Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 367,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana25.02.2022
Hajmi367,13 Kb.
#463538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aqmaral

Abu Nasr Forobiy
(X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror 
narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma'lum holatini o’rganadi, 
o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma 
fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni 
ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, -qaysi 
fan bilan shug’ullanishidan qat'iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: 
- fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 
- ushbu tamoyil va ma'lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya'ni, mulohaza 
yuritish qoidalarini bilishi kerak; 
- xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, 
shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. 
Abu Rayhon Beruniy, 
bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida 
tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha 
noma'lum 
bo’lgan 
jihatlarini 
kеlajakda 
bilib 
oladi. 
Abu Ali ibn Sinoning,
bilish nazariyasida sabab haqidagi ta'limot alohida o’rin 
oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini 
tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning 


yuzaga kеlish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin, deb hisoblaydi. 
Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni 
ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta'sirini kuzatish asosida aniqlagan. 
Sharqdagi Uyg’onish davrida (9-11 asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin 
va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan birlashishi 
asosida alohida sinkretik (yunoncha sinkretismos - birlashish, yaxlitlik,qo’shilish) 
madaniyat birlashgan turi yuzaga kеlgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-
850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu 
Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar 
uning asoschilari sifatida mashhur bo’ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari 
Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o’z 
asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim 
amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va 
izchil shuqullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni 
ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o’rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida 
tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning 
aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo’llanilmoqda. 
Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Musliqiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiylar ham ta'limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-
ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning 
individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta'limni 
insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlar. 
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa 
sifatida kun tartibiga qo’yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi 
ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom 
ta'limoti g’oyalariga ko’ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo’lishdir. 


Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga 
alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish 
va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki 
yo’nalishi ekanligiga urg’u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson 
sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs 
o’zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql 
ma’nolari tog’risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida 
namoyon bo’lishi lozim bo’lgan o’n ikki fazilatni kеltirib o’tadi. Bizning 
fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o’z aksini topa olishi 
kerak, zero, ular inson hayotini mo’'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy 
faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. 
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo’lishda deb hisoblaydi va 
barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi. Allomaning 
fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin tutish, kamtarlik, 
insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo’lish komil inson qiyofasida 
aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga 
erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida qayd etadi. Bilimli 
insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab 
alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko’rsatkichi ekanligini 
uqtiradi. 
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z 
orzusidagi 
komil 
inson 
shaxsini 
asarlarining 
qahramonlari 
timsolida 
gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga 
ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, 
ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, 
muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
7
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq 
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, 


vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb 
hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat 
ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. 
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o’rni va roliga 
alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni 
shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning 
borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, 
balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta'sir 
etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini 
inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. 
Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta'minlashda bolalarga jamoa asosida 
bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi. 
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish, 
ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu 
ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb 
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, 
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini 
bеlgilab beradi. 
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga 
alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni 
anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida 
baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda 
mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy 
sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, 
odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi. 
Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan 
yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik 


mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma'lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni 
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan 
holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va 
hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki 
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib 
ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar 
tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib 
kеlishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar 
ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va 
ilm aqllilarini hurmatlashi o’sha iqbolning bеlgisidir. (Ayniqsa) hukmron 
kishilarning ilm aqllini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi». 
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga 
bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm 
narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok 
qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan turib unga 
erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo’lsayu, 
isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga xikmat - donishmanlik deyildi». 
Yusuf xos Hojibning «Qutadqu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta'bir joiz 
bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini 
ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi tog’risidagi qomus 
sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi 
garov bo’lib, uning yordamida xatto osmon sari yo’l ochiladi: 
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, 
Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi. 
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-o’n asr 
vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga 
muvaffaq bo’ldi. 


Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma'rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma'rifat 
zulm va bid'atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat 
dar anjuman», «Safar dar vatan»g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot 
yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda xosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam bo’ladi. 
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. 
Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kеlishi, bu yo’lda chidamli,qanoatli, 
bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini 
ta'kidlaydi. 
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan,quyidagilarni 
bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat 
muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi 
ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt 
kabidur»
8
. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi 
ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, 
ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi 
xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, 
maishatimiz, ximmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur»
9

Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan tuyg’udir. Inson 
o’z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun 
kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g’oyalarni 
ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo’lib kеlgan. Chunonchi, Hadisi 
Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. 
Alisher Navoiy quyidagi misralarda Vatandan ayrilish inson uchun og’ir judolik 
ekanligiga urg’u beradi: 


G’urbatda harib shodmon bo’lmas emish, 
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish, 
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish. 
Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo’lish og’ir judolikkina 
emas, balki «yuzi qaroliq» ekanligini Zaqiriddin Muhammad Bobur quyidagicha 
ifodalagan edi: 
Tole yo’qi jonimga baloliq bo’ldi, 
Har ishniki, ayladim - xatoliq bo’ldi. 
O’z yerni qo’yib hind sori yuzlandim, 
Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo’ldi. 
Abdulla Avloniy o’z asarlarida «Vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi 
uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: 
«Har bir kishining tug’ulub o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani 
deyilur. har kim tug’ilgan, o’sqon yerini jonidan ortiq suyar. xatto bu vatan hissi – 
tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o’z 
yeridagi kabi rohatda yashamas. ...Biz turkustonliklar va vatanimizni jonimizdan 
ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini, eskumular 
shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. 
Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab 
xijrat qilur edi»
10


Download 367,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish