Nizomiy nomidagi tdpu termiz filiali


-mavzu. Hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar



Download 3,06 Mb.
bet85/145
Sana23.07.2021
Hajmi3,06 Mb.
#126365
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   145
Bog'liq
2 5265005451010902258

12-mavzu. Hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar.

Ma’lumki, tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri tashqi muhit bilan muntazam ravishda aloqada bo’lishi hisoblanadi. Bu jarayon organizmda analizatorlar yoki sensor tizimi faoliyati bilan ta’minlanib, bu tizim asab tizimining bir qismi va maxsus tanuvchi tuzilmalar hisoblangan retseptorlarni o’z ichiga oladi. Analizatorlarda retseptor orqali tashqi muhitdan qabul qilingan ta’sirot o’tkazuvchi nerv tolasi bo’ylab markaziy nerv tizimiga uzatiladi va qayta ishlanib, organizmning ta’sirga javob reaktsiyasi amalga oshadi.

Retseptorlar mexanik, termik, kimyoviy, akustik ta’sirotni qabul qilib, retseptsiya jarayonida nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar 2 ta guruhga: ekstroretseptorlar (tashqi) va interoretseptorlar (ichki) bo’lib o’rganiladi. Ekstreretseptorlarga tarkibiga eshitish, ko’rish, hid va ta’m bilish, sezuvchi retseptorlar kiradi. Interoretseptorlarga esa ichki organlar holati to’g’risidagi signal uzatilishini ta’minlovchi vitseroretseptorlar, vestibulyar, harakat-tayanch tizimi retseptorlari, ya’ni propioretseptorlar kiradi. Retseptorlar, tashqi muhit bilan aloqasiga ko’ra masofali, ya’ni ko’rish, eshitish kabi uzoqdan sezuvchi, hamda tegib turuvchi, ya’ni bevosita qo’zg’atuvchi ta’sirlar asosida faoliyat ko’rsatuvchi guruhlarga bo’linadi.

Qabul qilish mumkin bo’lgan adekvat ta’sirlovchilar tabiatiga ko’ra esa retseptor quyidagicha tavsiflanadi:

1. Mexanoretseptorlar ta’sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilishga moslashgan bo’lib, bularga teri, tayanch harakatlanish tizimi, eshitish va muvozanatni saqlash tizimi retseptorlari va yurak qon-tomir tizimi baroretseptorlari misol bo’ladi.

2. Xemoretseptorlar kimyoviy omillar ta’sirlari qo’zg’alish xususiyatiga ega va bunday retseptorlarga ta’m va hid sezuvchi sensor tizim qismlari misol bo’ladi. Shuningdek xemoretseptorlar qon-tomir tizimi turli qismlari va organlarning ba’zi turlarida ham uchrashi qayd etilgan.

3. Fotoretseptorlar nur energiyasini nerv impulsiga aylantirish xususiyatiga ega. Bu retseptorlarga ko’z to’r pardasida joylashgan yorug’lik nuri kuchini ajratish, rang ko’rish retseptorlari kiradi.

4. Termoretseptorlarning ko’p qismi organizmlarning terisida joylashgan, shuningdek ichki a’zolarda, markaziy haroratga sezgir retseptorlar kirib, ular harorat o’zgarishlariga juda sezgir reaktsiya ko’rsatish xususiyatiga ega.

6. Og’riq retseptorlari og’riq natijasida paydo bo’luvchi ta’sirotlarni qabul qiluvchi notsitseptiv retseptorlar hisoblanib, bu sezgi barcha retseptorlarga kuchli ta’sir natijasida ham hosil qilinadi.

Retseptor tuzilish xususiyatiga ko’ra birlamchi sezgir va ikkilamchi sezgir guruhlarga bo’linadi. Masalan, birlamchi sezgir retseptorlarga hid bilish, sezgi retseptorlari. Ushbu retseptorlarni ta’sirlovchi retseptorning o’zida joylashgan sezgir neyron o’simtalarida nerv signaliga aylantiriladi. Ikkilamchi sezgir retseptorlarga ko’rish, tam bilish, eshitish retseptorlari kirib, bularda ta’sirot energiyasi neyronga bevosita emas, balki yuqori sezuvchanlik xususiyatiga ega retseptor hujayrasi orqali uzatiladi.

Retseptorning qo’zg’alish mexanizmi quyidagicha kechadi, ya’ni ta’sirot paytida retseptor hujayraning oqsil-lipid molekulalaridan tarkib topgan membrana tuzilmalari konfiguratsiyasi o’zgaradi. Bu esa membranada ionlar singdiruvchanligi xususiyati o’zgarishiga olib kelib, ion toki hosil bo’lishi va retseptor potentsialiga sabab bo’ladi. Bu jarayonda asosan Na+ ionlari muhim ahamiyatga kasb etib, retseptor potentsiali vujudga keladi. Birlamchi sezgir retseptor hujayralari ba’zi sohalarida hosil bo’lgan retseptor potentsiali bevosita nerv impulsiga aylantiriladi.

Ikkilamchi sezgir retseptorlar esa ta’sirot natijasida hosil bo’lgan retseptor potentsiali retseptor hujayrasi presinaptik membranasidagi atsetilxolin kabi mediatorlar ajralishiga olib keladi. Mediator ta’sirida esa sezgir neyron postsinaptik membranasi qutbsizlanishiga (depolyarizatsiya) olib keladi. Ya’ni postsinaptik potentsial hosil bo’ladi va bu dastlabki sezgir neyronda nerv impulsi hosil qilishiga olib kelib, hosil kilish potentsiali ham deb ataladi. Retseptorlar evolyutsiya davomida ma’lum bir adekvat qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan sezgirlik namoyon qilishga moslashgan.




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish