Tuproqlari. Mamlakatning tuproq ko’lami xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Bu yerda Yevrosiyo kontinentiga xos bo’lgan barcha tuprok tiplari uchraydi. Hududning 1g’8 kismini urmonlar 1g’3 kismini yaylovlar, 1g’8 kismini kumli va toshli chullar egallab yotadi. Xaydaladigan yerlar umumiy maydonning 10% ni, o’tloq va maysazorlar 31 % ni egallaydi.
Ichki suvlar – yer usti suvlar zapasi buyicha Xitoy Xalq Respublikasi Braziliya, MDH davlatlar, Kanada, AQSH va Indoneziyadan keyin 5 urinni egallaydi. Aholining jon boshiga 2,7ming m kub suv zapasi tugri keladi.Daryo deltalarida qishloq xo’jaligi tarmoqlari rivojlangan. Oqiziqlar to’plana borib, tekisliklar hosil bo’ladi. Bu tekisliklar shakli uchburchak, grekcha delta shaklida bo’ladi. Shuning uchun daryolar quyar joyida keltirma yotqiziqlardan hosil bo’lgan keng tekisliklar delta deyiladi. Daryo o’zani deltada ko’pdan-ko’p tarmoq va o’zanlarga bolinib ketadi (6-rasm)[1]. Zish daryolar deltalarinin xo’jalik ahamiyati kattadir
O’simliklari. Mamlakat floraga boy va xilma –xilligi bilan ajralib turadi Bu yerda 35 mingga yakin usimlik turi uchraydi Mamlakatda Shimoliy yarim shar mintaqasida tarkalgan barcha o’simlik turlarini uchratish mumkin Xitoyning o’simlik dunyosi xarakter jihatidan ikki zonaga, sharkiy va g’arbiy qismlarga bo’linadi .Mamlakatning sharqiy qismida o’simlik turi 25000 dan ortiq .
Hayvonot dunyosi. Mamlakat hududida 3,5 mingga yakin umurtalilar ,2 mingga yaqin baliq turlari ,1,2mingta qushlari ,450ga yakin yirtqich hayvon turlari ,210 ga yakin suvda va quruqda yashovchi hayvonlari, 300 ga yaqin sudralib yuruvchilaning turlari uchraydi . Yer sharida kam uchraydigan bambuklar ,ayik,tillarang maymuni ,yantszi timsoxi, talin , daryo delfinlari ,kirel olmaxoni va boshqa hayvonlar shu hudud uchun xosdir.
Tarixi. Birinchi Xitoy sulolasi –Sin miloddan avvalgi 14 asrda In nomini olgan .Manchjurlar 1644- yilda hokimyatni kulga kiritadi va 1912-yilgacha mamlakatni idora kiladi .Imperiya hududini Sibir , Oltoy ,Pomir va Nepalgacha kengaytirgan manchjurlar hukumati 19 asrda kuplab ichki va tashqi muammolarga duch keladi .1912 -yilda Sun Yatsen Gamindan hukumatiga asos soladi . Sun Yatsen o’limidan sung Chan Kayshi guruxi kommunistlar bilan aloqani uzib ,Nankinda milliy hukumat tuzadi . 1938 - yilda Yapon qo’shinlarining bostirib kirishidan keyin gomindachilar bosqinchilarga karshi kurashish uchun kommunistlar bilan birlashadilar . Gomindachilar mag’lubiyatga uchrab Tayvanga ko’chadi ,kommunistlar esa Mao TSze Dun boshchiligida 1949- yil 1- oktabrda Xitoy Respublikasining tashkil topganini e’lon qiladi . Mao TSze Dun vafotidan so’ng Xitoy Xalq Respublikasi raisi etib saylangan Den Syaopin mamlakatni siyosiy va iqtisodiy islohatlar yo’liga boshladi , natijada XXR dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlari qatoriga kushiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |