2
Ushbu darslikda unda bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik
tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya
o’qitish metodikasining
maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya
o’qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.
Darslik 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari
va geografiya fani o’qituvchilariga mo’ljallangan
Taqrizchilar: Baratov P. -
Nizomiy nomidagi TDPU, g.f.n.,professor
Sh.M.Sharipov -
O’zMU, “Geografiya va tabiiy resurslar”
fakulteti dekani, g.f.n., dots.
Geografiya o’qitish metodikasi:
5110500 Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim
yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. -
Toshkent, 2020
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
2020 yil _____ ___________dagi №____ buyrug’i bilan nashrga
tavsiya etilgan
3
КИРИШ
O’zbekistoning mustaqillikka erishishi munosabati bilan geografiya
ta’limida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Maktab geografiyasining mazmuni
va tuzilishida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayrim o’quv fanlari maktab
dasturidan
olib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar
yangidan yaratilib, o’quv tizimiga joriy qilindi.
O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», va «Ta’lim to’g’risidagi
qonun»i qabul qilinishi munosabati bilan o’quv qo’llanmalar va darsliklarga
bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarda bo’lganidek maktab geografiyasi
fanida ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya
predmetlarining dasturi
va tuzilishi O’zbekiston maktab ta’limi tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlarni
hisobga olgan holda qaytadan ko’rib chiqildi.
Shu munosabat bilan geografiya o’qitish metodikasida ham muhim
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya o’qitish metodikasida yangi pedagogik va
axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’qitish
metodikasida ham
qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Shu
munosabat
bilan
mazkur
darslik
tayyorlandi.
Georafiya
o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish va mazkur
tayyorgarlik darajasini orttirish maqsadida quyidagilar yillik vazifalar etib
belgilandi:
1. Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o’rta ta’lim turida:
“2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish
Davlat umummilliy
dasturi” asosida georafiyadan yangi modernizatsiyalashtirilgan DTS va yangi
tahrirdagi o’quv dasturini amaliyotga qo’llash;
georafiyadan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini
nazorat qilish va baholash tizimining metodik ta’minotini ishlab chiqish;
georafiya darsliklarining yangi avlodi va o’quvchilarning mustaqil ish
daftarini yaratish.
2. Uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi turi bo’yicha:
4
kasb-hunar kollejlari va tabiiy yo’nalishdagi
akademik litseylar uchun
yangi tahrirdagi dastur talablari va DTS me’yorlariga mos keladigan darsliklar va
metodik qo’llanmalar tayyorlash;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishda
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali kasbiy yo’naltirilganlikni
amalga oshirish;
georafiyani o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un
ravishda foydalanishning metodik ta’minotini yaratishni talab etmoqda.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish maqsadida pedagogika oliy o’quv
yurtlarida o’qitiladigan “Georafiya o’qitish metodikasi” kursi bo’yicha darslikni
yaratish va unda umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishning
dolzarb muammolarini hal
etishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik
tavsiyalar jamlandi.
Darslikning mukammal bo’lishi yuzasidan fikr-mulohazalarni Nizomiy
nomidagi TDPU, Georafiya va uni o’qitish metodikasi
kafedrasiga yuborish
so’raladi va fikr bildirgan ustozlar va hamkasblarga avvaldan minnatdorchilik
bildiriladi.