1
Фейербах JI. Избранные философские произведения. В двух томах. Том
1. М ., 1955, 190-bet.
337
Feyerbax odamlarning baxtli-saodatli bo‘lishlarini orzu qiladi.
Uning e’tirof etishicha, odamlarning baxtli-saodatli bo‘lishi ijti
moiy muhit bilan bog‘liq. Chunonchi, ijtimoiy muhit insonning
baxt-saodatga erishishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi yoki
to‘sqinlik qilishi mumkin. Odamlar baxtli-saodatli bo‘lishlari uchun,
jamiyatning barcha sohalarida ijtimoiy adolat prinsiplari hukm-
ronlik qilmog‘i darkor. Baxt-saodat, eng awalo, insonning mod-
diy-ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishida namoyon bo‘ladi. In
sonning baxt-saodatga erishishida uning irodasining mustahkamli-
gi, prinsipialligi alohida e’tiborga molikdir. 0 ‘z navbatida, inson
baxt-saodatga erishmog'i uchun boshqalar bilan birlashmog‘i lozim,
degan g‘oyani ilgari suradi. Faylasufning ta’kidlashicha, odam-
laming baxt-saodatga intilishi, u yaratgan axloq ilmining asosini
tashkil etadi.
Feyerbax jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini, kishilar
o‘rtasida tenglik, do‘st-u birodarlikni qaror toptirishning yagona
yo‘li, yangi din — muhabbat dinini shakllantirishdir, deb biladi.
Uning fikriga muvofiq, bunday din gumanistik axloq rolini
bajarmog'i, fuqarolami bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli qilib
tarbiyalamog‘i lozim. Bu dinga ko‘ra, «Inson insonga Xudo»ga
aylanmog‘i kerak. Kishilar tabiatida mavjud bo‘lgan xudbinlik,
hasad kabi g'ayrigumanistik illatlami bartaraf etmog‘i zarur.
Feyerbaxning fikriga ko‘ra, yangi dindagi muhabbat xudbin
lik, hasadning o‘zi emas, balki kishilami undan ozod qiluvchi
vositadir. Muhabbat — kishilami xudbinlikdan, hasaddan quti-
lishga undovchi, ulami yaxshilikka, ezgulikka da’vat etuvchi buyuk
quroldir. Aniqroq qilib aytganda, Feyerbax yaratgan bu qurol —
yaratish, bunyod etish qurolidir. Shuning uchun ham muhabbat
dini jamiyat hayotining muhim prinsipiga aylanmog‘i darkor.
Faylasufning muhabbat haqidagi fikr-mulohazalari o‘zining sodda,
oddiyligiga qaramasdan yangi gumanistik g'oyalami yaratish uchun
asos yaratdi.
Feyerbaxning tushuntirishicha, antropologiya tufayli, inson
dinning haqiqiy mazmunini bilib oladi. Uning fikriga muvofiq,
inson tabiatida mavjud bo'lgan turli his-hayajonlar, kechinma-
lar, iztiroblar, chunonchi, quvonch va tashvish, muhabbat va
loqaydlik, qo'rquv va jasorat mavjudligi uchun yuzaga keladi.
Bunday ruhiy kechinmalar bo'lmasa dinga ehtiyoj tug‘ilmas edi.
338
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, klassik fal
safa namoyandalari insonning inson darajasiga ko‘tarilishida aql
asosiy rol o‘ynaydi, deb tushuntirdilar. Insondagi intellektual
imkoniyatlarni qadrladilar. Lekin inson tarixiy taraqqiyotning
mahsuli ekanligini e’tiborga olmadilar. Shunday bo‘lishiga qara-
masdan, klassik falsafa namoyandalari inson falsafasi taraqqiyo-
tiga munosib hissa qo'shdilar. Chunonchi, nemis klassik falsafa
sining namoyandalari: birinchidan, dialektika ta’limotini har
tomonlama rivojlantirdilar. Uni faqat «sof aqlni tanqid» qiluvchi
vosita (Kant) emas, balki insonning eng nodir qobiliyati —
bilishning yaxlit bir butun sistemasi, deb tushuntirdilar. Ik-
kinchidan, dialektik fikrlash uslubini tarixiy taraqqiyot jarayo-
niga tatbiq etib, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini yaratishga urinib
ko‘rdilar. Uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyot doimo harakatda
bo‘lgan jarayon ekanligi, ertami-kechmi faylasuflar ijtimoiy
taraqqiyot qonunlarini bilib olishlariga ishonch hosil qildilar.
Gumanistik g‘oyalarni har tomonlama ulug‘ladilar. Insonni
e’zozlash falsafaning vositasi emas (Kant), balki asosiy maqsa-
didir, uning universal predmetidir (Feyerbax), degan xulosaga
keldilar.
XIX asming ikkinchi yarmida Yevropada bir guruh fayla
suflar klassik falsafa an’analarini qattiq tanqid qilgan bo‘lsalar,
ikkinchi guruh faylasuflar uning asosiy qoidalarini himoya qila
boshladilar. Boshqacha aytganimizda, Yevropa falsafiy tafakkuri-
ning bir qutbida klassik falsafaning tanqidchilari, ikkinchi qut-
bida uning himoyachilari to ‘plana boshladilar. Shuning uchun
ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyati — antiklassik
va noklassik falsafa paydo bo‘lganligi bilan xarakterlanadi.
XIX asrning 40—50-yillarida neokantchilik, neogegelchilik,
neotomizm, marksizm tarafdorlari klassik falsafa an’analarini
himoya qila boshladilar. Xususan, neokantchilik falsafasi asosiy
qoidalarini shakllantirishda Marburg va Baden maktabi namo
yandalari fidoyilik qildilar. Marburg maktabining asoschilari:
G .K ogen
(1842—1918-y.),
P .N ato rp
(1854 -1 9 2 4 -y .),
E.Kassirerlar (1874—1945-y.) Immanuil Kantning transenden-
tal falsafasini rivojlantirishga harakat qildilar. Boshqacha aytga
nimizda, bilishning transendental uslubini yaratishga, ilmiy bil
ish jarayonini psixologizmdan xalos qilishga urindilar.
339
Marburg falsafa maktabi namoyandalari fikriga ko‘ra, inson
ilmiy bilimlarining manbai bilinishi zarur boigan subyekt, ya’ni
inson ongining strukturasi emas, balki fanning mantiqiy struk-
turasidir. Ko‘rinib turibdiki, marburgliklaming ishontirishicha,
bilish jarayoni ichki strukturasini o'rganishni bilish jarayonining
o‘zidan emas, balki bu jarayondan tashqarida turgan boshqa
aloqalardan boshlash zarur. Bunday holatda bilish jarayoni sof
bilish mantig‘iga aylanib qoladi. Shuningdek, marburgliklar in
son bilimlarini hosil qilish jarayonini aniq fanlarning mantiqiy
asosiga tayanib o‘rganish lozim, deb tushuntiradilar. Mantiq inson
bilimlarining haqiqatga muvofiqligini emas, balki to‘g‘riligini,
vujudga kelish jarayonidagi umumiylik va zaruriylik qonuniyat-
larini o ‘rganmog‘i lozim, degan fikr-mulohazalarni o'rtaga tash-
laydilar.
Neokantchilik g‘oyalarini har tomonlama rivojlantirishda Baden
falsafa maktabi namoyandalari: V.Vindelband (1848—1915-y.),
G.Rikkert (1863—1936-y.) munosib ulush qo‘shdilar. 0 ‘zlarining
butun sa’y-harakatlarini ilmiy bilish metodologiyasini yaratishga
qaratdilar. Badenliklarning tushuntirishicha, tabiiy fanlar hodisa
va voqealarning takrorlanib turadigan tomonlarini o‘rganmog‘i,
bunda umumlashtirish, qonunlashtirish (rasmiylashtirish) uslub-
lariga tayanmog‘i, madaniyat haqidagi fanlar esa individuallash-
tirish, tasvirlash uslublaridan foydalanishi zarur.
Baden falsafa maktabi namoyandalari, olamdagi eng noyob
mavjudot — insonni o‘rganishda, uning individual, o‘ziga xos
xususiyatlarini umuminsoniy qadriyatlar chig‘irig‘idan o'tkazib
tahlil qilish zarurligini alohida ta’kidlaydilar. Insonning inson bo‘lib
shakllanish jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati
beqiyos ekanligini ta’kidlash bilan birga, G.Rikkert aytganidek,
qadriyatlami baholash bilan qo‘shib-qorib yuborib bo‘lmaydi.
Chunki baholash — bu aniqlangan dalillar chig‘irig‘idan tashqariga
chiqa olmaydigan, subyektiv munosabatlardir. Qadriyatlar esa
subyektga bog‘liq bo‘lmagan reallikdir. Ulaming har qaysisi o‘zicha
alohida harakat qiladi. Qadriyatlar aprior, transendental, umum
ahamiyatga ega bo'ladi. G.Rekkert o‘rinli ta’kidlaganidek, qadri
yatlar individuallikning ta’rifi emas, balki shaxs individual ongi
orqali ijtimoiy aloqalami vujudga keltiruvchi, ijtimoiy ongning
ideal shaklidir. Individual va ijtimoiy ong orasidagi o‘zaro aloqa-
340
dorlik tarix va madaniyat to‘g‘risidagi fanlarda o‘z ifodasini topadi
hamda qadriyatlami individuallashtirishning muhim sharti, deb
hisoblanadi.
Kant asos solgan nazariy va amaliy aql o'rtasidagi farqqa
tayanib, neokantchilar falsafa bilan fan o‘rtasida chegara bor,
deb o‘ylaydilar. Ularning fikriga muvofiq, fan nazariy fikr-mu-
lohazalarga, hodisalar va voqealar to ‘g‘risidagi em pirik
ma’lumotlarga asoslansa, falsafa turli normalami, qadriyatlami
o‘rganishi zarur.
Shuning uchun falsafa — aksiologiya, ya’ni qadriyatlar
to‘g‘risidagi ta’limot bo'lib, uning predmeti subyekt bilan qadriyat
orasidagi aloqadorlikni o'rganishdan iborat bo‘lmog‘i lozim emish.
Shunday qilib, neokantchilar inson o‘zligini anglash taraqqiyo-
tida qadriyatlarning ma’lum ierarxiyasini aniqlab berishga intil-
dilar. Falsafiy bilimlarning yangi tarmog‘i, qadriyatlar haqidagi
fan — aksiologiyaga asos soldilar.
Noklassik falsafa taraqqiyotiga diniy falsafa ham o‘z ta’sirini
o'tkazdi. Bunday holatni klassik falsafa an’analarini himoya qilib
chiqqan falsafiy oqim lardan biri — neotom izm da yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.
Neotomizm — katolitsizmning tarmoqlaridan biri bo‘lib, XIX
asming 70-yillarida Vatikanning qarorlari ta’sirida vujudga keldi.
Uning asoschisi — Rim papasi Lev XIII dir. Neotomizm
g'oyalarini jahonda targ‘ibot va tashviqot qilishda XX asming
mashhur neotomistlari: J.M ariten (1882— 1973-y.), E.Jilson
(1884— 1978-y.), G .M arsel (1889—1973-y.), P.Teyyar de
Shardenlar (1881—1955-y.) jonbozlik qildilar.
Neotomizm o‘rta asr tomizmidan tubdan farq qiladi. Unda
Foma Akvinskiy qarashlaridagi asosiy g'oyalar nemis klassik fal
safasining asoschilari Kant, Shelling, Gegel qarashlari bilan
birlashtiriladi. Ana shunday nuqtayi nazar bilan fikr-mulohaza
yuritgan neotomistlaming tushuntirishicha, insoniyat bosib o‘tgan
tarixiy taraqqiyot har bir kishining xatti-harakatiga bog'liq bo lib,
oldindan transendental kuchlar tomonidan belgilab beriladi.
Nemis klassik falsafasi yutuqlariga suyangan neotomistlar
din bilan fanni bog‘lamoqchi bo‘ladilar. Neotom istlam ing
tushuntirishicha, din va fan hech qachon biri — ikkinchisiga
zid kelmaydi, balki biri ikkinchisini to'ldiradi. Din ham, fan
341
ham aslida odamlarni yagona maqsadga yetaklovchi ikki yo‘ldir.
Ular yagona maqsad deganda Xudo tom on borishni nazarda
tutadilar.
Neotomistlar fikriga muvofiq, inson aqliy bilishining manbai
tafakkurdir. Olamdagi barcha mavjudotlar yaratuvchisi Xudo
bo‘lganidek, inson tafakkurini ham Xudo yaratgan. Shuning
uchun inson aql-zakovatining asosiy maqsadi — Olloh marha-
matini bilishga qaratilmog'i darkor. Lekin insonning bilish bo
rasidagi faoliyatining chegarasi bor. Inson ilmiy bilish yorda
mida faqat tabiatda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar sir-u
sifatlarini bilib olishi mumkin, afsuski, dinda bo‘ladigan
o‘zgarishlarning sababini bila olmaydi. Chunki diniy aqidalar
inson aqli imkoniyatlaridan ustun turadi, inson aql-zakovati
yordamida Xudo borlig'ini bilib bo‘lmaydi. Inson, yuqorida e’tirof
etilganidek, faqat moddiy olamda sodir bo‘ladigan o'zgarishlarni
bilish orqali Olloh qudrati va ifodasini biladi.
N em is klassik falsafasining ratsionalistik, gum anistik
an’analariga suyangan neotomizm, XIX asming 70-yillarida olam
bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini Xudo
borlig'i, uning karom atlari, olijanob fazilatlari, xislatlari
chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil etgan bo'lsa, XX asrga kelib o‘zining
hayotdagi mo'ljallarini (orientatsiyasini) tubdan o‘zgartirdi.
Boshqacharoq aytganda, neotomizm ham diniy falsafaning boshqa
yo'nalishlari kabi o‘zining hayotdagi orientatsiyasini qayta ko‘rib
chiqdi. Taig'ibot va tashviqot markaziga inson va uning manfaat-
larini himoya qilishni maqsad qilib qo'ydi. Butun kuchini odam
larni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhid^ tarbi-
yalashga, jahonda tinchlikni barqaror qilishga safarbar etdi.
Klassik falsafa an’analarini himoya qilishda neogegelchilar:
R.Kroner (1884—1974-y.), G.Lasson (1862— 1932-y.), B.Kroche
(1866—1952-y.), J.Jentile (1875-1944-y.), F.Bredli (1846-1924-
y.), J.Roysa (1855—1916-y.), J.Val (1888-1974-y.), A.Kojev
(1902—1968-y.). J.Ippolit (1907—1968-y.) «Gegel tomon orqaga
qaytish» shiori ostida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib bordilar.
Klassik falsafa qoidalarini tanqidiy o‘iganishda va uning gumanistik
asoslarini har tomonlama rivojlantirishda nemis mutafakkirlari Karl
Marks (1818—1883-y.) va Fridrix Engels (1820—1895-y.) fido-
yilik qildilar.
342
Hozirgi zamon ilmiy-falsafiy adabiyotlarda Karl Marks va
Fridrix Engelsning gumanistik qarashlari yuzasidan bir-biriga
qarama-qarshi fikrlar bayon qilinmoqda. Xususan, ayrim tad-
qiqotchilar Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi ta ’limotini tan-
qidiy tahlil qilsalar, ikkinchi guruh jamiyatshunoslar Karl
Marks ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida inson muammosiga e’tibor
bermagan, o ‘zining butun diqqat-e’tiborini kapitalistik ishlab
chiqarish usulining mohiyatini ochib berishga qaratgan, de-
yishmoqda. Uchinchilari esa Karl Marks falsafada inson muam-
mosini hal qilishda baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shdi, de-
moqdalar.
Fikr va mulohazalarning turli-tuman bo‘lishidan qat’i nazar
Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi qarashlariga xolisona baho
berish, inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari qanday bo‘lsa shun-
dayligicha, har qanday siyosiy bo‘yoqlarsiz kelajak avlodlarga
yetkazish, bugunning talablariga javob bermaydigan qoidalarini
tanqid qilish va ijobiy tomonlarini saqlab qolish, undan tan-
qidiy foydalanish insonshunoslikning dolzarb vazifalaridan
biridir.
Alohida ta ’kidlash zarurki, K.Marks falsafiy ta ’limotining
ayrim tanqidchilari uning qarashlarini soxtalashtirayotirlar.
Marks qarashlaridagi gumanistik fikr-mulohazalar mohiyatini,
undagi fuqarolami har qanday zulmdan, zo‘ravonlikdan ozod
qilishga, insonni har tomonlama erkin rivojlanishi uchun zarur
bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ijtimoiy
yo‘nalishni tushunib yetmayotirlar yoki tushunishni istama-
yotirlar.
Inson to ‘g‘risidagi markscha konsepsiya ham jahon ijtimoiy
taraqqiyotining rivojlanish darajasidan kelib chiqdi. Chunon-
chi, ijtimoiy munosabatlardagi keskin o‘zgarishlar insonning
axloqiy degrodatsiyaga giriftor b o iish i, uning ongi va faoli
yatida begonalashuvning vujudga kelishi sabablarini har to
monlama tahlil
Do'stlaringiz bilan baham: |