3) O‘ZGARUVChAN INTERVALLI TAKRORIY MAShQ METODI.
Bu metodni takrorlanishi mashq metodining bir turi sifatida qarash mumkin, lekin bu yerda yuklanishning tashqi tomoni kattaligi o‘zgarmas bo‘lib qat’iy takrorlanuvchi deb olinadi. Organizmning javob ta’siriga kelsak, u dam olish intervallarining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi.
Masalan: o‘rta masofaga yugurishda maxsus chidamlikni tarbiyalashda bu metod quyidagicha konkretlashtiriladi.
Submaksimal quvvatga ega bo‘lgan ishni takroriy bajarish asos qilib olinadi (sub maksimal quvvati-mashq bajaruvchining maksimal tezligini 85-90%-ga teng tezlik bilan 400 mdan 4 marta yugurish). Takrorlanish orasidagi interval har bir ayrim mashg‘ulot davomida 7-8 marta 2-3 daqiqagacha qisqartiriladi.
Bioximik tahlil natijasiga ko‘ra jismoniy yuklanish bilan dam olishning bu tartibi g‘likolitik almashish jarayonining beto‘xtov aktivlashib borishini ta’minlaydi. (N.I.Volkov).
Do'stlaringiz bilan baham: |