Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


 Ma’naviy tarbiya millit ma’naviyati barhayotligining muhim omili



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana26.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#466660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
globallashuv jarayonining manaviyat rivojiga tasiri

 
3. Ma’naviy tarbiya millit ma’naviyati barhayotligining muhim omili. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin jamiyat ma’naviy hayotini 
sog‘lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish asosiy vazifa 
sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga
oqilona yondashishning ko‘rinishidir. I. Karimov Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq 
birinchi sessiyasi birinchi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida bu boradagi vazifalarga 
alohida e’tibor berib shunday degan edi: “Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz milliy 
qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani 
shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini 
tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan 
davom 
ettirish, 
ularni 
yangi 
bosqichga 
ko‘tarish 
va 
ta’sirchanligini 
kuchaytirishdir”
1

Darhaqiqat, istiqlol tufayli xalqimiz o‘z taqdirining egasi, tarixining ijodkori, 
o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Milliy o‘z-o‘zini anglashga 
intilish kuchaydi. 
Ma’naviy-mafkuraviy salohiyat tizimida milliy o‘z-o‘zini anglash va uni 
tashkil etuvchi unsurlarning tutgan o‘rni bilan yuqorida tanishib chiqqan edik. 
Shuningdek undan tashqari ma’naviy-mafkuraviy salohiyat tizimida millatning 
o‘ziga xos ichki ruhiy holatlarining ijobiy tomonlarini ifodalaydigan yuksak 
insoniy fazilatlar ham muhim o‘rin egallaydi. 
Bizning bosh strategik maqsadimiz milliy mustaqillikni mustahkamlash, 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik 
jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu vazifalar: 
1
Karimov I.A. Œzbekiston XXI asrga intilmoqda, 10 bet 
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 24, 25- betlar.


– hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o‘tkazuvchi o‘ziga xos imtihondir. 
Shu sababli ham ma’naviy-ruhiy tiklanish muammolari alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Xalqning milliy-ruhiy tiklanishi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
-
boy ma’naviyatimiz sarchashmalarining ko‘zlari qaytadan ochilganligi; 
-
jahon madaniyati xazinasiga katta hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning 
ilmiy, madaniy merosi chuqurligi anglab olinganligi; 
-
yoshlarni o‘z o‘tmishiga, milliy, diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni 
asrab-avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi; 
-
o‘z millatining o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmatidan, obro‘-e’tiboridan 
faxrlanish; 
-
millat manfaatini himoya qilishdagi mas’uliyatni his etish va kelajakka ishonch. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, biron-bir jamiyat o‘zining ma’naviy va 
axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay, hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini 
tasavvur eta olmaydi. “Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming 
yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat 
qilgan. Uzoq davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi 
avloddan avlodga o‘tib kelgan tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos 
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”
1

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bebaho madaniy va ma’naviy 
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 
8 iyundagi Qaroriga asosan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik 
markazi tuzildi. Uning faoliyat yo‘nalishi quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 
- O‘zbekiston xalqining ma’naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhiga mos g‘oyalarni shakllantirish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish; 
- yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan 
istiqboli sari yo‘naltirish; 
- millatlararo hamjihatlik va fuqarolar totuvligini ta’minlash va boshqalar. 
Mustaqillikning ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bevosita ommani fikrini 
uyg‘otishda, xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg‘urish hissini 
kuchaytirishdan iborat. Chunki, “....faqat ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina 
islohotlarga tayyor bo‘lishi mumkin”
1
. Xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar, 
an’analar, 
uning 
eng 
yaxshi 
hislatlari 
jamiyatdagi 
ma’naviy 
birlikni 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Ana shunday xalqimizga xos bo‘lgan 
xususiyatlardan biri ona zaminga, vatanga bo‘lgan hurmatidir. 
Ona-vatan har bir kishining tug‘ilib o‘sgan xonadoni, yashash makoni - 
qishlog‘i, shahri, o‘lkasi, yurtidan boshlanadi. “U insonning kindik qoni to‘kilgan 
joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, har kimning birligini qadrlovchi, 
o‘z-o‘ziga siyosiy bekligini ifodalovchi zamin, ma’naviy kamolot va fuqarolik 
1
Karimov I. A. О‘zbekiston XH1 asr bО‘saђasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. 137-bet. 
1
Karimov I. A. О‘zbekiston buyuk kelajak sari, 306-bet. 


maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat quchog‘idir”
2
. Shuning uchun 
ham har bir inson o‘zining butun borlig‘ini, dard-alamini, orzu-umidlarini vatan 
taqdiri bilan bog‘lab kelgan. Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri 
bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, 
shon-shuhrati, obro‘-e’tibori ham shu millat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usining
darajasi bilan bog‘liqdir. U milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Qadimda ota-bobolarimiz uchun vatanga, eliga muhabbat muqaddas tuyg‘u 
edi. Ular vatan manfaatini, qadr-qimmatini, or-nomusini hamma narsadan ustun 
qo‘yishgan. Buyuk mutafakkirlarimiz tug‘ilib o‘sgan joylari nomini o‘zlariga 
tahallus qilib, uni butun olamga mashhur qilishgan. Vatan manfaatlari yo‘lida 
jonini qurbon qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. 
Vataniy birlik tarixan shakllangan. Inson o‘zining butun orzu-umidlarini 
vatan taraqqiyoti bilan bog‘laydi. “Vatanparvarlik – bir ijtimoiy, etnik guruhga 
mansub bo‘lgan kishilarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy 
obro‘si, qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning 
ham obro‘-e’tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi ma’naviy 
fazilatdir”
1

Vatanparvarlik, vatanni ulug‘lashdan tashqari, uning qadr-qimmatini, 
mustaqilligini himoya qilishni ham o‘z ichiga oladi. Buning yorqin namunasini 
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin 
Kubro, Amir Temur, Dukchi eshon, Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Avloniy 
singari buyuk ajdodlarimiz faoliyatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Vatanparvarlik yetuk ma’naviyat belgisi, muayyan millat vakillarini aniq 
maqsad yo‘lida birlashtiruvchi umummilliy g‘oya hamdir. 
Hozir vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan chayqovchilik qiladigan vatanfurushlar 
yo‘q. Xalqimiz ikkita “vatan”da yashasada, o‘z vataniga ega bo‘lmadi. Shuning 
uchun bu tizim tanazzulga yuz tutganida bitta-ikkita vatanfurushni hisobga 
olmaganda hech kim motam tutmadi. 
Davlat ramzlariga hurmat jahondagi barcha madaniy xalqlar e’tiqodidagi 
an’ana bo‘lib, shaxs madaniyati, burch va mas’uliyat tuyg‘usi, vatanparvarlik 
e’tiqodi darajasining belgisi bo‘lgan. Bugungi kunda har bir fuqaromizning davlat 
ramzini qalbdan hurmat qilish, bayrog‘imizni muqaddas deb bilish, madhiyani 
yoddan ayta bilish, barqarorlikni, tinchlikni asrash ruhiyatini shakllantirish kabilar 
milliy tarbiyamizda muhim vazifa bo‘lishi lozim.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish