ik k in ch isin in g xatoligini keltirib chiqaradi, uchinchisi b o ’lishi m um kin em as,
y a ’ni istisno qilinadi.
Tafakkum ing bu qonunini buyuk yunon faylasufi Aristotel
ikki zid fikr orasida
uchinchisining bo’lishi mumkin emas, deb ta’riflagan. Mantiqning bu qonuni belgi,
xususiyat, munosabatning narsaga xos ekanligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Bunda
bir narsa haqida ikki bir-biriga batamom zid fikrlar o ’rtasidagi munosabatlar nazarda
tutiladi. Masalan:
Bu geometrik shakl - o ’tkir burchakli uchburchak (A - V dir).
Bu geometrik shakl - o ’tkir burchakli uchburchak emas (A - V emasdir) fikrlari
o ’zaro zidlik munosabatida. Ular mantiqda A yoki V yoki
V emasdir formulasi bilan
ifodalanadi. M atem atik mantiqda bu qonun a v a formulasi shaklida beriladi. Bunda a
har qanday fikmi, «а» unga zid bo’lgan fikmi, V zidlik belgisini ifodalaydi.
Uchinchisi istisno qonuni ziddiyatsizlik qonuni kabi fikming izchil, ziddiyatsiz
bo’lishini talab etadi. Shu bilan bir qatorda uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikr bir
vaqtning o ’zida ham chin, ham xato bo’lishi mumkin emasligini ko’rsatadi.
Uchinchisi istisno qonuni ob’ekt, vaqt, munosabat aynanligini taqozo qiladi.
Uchinchisini istisno etuvchi fikrlar sirasiga quyidagilami kiritish mumkin:
- alohida narsa yoki hodisaga nisbatan biron bir narsaning tasdiqlanishi yoki
inkor
etilishi; S - R dir va S - R emasdir. Bu yakka tasdiq va yakka inkor fikrlar
orasidagi munosabatni anglatadi;
- turkumga mansub narsaiar, hodisalar va alohida olingan predmet haqidagi
nimanidir tasdiqlanishi yoki inkor etilishini;
- turkumga mansub narsalarga nisbatan nimanidir
inkor etilishi va alohida
narsaga nisbatan shu belgining tasdiqlanishi.
Uchinchisi istisno qonuni fikrlarimizning aniq, ravshan, ziddiyatsiz bo’lishini
talab qiladi. Uchinchisi istisno qonunining amal qilish holatiari turli - tuman, undan
alohida narsaiar haqida fikr yuritganda ham, murakkab jarayonlam i o ’rganganda ham
foydalanish ko’zda tutiladi.
Uchinchisi istisno qonuni to ’g ’ri fikrlashning asosiy shartlaridan bo’lsa-da,
to’g ’ri tafakkur qilish, chin bilimlar hosil qilish uchun uning o’zi kifoya qilmaydi.
Buning uchun mavjud narsa va hodisalarni, ularning
munosabatlarini chuqur,
atroflicha o ’rganish talab qilinadi. Uchinchisi istisno qonuni muhokama jarayonida
to ’g ’ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Lekin buning o ’ziga xos sharti mavjud:
Uchinchisi istisno qonuni zid fikrlargagina tegishli buladi. Uchinchisi istisno
qonunining ilmiy izlanishlami olib borishda o ’ziga xos o ’mi bor. U nazariy
tadqiqotlar jarayonida fikrdagi noaniqlikni, chalkashlikni bartaraf etishning muhim
vositasi bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida inson bilimi
narsa va hodisalarning
mohiyatiga qadar chuqurlashib boradi va ta’kidlash joizki, zidlikning tomonlaridan
biri ayrim hollarda noaniq bo’lib qolaveradi. Bu hoi uchinchisi istisno qonunining
dixotom iyaga xos tomonlarini hisobga olishni talab qiladi.
Uchinchisi istisno qonuni tadqiqotchidan o ’z fikrlarini aniq, ravshan, zidliksiz
bayon etishni, raqibining fikrlarini inkor etishning asoslarini topishni, o ’z
nuqtai-
nazariga ega bo’lishini talab qiladi. Ilmiy tadqiqotda undan foydalanish uchun biron-
bir fikmi inkor etishning o ’zi kifoya qilmaydi. Shunga erishish lozimki, tadqiqotchi
muayyan mavzudagi o ’z nuqtai-nazarini bayon qilishning mantiqiy usullaridan
67
foydalana bilsin, dalillar asosida o ’z fikrini asoslay bilsin. Buning uchun mantiq
qonunlaridan tashqari tadqiqot o b ’ektini
chuqur bilish, u to’g ’risidagi mavjud
bilimlami o ’zlashtirish muhim aham iyatga ega. Bunda tadqiqotning qiymati unda
inkor etilgan fikrlar bilan o ’lchanmaydi, balki inkor etilgan fikrlam ing asossiz
ekanligini isbotlaydigan dalillar vositasida muammoga o ’z echimini berish, o ’z
mustaqil fikrini shakllantirish ilmiy ijodning muvaffaqiyatini ta ’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: