2. «Yoshlik» qahvaxonasi
Umida 25 yoshda. Uning ota-onasi ta’mirlash-qurilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kichkina biznesga ega. Maktabning yuqori sinfida Umida turli to‘garaklarda va «Yosh tadbirkor» kursida shug‘ullangan. Kursda o‘qib yurganda bir kun u taniqli koreys firmasining franshizasi bo‘yicha ishlayotgan «Milliy taomlar» qahvaxonasida yoz paytida ishlash bo‘yicha yakka tartibdagi topshiriq oldi. Umidaning koreys taomlariga bo‘lgan qiziqishi bunday topshiriqni olishiga ko‘maklashdi. Aynan shu joyda, navbat bilan barcha uchastkalarda ishladi, biznesni tashkil qilish va boshqarish masalalarini qahvaxona xodimlari va egalari
bilan muhokama qildi, natijada, u restoran ishini tashkillashtirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirdi va amalda bajardi.
Maktabda o‘qish nihoyasiga yetib,«Yosh tadbirkor» kursidagi topshiriq yakunlangach, Umidaga umumiy ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarga egaligi haqida sertifikat berishdi. Bir necha yildan so‘ng
«Тadbirkorlik va biznes asoslari» kursidan ta’lim olgan yosh bitiruvchi mutaxassisligi bo‘yicha kollejda o‘qib, o‘zining diplom ishi doirasida mashinasozlik zavodida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tadi.
Diplomoldi ishlab chiqarish amaliyoti o‘tish davrida Umida ishchilar bufeti va oshxonalarini axborot bilan ta’minlash — umumiy ovqatlanish sohasida hisob- kitob operatsiyalarini avtomatlashtirish dasturiy blokini mustaqil ishlab chiqdi va murabbiysining yordamida uni amaliyotga tatbiq etdi. Bu loyiha viloyat «Тashab- bus» ko‘rik-tanlovining «Sog‘lom ovqatlanish» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi mukofotga sazovor bo‘ldi. Uch yildan keyin, umumiy ovqatlanish muassasasida biroz vaqt ishlagandan so‘ng, kollej qarshisida joylashgan qahvaxonani ijaraga olish uchun tanlovga ariza berdi. Тanlovda g‘olib chiqqan Umida «Yoshlik» zamonaviy tez ovqatlanish qahvaxonasini qayta tashkil etish huquqiga ega bo‘ldi.
Umida turli manbalardan (qahvaxona xodimlari, mijozlar, kollejning o‘quvchi va o‘qituvchilaridan) unga, qayta tashkil qilish va takomillashtirishda yordam beradigan ma’lumotlar oldi. Undan oldin umumiy ovqatlanish bo‘yicha an’anaviy qarashlarga ega bo‘lgan ayol qahvaxonani boshqargan. Qahvaxona kollej binosining birinchi qavatini egallaydi.
«Yoshlik» qahvaxonasi keng, uning maqsadli mijozlari — kollejning o‘quvchi va o‘qituvchilari (3000 kishi) hamda atrofdagi mahalla aholisidan iborat. Qahvaxona har kuni 700 dan 2100 gacha ishlaydi va bir kunda o‘rtacha 900 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Qahvaxona o‘z mijozlariga, yangi biznes-rejaga binoan, ovqatlanishdan tashqari, keng doiradagi, ya’ni tashqariga taomlar chiqarish, buyurtma bo‘yicha uyga yetkazib berish, marosimlar tashkil qilish, yarimtayyor va qandolat mahsulotlarini sotish va h.k. xizmatlarni taklif eta boshladi.
Atrofda yana shunday to‘rtta qahvaxona bor, lekin birida doim bo‘sh joy yo‘q, ikkinchisida hamma narsa juda qimmat, 3- va 4- esa doim iflos va xodimlarining ko‘rinishi ozoda emas.
«Yoshlik» qahvaxonasi yiliga 12 mln so‘m sof foyda keltiradi. Bir oylik sof foyda soliqlarni to‘lagandan keyin 1 mln so‘mni tashkil etadi. Barcha to‘lovlar faqat naqd pulda amalga oshiriladi. Sotilgan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati, har oylik to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar — sotuvlar hajmining 50 % ini tashkil qiladi, barcha joriy xarajatlar (ustama xarajatlar ) — 28
%, soliq — 5 %, sof foyda — sotuvlar hajmining 17 % ini tashkil etadi.
Har oylik sotuvlar hajmi — 6 mln so‘m, tegishli ravishda sotilgan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlarining sof qiymati 3 mln so‘m, har oylik to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar — 3 mln so‘m. Joriy xarajatlar: ijara uchun — 200 ming so‘m, suv ta’minoti — 45 ming so‘m, aloqa xizmati — 60 ming so‘m, elektr energiyasi — 70 ming so‘m, transport xizmati — 50 ming so‘m, kanstovarlar — 20 ming so‘m, xonalarni ta’mirlash va tozalash — 80 ming so‘m, kredit foizlari va kredit to‘lovi
45 ming so‘m, boshqa xarajatlar — 130 ming so‘mdan iborat. Bu raqamlar oydan oyga o‘zgarmaydi. Qahvaxonada boshqaruvchi bilan birga, 11 xodim ishlaydi. Umida 2 oshpaz, omborchi, kassir, 4 xizmat ko‘rsatuvchi xodim va 2 yig‘ishtiruvchidan iborat jamoani boshqarishi lozim. Xodimlarning barchasi malakali, tegishli sertifikat va diplomga ega. Ular qahvaxona ochilgan kundan boshlab ishlab kelishmoqda. Umida tuzgan yangi biznes-reja bo‘yicha ish bosh- lashdan oldin, konsultantlar yordamida dastlabki 20 mln so‘mlik xarajatni quyidagi tarzda taqsimlash kerak: oziq-ovqat zaxiralarini sotib olishga — 3 mln so‘m, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun transport vositasi olishga — 5,5 mln so‘m, ombor binosini sotib olishga —2,5 mln so‘m, yangi oshxona jihozlarini sotib olishga — 1,8 mln so‘m, gaz, elektr plitalari va mikroto‘lqinli pechlar olishga — 3 mln so‘m, oshxona mebeli sotib olishga — 2,3 mln so‘m, ish bosh- lashdan oldingi xarajatlarga: montaj, sozlash, yoqish va ish boshlashga — 0,5 mln so‘m va yana 1,4 mln so‘m naqd pul bankdagi hisobraqamida qoladi.
Umidada bu mablag‘ning yarmi bor. Ikkinchi yarmini esa u quyidagicha jalb qilishni mo‘ljallamoqda: 5 mln so‘m ota-onasidan qarzga olish, 5 mln so‘m bankdan yillik 10 % ustama to‘lovi sharti bilan kredit olish (hisoblangan foiz stavkasi 10,8 %). «Yoshlik» qahvaxonasi shahar telefon stansiyasi va kollejning yosh tadbirkorlar klubi boshqaradigan Internet qahvaxona bilan bir binoda joylashgan. «Yoshlik» qahvaxonasida alkogolsiz ichimliklar, sovuq va issiq gazaklar, sabzavotli va mevali salatlar, muzqaymoq va kokteyllar, parhez taomlari, uyda tayyorlangan pishiriqlar taklif qilinadi.
Narxlar kollej o‘quvchilari uchun maqbul. Umida biron narsani keskin o‘zgartirish niyati yo‘q, lekin yangi mijozlarni jalb qilish uchun quyidagilarni bajarishni mo‘ljallagan: chiroyli reklama bukletlarini ishlab chiqish, elektron axborot tablosi — kulgili reklama murojaatlari bor ekranni o‘rnatish, qahvaxonada yaxshi musiqani eshitilishini tashkil qilish, keng qamrovli yetkazib berish tizimini ishlab chiqish, zamonaviy qulay mebel va chiroyli sifatli oshxona anjomlarini, zalning dizayni va mebellari bilan uyg‘unlashgan oshxona parda-dasturxonlarini ishlatish; xodimlar uchun bejirim ish kiyimi tanlash, ularni zamonaviy standartlar bo‘yicha tez va odobli xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish, gigiyena va ozodalikning yuqori talablariga rioya qilish, binoning ichki bezagini yaxshilash, navbatda turish va to‘da bo‘lib to‘planishlarning oldini olish.
Umida 10 nafar yetim bolani o‘qitishga homiylik qilish, Qariyalarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasiga xayriya hissasi qo‘shish, o‘z biznesini boshlashni istaganlarga maslahatlar berish, shahar hokimiyatining atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatida faol qatnashishni rejalashtirmoqda.
Umidaning shaxsiy ma’lumotlari berilgan misoldan nimalarni bildingiz?
Umida o‘z ishini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilishida unga yordam bergan axborotni qanday qilib qabul qilgan va uni qayta ishlagan?
Nima uchun restoran biznesini boshlash Umidaga o‘zini o‘zi band qilishning maqbul varianti bo‘layapti?
«Yoshlik» qahvaxonasini turi va tuzilmasini tasvirlab bering.
«Yoshlik» qahvaxonasi joylashuvining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlang.
Misoldan Umidani biznesni boshqara olishiga ishora qiluvchi ko‘nikmalari, shaxsiy xususiyatlarini ajrating.
«Yoshlik» qahvaxonasi qaysi xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etadi?
Bu xizmatlar va mahsulot qanchalik talabga ega?
«Yoshlik» qahvaxonasining mijozlari kimlar?
Qanday qilib Umida mijozlarni jalb qilmoqchi?
«Yoshlik» qahvaxonasi har kuni qancha mijozga xizmat ko‘rsatadi?
«Yoshlik» qahvaxonasining bozordagi ulushi qancha?
«Yoshlik» qahvaxonasining kelgusida rivojlanishini ko‘rsatuvchi omillarni sanab o‘ting.
«Yoshlik» qahvaxonasi raqobatchilarining kuchli va zaif tomonlari nima- lardan iborat?
Yangi mijozlarni jalb etish uchun Umida qanday strategiyalarni oldinga surmoqchi?
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun qahvaxonada qancha xodimlar ishlashi lozim?
«Yoshlik» qahvaxonasi xodimlarining vazifalari nimalardan iborat?
Xodimlar o‘z vazifalarini samarali bajarishlariga nima turtki beradi?
«Yoshlik» qahvaxonasining xodimlar tarkibi tuzilmasini chizib bering.
«Yoshlik» qahvaxonasini ishlash jarayonida Umida boshqa tashkilotlar yoki mutaxassislarning qaysi xizmatlaridan foydalanadi?
«Yoshlik» qahvaxonasi qanday jihozlarga ega?
Qonun doirasidan chiqmaslik uchun «Yoshlik» qahvaxonasining faoliyati qanday talablar va texnik shartlarga mos kelishi kerak?
«Yoshlik» qahvaxonasini ochish uchun Umidaga qancha kapital kerak?
«Yoshlik» qahvaxonasini umumiy kapitalida Umidaning ulushi qancha?
Тadbirkor qancha miqdorda qarz olishni mo‘ljallamoqda?
Qanday axborot va hujjatlar Umidaga bankdan kredit olishga yordam beradi?
«Yoshlik» qahvaxonasini boshqarishda qanday hujjatlar va hisobotlar kerak bo‘ladi?
Qahvaxonaning umumiy sotuv hajmi 1 oyda qancha bo‘ladi? 1 yilda qancha?
Ish boshlashdan oldingi xarajatlarni sanab o‘ting.
«Yoshlik» qahvaxonasining aylanma mablag‘i miqdorini aniqlang.
«Yoshlik» qahvaxonasiga qancha miqdorda asosiy vositalar zarur?
Quyidagi to‘lovlarning har biri bo‘yicha umumiy summani aniqlang:
zaxira (tovar va xizmat)lar;
mehnat resurslari;
ustama xarajatlar.
Xarajatlar va foyda miqdorini aniqlang. «Yoshlik» qahvaxonasiga qancha miqdorda asosiy vositalar zarur?
Qahvaxonaning bir yilda pul oqimlari bashoratini ko‘rsating. Yil oxirida qancha pul bo‘ladi?
Birinchi yil oxirida foyda qancha bo‘ladi?
Birinchi yil uchun buxgalterlik balansini tuzing.
Yalpi foyda qancha bo‘ladi (ruxsat etilgan eng kam miqdori, % da)?
Umida ijtimoiy mas’uliyatga ega tadbirkor ekanligini qanday ko‘r- satmoqchi?
Do'stlaringiz bilan baham: |