O ’z b e k is t o n r espu bl 1k a si o L iy va o ’rta m a X su s ta 'lim V a z ir L ic I


A yn iyat qonuniga m u vofiq , m uhokam a, bahs, m unozara jarayonida har



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/78
Sana19.02.2022
Hajmi3,18 Mb.
#457589
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
Etika,estetika va mantiq.2014

A yn iyat qonuniga m u vofiq , m uhokam a, bahs, m unozara jarayonida har
bir fikr aynan bir m a ’noda ishlatilm og'i lozim . 
Ayniyat qonuni muhokama 
jarayonida m a’lum vaqt mobaynida, m a’lum munosabatda tushuncha - fikr o ’z 
m a’nosini saqlab qolsin, degan talabni oldinga suradi. Aniq, ravshan fikrlashning 
asosiy shartlari deganda uch narsa nazarda tutiladi. 
1) o b ’ektning birligi, aynanligi;
2) vaqtning aynanligi; 3) m u n osab atn in g aynanligi.
Formal mantiqda ayniyat A-A dir. «А bo’Imagan narsa A - emasdir» tarzida 
ifodalanadi.
«Matematik» mantiqda ayniyat A —»V tarzida ifodalanadi. Bunda —> 
implikatsiya belgisi, deb yuritiladi va u A va V orasida m a’lum munosabat (tenglik, 
aynanlik) borligiga ishora qiladi.
Ayniyat qonuni fanda, san’atda, hayotda keng qo’llaniladi. Kishilaming olam 
haqidagi bilimlari narsa va hodisalardagi umumiylik (o ’xshashlik)ning ifodasi 
sifatida namoyon bo’ladi. Tushunchalar, muhokamalar, xulosalar shu ayniylik, 
o ’xshashlikning 
ifodasi 
hisoblanadi. 
Biz narsa va hodisalarning miqdoriy 
muayyanligini sonlarda «bir», «ikki», «uch»... deb, sifat va xususiyatlami «chiroyli», 
«yashil», «aqlli»..., munosabatlarini «katta», «kichik», «teng»... deb ifoda etamiz; 
narsa va hodisalar, ulaming xossalari, munosabatlari haqida mushohada qilamiz. 
Fikrlar, mushohadalar orasidagi munosabatlami aniqlash orqali ilgarigi bilimlar 
asosida, yangi bilimlar hosil qilamiz. Bularning hammasi narsa va hodisalardagi 
muayyanlik, doimiylik, barqarorlikning inson ongidagi ifodasidan o’zga narsa emas. 
Ilmiy izlanishda ayniyat qonunini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlarda 
aynanlik, o ’xshashlik o ’ziga xos ifodalanadi, masalan, matematikadagi tenglik, 
ekvivalentlik, algoritmlar, hozirgi o ’zbek tilidagi m a’nodosh (ekvivalent) so’zlar, 
kimyodagi kimyoviy elementlar, atom og’riliklaridagi aynanlik, o ’xshashlik va 
hokazo.
Ilmiy izlanish narsa va hodisalar mohiyati, ichki qonuniyatini aniqlash 
maqsadida olib boriladi. Bu esa o ’z navbatida narsa va hodisalarning sifat
63


muayyanligi, narsaiar orasidagi barqaror m unosabatlam i barqaror fikrlar (tushuncha, 
muhokama) orqali ifodalashni toqazo etadi. Qonuniyatlar bir narsa, bir ob’yektga 
emas, balki umumga (narsaiar turkumlariga), bir qator o b ’yektlarga taalluqli bo’ladi 
ham da ulardagi umumiylik, o ’xshashlik, aynanlik tomonlarini o ’rganish orqali 
ochiladi.
Ayniyat qonuni ilmiy muammo doirasida olib boriladigan ilmiy munozaralarda 
keng q o ’llaniladi. Bunda ilmiy munozaraning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mantiqiy 
fikrlash darajasiga, m uhokam a etilayotgan narsaiar doirasini aniq belgilashga, 
muhokama asosini to ’g ’ri aniqlashga bog’liq bo’ladi.
Ayniyat qonunining buzilishi «tushunchalam i o ’zgartirib q o ’yishda» namoyon 
bo’lishi mumkin. Tushunchani o ’zgartirib q o ’yish deganda, uning hajmini o ’rinsiz 
kengaytirish yoki toraytirish, mazmunini o ’zgartirish (dastlab bir m a’noda, 
keyinchalik boshqa m a’noda ishlatish) nazarda tutiiadi. Oqibatda «tushunchani 
o’zgartirib qo ’yish» fikrdagi chalkashlikni, noaniqlikni keltirib chiqarishi mumkin 
bo’ladi. «Tushunchani o’zgartirib qo’yish» muhokama ob’yektini o ’zgartirib 
yuborish, y a’ni bir narsa haqida fikr yurita boshlash, uni tugaliamasdan boshqa 
narsaga o ’tib ketish m a’nosini bildiradi. M uhokama predmetini, tushunchani 
o ’zgartirib yuborish beixtiyor yoki ataylab am alga oshiriiishi mumkin.
Ayniyat qonunining buzilishi tezisni (ya’ni fikm i) o ’zgartirib qo’yishda ham 
namoyon bo’ladi. Btron bir fikmi isbotlash yoki rad etishda ongli, yoki beixtiyor 
ravishda bir fikmi boshqa bir fikr bilan almashtirish «tezisini o ’zgartirib qo’yish» deb 
yuritiladi.
Tezisni o ’zgartirish fanda, siyosatda va boshqa sohalarda ko’rinishi mumkin. 
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov «O ’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqaroriik shartlari va taraqqiyot kafolatiari» risolasida XX asr 
oxiridagi kuzatilayotgan diniy uyg’onish ijtimoiy hodisasi ustida to ’xtalib, «islom 
uyg’onishi» hodisasini tahlil qilishda dinning m a’naviy qadriyatlari bilan din niqobi 
ostida siyosiy va tajovuzkor maqsadlar orasidagi farqni tushunish nihoyatda muhim 
ekanligini ta’kidlagan edi.
Ayrim hollarda ilmiy izlanishlarda ayniyat qonunining buzilishi natijasida 
kuzatiladigan fikrdagi noaniqlik, chalkashlik, g ’alizlik tadqiqot o b ’ektini yaxshi 
bilm asiikdan, yetarli o ’rganmaslikdan kelib chiqadi.
Aniqlik - to ’g ’ri fikrlash uslubining eng asosiy qoidasi. Ayniyat qonuni 
fikrdagi noaniqlik - ko’p gapirsa ham, hech narsa demaslik mumkinligini 
ko’rsatadigan qonundir. Ayniyat o ’rganilayotgan ob’ekt haqidagi bilim lam ing aniq, 
ravshan, izchil bayon etilishini ta ’minlaydi. Ayniyat fikrdagi aniqlik, nisbiy 
muayyanlik, 
barqarorlikning 
ifodalanishidir. 
Olim, 
fozil 
kishilar 
fikrlash 
m adaniyatlari yuqoriligi bilan boshqalardan farqlanadilar. O ’z fikrini qisqa, aniq, 
ravshan bayon eta olish har bir tadqiqotchi oldiga qo’yiladigan eng asosiy talab 
hisoblanadi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish