarni  taqqoslash,  umumlashtirishga  o‘rgatish 
foydalidir.    Yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabida  o‘qituvchining  bayoni  3-5 
minutdan oshmasligi kerak, chunki aqlan zaif bolalar uzoq davom etgan nutqni eslab 
qola  olmaydilar.    Shuning  uchun  bu  usul  sof  xolda  ona  tili  darslarida  deyarli 
ishlatilmaydi.   

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish