Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari.
Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin murakkablashtirishga yordam beradi.
Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi;
mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir
etishini;
tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi;
ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va
orqada yotish;
mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |