Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Tayanch so’z va iboralar
: didaktika, pedagogika, geografiya, metodika
o’qituvchi, o’quvchi, ta’lim, tarbiya, qonun, qoniniyat, qoida, maqsad, vazifa, 
obyekt, predmet, 
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH
UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Geografiya o’qitish metodikasi qanday fanlar tizimiga kiradi? 
2. Geografiya o’qitish metodikasi qanday qisimlarga bo’linadi? 
3. Didaktika nimani o’rganadi? 
4. Geografiyaning umumiy metodikasi nimani o’rganadi? 
5. Xususiy geografiya kurslarini o’qitish metodikasi bilan qanday fanlar 
shug’ullanadi? 
6. Geografiya o’qitish metodikasining umumiy vazifalariga ta’rif bering. 
7. Geografiya ta’limi metodikasi qaysi fanlar bilan bog’langan? 



8. Geografiya ta’limi metodikasi fanini geografiya fani bilan bog’liqligi nimalarda 
ifodalanishining chizmasini tuzing? 
9. Geografiya ta’limi metodikasi qaysi fan ishlab chiqqan qoida, qonuniyat va 
qonunlar asosida rivojlanadi? 
10. Geografiya o’qitish metodikasi psixalogiya fani bilan qanday bog’langan? 
11. Geografiya o’qitish metodikasini boshqa fanlar bilan bog’lanish chizmasini 
tuzing. 
12. Geografiya fanining boshqa fanlar aloqasiga klaster tuzing.
 
II BOB. GEOGRAFIYA TA'LIMINING SHAKLLANISHI VA 
RIVOJLANISH TARIXI 
 
Geografiya fani eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi, shuning chun uning 
rivojlanish tarixi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir bosqichda geografiya 
fanining ayrim tarmoqlari ma’lum bir sharoit ta’sirida juda tez rivojlanib kelgan. 
2.1. Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi. 
 
Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga 
bo’lib o’rganish mumkin: a) geografik bilimlarning dastlabki to’planishi; b) 
geografiya fanining shakllanish va rivojlanish. 
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-asrgacha 
davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida odamlarning ehtiyoji 
munosabati bilan qo’llana boshlangan. Ularning birinchi geografik bilimlari joyda 
mo’ljal olish va eng sodda haritalar tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz 
bo’ylab suza boshlashi geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib 
hisoblanadi. Ayniqsa Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab suzishlari va Gibraltar 
bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga 
kelishiga olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin. 
Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. Eramizdan 
avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi qadimgi 
Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi va rivojlandi. 
Mazkur davrdagi mashhur olimlardan Gomerni tomonidan miloddan oldingi
XII-asrda dunyo haritasi tuzilgan va bu haritada asosan O’rta dengiz atrofi 
tasvirlangan. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish