Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet106/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

5. Sotuvlar rejasini ishlab chiqish


Nosir yaqinda tumandagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejini tugatib, tikuvchi kasbiga ega bo‘ldi. Uning o‘rtog‘i Charos savdo do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Charosning sotuvchilikdagi qobiliyati, biznesdagi tajribasi va Nosirning texnik ko‘nikmalariga asoslanib, ikki o‘rtoq — kiyim do‘koni yo‘nalishida o‘z bizneslarini boshlashlari mumkin, deb fikrlashmoqda. Ular nafaqat ta’lim doirasida tadbirkorlik bo‘yicha treningdan o‘tganliklari, balki biznes uchun ajoyib imkoniyatni his qilayotganlari sababli ham bu fikrga kelishdi. Chunki poytaxtdan 70 km masofada joylashgan o‘rta o‘lchamli shaharchada hamda tez rivojlanayotgan tumanda yangi maktab ochilyapti. Shuning uchun ular


o‘zini o‘zi band qilish variantini ko‘rib chiqishmoqda. Charos ham, Nosir ham bu shaharchada o‘qishdan oldin yashashgan, ular mahalliy korxonalar va biznes detallari bilan yaxshi tanish. Shu bois ular anglab yetishdiki, hozirgi vaqtda bu hududda maktab kiyimi do‘koni mavjud emas. Bu imkoniyatga o‘rtoqlar juda qiziqib, yangi do‘kon ochish uchun sotish bozori borligini bilish uchun — marketing tadqiqoti o‘tkazishga ahd qilishdi.
Ularning biznes g‘oyasi quyidagilardan iborat: poytaxtdagi qo‘shni korxonada ommaviy ishlab chiqariladigan maktab kiyimini sotib olish, o‘quvchilar talabiga binoan ularni moslashtirib, o‘z do‘konlarida sotish. Ular barcha zarur kiyimlardan: pidjak, shim, yubka, ko‘ylak, bluzka, paypoq, tufli, galstuk va h.k
.dan iborat bo‘lgan butun bir to‘plam shaklida sotishni xohlashadi. Raqobat- chilarning narxlarini inobatga olib, ular hisoblashdiki, bir to‘plamning narxi 60000 so‘mni tashkil etadi (o‘g‘il bolalar uchun ham, qizlar uchun ham bir xil).
Undan tashqari, to‘plamning barcha qismlari va boshqa kiyimlar alohida ham sotiladi. Nosir malakali tikuvchi bo‘lgani bois, mijozlar uchun kiyimni moslashtirish va tuzatish, oyoq kiyimini ta’mirlash kabi qator qo‘shimcha xizmatlarni kiritishni rejalashtirmoqda. Ammo asosiy biznes — maktab kiyimini sotish va ularni moslashtirish bo‘ladi, deb kutilyapti. Тumandagi maktablar talabi yaqinda e’lon qilindi. Charos va Nosir talablarga muvofiq, maktab kiyimining sinov namunalarini allaqachon tayyorlab, uni mas’ul ma’muriyat vakiliga ko‘rsatishdi. Ma’muriyat vakili mamnun holda Charos va Nosir boshlagan biznesni maktab kiyimi sotiladigan do‘konlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishga va’da berdi.
Sharoitlar ancha qulay ko‘rinayotganligiga qaramasdan, Charos va Nosir bu bozor yangi biznesni ochishga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash uchun bozorni o‘rganish maqsadida biznes maslahatchisini jalb etishga qaror qilishdi. Тadqiqot quyidagi ma’lumotlarni berdi: shaharda yagona maktab kiyimi sotadigan va tavsiya qilingan ro‘yxatga kiritilgan uch do‘kon bor. Bu do‘konlarga nisbatan Charos va Nosir o‘z bizneslarining quyidagi qiyosiy afzalliklarini ko‘rishmoqda:



  • joylashish: ularning taxmini bo‘yicha joylashish — asosiy afzallikdir. Boshqa do‘konlardan birontasi ham maktabdan 3 km yaqin bo‘lgan hududda joylashmagan;

  • bir bora sotib olish: boshqa do‘konlardan birontasi ham yangi maktab uchun maktab kiyimlarini to‘liq to‘plamda taklif etmaydi. Balki Charos va Nosirning yangi do‘koni va maktablar ochilishi bilan boshqa do‘konlar, tez sharoitni anglab, yangi vaziyatga moslashishlari mumkin;

  • narxlar va raqobatbardoshlik: Charos va Nosir to‘plamni 60000 so‘mdan sotsa bo‘ladi, deb o‘ylashadi, bu raqobatchilarnikiga nisbatan arzonroq. Lekin ular qo‘shni do‘konlar ham raqobat oshgani sababli, narxlarini pasaytirishlari mumkinligini hisobga olishlari zarur. Shunda Charos va Nosir ham ularning raqobatchilari qayerdan va qaysi narxlarda xomashyo sotib olishlari mumkinligini bilib olishadi.

Maktab kiyimi sotish va ularni moslashtirish biznesida raqobat uncha kuchli emas, chunki mijozlar maktabga yoki uylariga yaqin joylashgan do‘konlardan xarid qilishni afzal ko‘rishadi. Charos va Nosir taxmin qilishdiki, shahardagi boshqa do‘kon egalari bozordagi o‘z ulushlaridan ancha mamnun, shuning uchun ular marketing va reklama bilan shug‘ullanishmaydi. Barcha do‘konlar bu biznes bilan bir necha yildan beri shug‘ullanib kelishmoqda, bir xil narxlarni taklif qilishadi va turli maktablarga xizmat ko‘rsatishadi. Ammo tadqiqot ko‘rsatishicha, biron raqobatchi pastroq narxni taklif etishi mumkin, chunki u Charos va Nosirga nisbatan past narxda xomashyo sotib oladi, lekin uning do‘koni maktabdan ancha uzoqda — 7 km masofada joylashgan va kiyimlar sifati yomon matodan tikiladi. Demak, bironta boshqa biznes hali imkoniyatni amalga oshirmagan.
Тumandagi yangi boshlang‘ich maktabda bu yil 250 o‘quvchi ta’lim oladi. Hokimiyatning rasmiy ma’lumotlari ko‘rsatishicha, maktab faoliyatining keyingi to‘rt yilida o‘quvchilar soni asta-sekin 1000 nafarga yetadi va keyinchalik shu miqdorni saqlab qoladi. Maktabga keladigan har bir o‘quvchi yangi maktab kiyimini sotib olishiga to‘g‘ri keladi.
Savolnoma asosida Charos va Nosir o‘zlarining bo‘lajak mijozlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play olishdi. Ular tumanda maktabga borishi kerak bo‘lgan 252 bolaning ota-onalari orasida so‘rov o‘tkazishdi. So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, ota-onalarning 70 % iga eng yaqin joylashgan do‘kondan maktab formasi to‘plamini 60000 so‘mlik raqobatbardosh narxda sotib olish g‘oyasi ma’qul bo‘ldi va ular bunday xaridni o‘ylab ko‘rishadi. 20 % ota-ona hali maktab kiyimi sotib olish to‘g‘risida o‘ylamaganmiz, deb javob berishdi. 10 %i esa eng arzon narxni qidirishadi va tejash maqsadida uzoqda joylashgan do‘konga borishga tayyor ekanliklarini aytishdi.
Bundan tashqari, boshqa shaharlarda joylashgan maktab formasi to‘plamlari sotadigan do‘kon egalari orasida o‘tkazilgan so‘rovlar va statistik ma’lumotlar tufayli, Charos va Nosir, odatda, qachon va qancha maktab kiyimlari sotib olinishini hisoblashga muvaffaq bo‘lishdi.
Do‘kon egalarining yarmi ularning hisobiga ko‘ra, bir yilda har bir o‘quvchiga bir dona maktab kiyimi sotilishini, ayni vaqtda, boshqa yarmi esa dadilroq fikrlab, bir yilda har bir o‘quvchiga 1,5 to‘plam sotish mo‘ljallarini aytishdi. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, Charos va Nosir maktab kiyimi sotuvlarining mavsumiy taqsimlanishini baholashga muvaffaq bo‘lishdi (1-jadval).


1-jadval



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish