6. Muammoli (situatsion) topshiriq
Kollejni tugatgan Shohista kompyuterda ishlash va kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalarga ega. Ota-onasi unga biznes uchun 2 mln so‘m mablag‘ ajratishga rozi. U institut yonida internet- qahvaxona ochmoqchi. Unga taklif etilayotgan xona — bu oddiy auditoriya bo‘lib, uning ijarasi uchun har oyda 10 ming so‘m to‘lash lozim bo‘ladi. Zarur jihozlarni sotib olish uchun Shohistaning qarz olishiga to‘g‘ri keladi.
Ish boshlash uchun unga qancha kompyuter kerak?
Shohistaga yana qanaqa jihozlar zarur bo‘ladi?
Kompyuterlar, zarur jihozlar va mebelning narxi qancha?
Zarur jihozlar va mebelni qanday olish mumkin?
Shohista qayerdan kredit olishi mumkin:
aksiyadorlik kapitali;
qarzga moliyalashtirish.
Qarz olish uchun bankka nimalar taqdim etilishi kerak?
Bankdan kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?
Internet-qahvaxonani moliyalashtirish uchun Shohistaga jami qancha mablag‘ kerak?
7. Model: majburiyatlarni o‘zgaga berish
Model — shaxs ishtirok etmaydigan vaziyatni taqozo etadi, shu boisdan kishi ismlari shartli nomlar bilan almashtirildi. Shunday qilib, Тadbirkor xonim o‘n yil avval mustaqil ravishda avtomobillarning ehtiyot qismlarini sotishni boshlagandi. O‘shandan beri uning biznesi doimo o‘sib keldi. Endi u katta binoni ijaraga olgan, 23 nafar xodimi bor. Xonim mustaqil ishlamaydi, ammo u biznesning barcha tomonlari, jumladan, xodimlarni boshqarish uchun ham mas’uldir. Uning ishi shunchalik ko‘pki, ularni bajarishga, umuman, vaqti yetishmaydi.
Тadbirkor xonim doimo o‘z tadbirkorlik faoliyati haqida o‘ylaydi va bir kuni u o‘z majburiyatlarining katta qismini quyidagi sabablarga ko‘ra, o‘z xodimlariga berishga qaror qildi:
u ishda haftasiga qirq soat o‘rniga oltmish soatdan ko‘p vaqt o‘tkazmoqda;
hamma narsani qilishga ulgurish tazyiqi ostida u ayrim xodimlarni tez-tez tanqid qiladigan bo‘lib qoldi;
d) o‘z biznesidagi muammolar tufayli u uyqudagi halovatni butunlay yo‘qotdi. O‘tgan tunda u o‘zining besh xodimga beradigan quyidagi majburiyatlarni belgilab chiqdi:
Haftalik hisobot, uni tayyorlash uch soat vaqt oladi. Uni tayyorlashni dispetcherga topshirish mumkin, ammo bu ilgari xodimlarga aytilmagan ayrim moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilishga olib kelishi mumkin. Bu ma’lumotlar qandaydir maxfiy tusdagi raqamlar emas, ammo Тadbirkor xonim o‘z biznesining barcha jihatlari haqida hamma biladigan bo‘lsa, o‘z korxonasi ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘yishi mumkinligini his qiladi.
Haftalik vakillik vazifalari, ularni Тadbirkor xonim har doim rohatlanib bajarardi. Ularni kotiba ham bajarishi mumkin edi (ehtimol, hatto Тadbirkor xonimdan ko‘ra ham yaxshiroq), ammo Тadbirkor xonim bu vazifalarni o‘zida qoldirishni istardi, chunki ularni bajarish uni o‘z xodimlari bilan yaqinlashtiradi va yaxshi munosabatlar o‘rnatishni yengillashtiradi. Bu ish, odatda, haftasiga ikki soat vaqt oladi.
Ombordagi tovarlar zaxirasini haftasiga juda zerikarli hisobga olish, u bir yarim soat vaqt oladi. Тadbirkor xonim ilgari bu vazifani boshqa xodimga bergandi, ammo ishni u o‘ziga hamisha qaytarib olardi, chunki bu ishni bajarish omborchining o‘g‘rilik qilishidan ko‘ra, kamroq g‘ashiga tegardi. Ko‘pincha hisob to‘g‘ri olib borilmaganligi aniq bo‘lib qolardi, hamma narsani yana uning o‘zi to‘g‘rilashga majbur bo‘lardi.
Har kuni soat 1600 dan boshlab, ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarga o‘z mahsulotlariga ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib berish maqsadidagi telefon so‘zlashuvlari (bir soat mobaynida). Тadbirkor xonim bu vazifani boshqa birovga berish fikridan voz kechdi, chunki bu ish mukammal bajarilmasa, uni yetkazib beruvchi (hududdagi ehtiyot qismlar yetkazib berish bilan
shug‘ullanuvchi yirik korxonaning egasi) tanqid qiladi. Holbuki, bu ishni tovarshunos bajarishi va u uncha band bo‘lmasligi mumkin.
U ham mansub bo‘lgan ehtiyot qismlar uyushmasi qarorgohi tayyorlaydigan maxsus sharhni har kuni tinglash (30 daqiqali). Тadbirkor bu vazifani o‘zida qoldiradi, chunki bu unga qahva ichib, biznesdagi hamkasblar bilan amaliy mavzularda suhbat qurishga imkon beradi.
Asosiy xodimlar bilan haftalik maxsus ishlab chiqarish yig‘ilishlari (1 soat mobaynida), ko‘p tadbirkorlar bu vazifani o‘zlarining birinchi o‘rinbosariga berganlar. Bunday yig‘ilishni olib borish vazifasini bajarish o‘rinbosar uchun bebaho tajriba to‘plash manbayidir. Biroq Тadbirkor xonim bu vazifani o‘zida qoldirishga qaror qildi, chunki u yig‘ilishda o‘zi tushunmaydigan biron voqea yuz berishidan cho‘chirdi.
O‘z ishida muvaffaqiyatga erishish uchun korxona egasi qanday bajarilishini bilishi zarur bo‘lgan harakatlar misollarini keltiring.
Qanday turdagi korxonalar korxona egasida aniq bir qiziqish yoki iste’dod borligi tufayli barpo etilishi va rivojlanishi mumkin?
Siz odamlar bilan yaxshi ishlamay turib, o‘z biznesingizni muvaffaqiyatli olib borishingiz mumkinmi?
Siz nima deb o‘ylaysiz, eshikdagi yozuvda o‘z ism-sharifi chiroyli tovlanib tursa, odam o‘zini qandaydir bir boshqacha sezadimi?
Uyda ishlaganingizda sizni nima baxtli qiladi? Siz qanday ishni yaxshi ko‘rasiz? Siz qanday ishni yoqtirmaysiz?
Тaxmin qilamizki, siz haqiqatan ham kichik bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘rasiz. Siz qanday korxona tashkil etishingiz mumkin?
Тaxmin qilamizki, siz rasm chizishni yaxshi ko‘rasiz. Bunday qiziqish qanaqa korxona tashkil etilishiga olib kelishi mumkin?
Kimdir bolalarni pianino chalishga o‘rgatsa, buni korxona, deb hisoblash mumkinmi?
Nima yaxshiroq, boshqa birovga, menejer sifatida bo‘lsa ham, ishlashmi yoki o‘zi «boss» bo‘lishmi?
Har qaysi odam ham o‘z xususiy korxonasining egasi bo‘lishdan baxtli bo‘la oladi, deb hisoblaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |