4. Qandolatchilik korxonasini tuzish
Nigora bir necha yil qandolat do‘konida ishladi. Bu yerda mijozlar, hudud aholisi uchun shu yerda ishlab chiqarilgan mahsulot taklif qilinardi. Do‘kon to‘ylar, tug‘ilgan kun va boshqa tantanalar uchun tort va boshqa shirinliklarni buyurtma bo‘yicha tayyorlash va uyga yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi. Nigora qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha tajriba orttirib, har xil turdagi mahsulotlar uchun xomashyo va ingrediyent (masalliq)lardan, tayyorlash va pishirish jarayonlaridan tortib mijozlar bilan aloqa o‘rnatishgacha hammasi unga ayon. U yaxshi oylik ish haqi oladi — 100 000 so‘m. Nigora hamisha o‘z qandolat do‘koni bo‘lishini orzu qilar va shu sababli barcha bo‘sh mablag‘ini bankdagi jamg‘arma hisobiga qo‘yardi.
Shu yo‘l bilan u qandolat korxonasi tuzish uchun zarur bo‘ladigan uskunalar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Narxlarni o‘rgandi, xususan, elektroplita uchun eng ko‘p haq to‘lashga to‘g‘ri keladi — 650 ming so‘m. U yana 500 ming so‘mga xamir qorish mashinasi, 100 ming so‘mga tarozi apparatlari, 95 ming so‘mga idish, turli konteynerlar, qo‘l asboblari, 410 ming so‘mga sex uchun stollar, polka, 850 ming so‘mga tayyor mahsulotni uch kun saqlash uchun katta sovitgich sotib olishi kerak. Yana 650 ming so‘mga do‘kon uchun vitrina, polka va kassa apparati olinishi lozim. O‘zi uchun uncha katta bo‘lmagan xona, boshqa xodimlar uchun esa dam olish joyi zarur. Bu ikki xona uchun olinadigan ishlatilgan mebel narxi 120 ming so‘mni tashkil etadi.
Hozir Nigorada shaharning o‘rtacha daromadli aholi yashovchi hududlaridan birida (aynan ular mijozlarning asosini tashkil qiladi) o‘z loyihasini amalga oshirish uchun mos keladigan binoni ijaraga olish imkoniyati bor. Bino ikki oydan keyin bo‘shaydi.
Bozorni o‘rganishni tugallagach, Nigora o‘z ishini boshlashga va qandolat korxonasi uchun binoni oyiga 80 ming so‘mga ijaraga olishga qaror qildi. Shundan so‘ng Nigora uchun qizg‘in davr boshlandi, u o‘z biznes-rejasini tugallashi, investitsion va aylanma kapitallar miqdorini hisoblashi, bankdan pul olishi kerak (uning o‘z mablag‘lari zarur miqdorning faqat 30 % ini tashkil qiladi). Keyin 10 ming so‘mga korxonani ro‘yxatga oldirib, mashinalar va uskunalarga buyurtma bersa, ularni uch oy mobaynida keltirib berishadi. Bularning hammasini bajarish uchun Nigoraga bir oy oldin o‘z ish joyidan bo‘shashga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, vodoprovod, elektr va telefon liniyasini o‘z nomiga o‘tkazishi va buning uchun 25 ming so‘m to‘lashi lozim. Binoni majburiy sug‘urtalash ham kerak — birinchi yil uchun unga 10 ming so‘m to‘lashga to‘g‘ri keldi. U endi xodimlarni tanlaydi: qandolat sexiga ikki xodim va bir yordamchi kerak. Nigora qandolat korxonasi uchun binoni ijaraga olgan kuni ularni ishga yollashga qaror
qildi. Xodimlarning umumiy ish haqi oyiga 210 ming so‘mni tashkil etadi. Nigora uskuna keltirilib, o‘rnatilgunga qadar xodimlar uchun bir haftalik kurs o‘tkazishni rejalashtirdi. Uskunalarni o‘rnatish narxi 20 ming so‘mga baholandi. Nigora 1900 ming so‘mga ishlatilgan mashina sotib olishi va oyiga 60 ming so‘m ish haqi oladigan haydovchini yollashi kerak. Avtomobilni bir yilga sug‘urta qilish 25 ming so‘m turadi.
Do‘konni ochishdan oldin Nigora uncha katta bo‘lmagan reklama kampaniyasini o‘tkazishga qaror qildi, uni reklama agentligida 150 ming so‘mga tashkil qilishni taklif etishdi.
Do‘kon barcha uskunalar o‘rnatilganidan keyin, ikki hafta o‘tib ochiladi. Ikki hafta mobaynida Nigora xodimlar uchun ishlab chiqarish sharoitlarida tortning bir necha turlarini tayyorlash va pishirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. Ishlab chiqarish uchun xomashyo xarid qilish uchun bir hafta mobaynida 250 ming so‘m baholandi, barcha qolgan xarajatlar, jumladan, suv, elektr, telefon, mashina uchun benzin va shu kabi xarajatlar 150 ming so‘mni tashkil qildi. Har ehtimolga qarshi, Nigora korxonani xomashyo bilan ta’minlashga va boshqa xarajatlar haqini ikki hafta oldindan to‘lashga qaror qildi.
Nigora mahsulotning o‘rtacha 60 % ini do‘kon orqali, qolgan 40 % ini esa mijozlarga yetkazib berish xizmati orqali sotishga qaror qildi, ular buyurtma haqini ikki hafta mobaynida to‘lashlari mumkin.
U do‘kon ochilganidan keyin bir oy o‘tgach, yetkazib berish xizmatini tashkil etishni rejalashtirdi. Nigora zarur mablag‘lar miqdorini baholash va biznes-rejani tugallash uchun o‘z korxonasining dastlabki xarajatlarini va birlamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashi kerak.
Korxona rivojining dastlabki bosqichidagi asosiy voqealarni belgilaydigan muvaqqat diagramma tuzing hamda dastlabki xarajatlar va birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari bosqichlarining davriyligini hisoblang.
Dastlabki xarajatlar va birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari jadvalini tuzing va to‘lovlar miqdorini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |