Patriarxat davrida ibtidoiy jamoa odamlarining o‘yin ijodini tarkibiy elementlariga ajratish, ixtisoslashtirish jarayoni kuchayadi. Masalan, bo‘g‘uchiliq bilan shug‘ulanadigan qabilalarda bugu bilan olishuv o‘yini asosan bolalar o‘rtasida saqlanib qolgan. Qatnashganlar o‘rtasida esa bu o‘yinlardan faqat ayrim mashqqlargina foydalanilgan: bu mashqlar sportning mustaqil elementlari sifatida tarkib topdi (bu usullarda tezlikda kim o‘zarcha poyga qilish, katta yuklarni tashishda poyga qilish, yugurib kelayotgan bo‘g‘uning shohiga arqon tashlab, bir joyda turgan buyumga va havoda aylanib turgan buyumga arqon tashlash, keng chang‘ilarda kim o‘zarcha poyga qilish va hakozalar). Kurash singari musobaqa turi ham shaklan o‘zgardi. Agar ilgari hayvon terisiga o‘ralib raqs harakatlari va sakrashlari bilan kurashga tushilgan bo‘lsa, endu raqs mustaqil mashq sifatida ajralib chiqdi, kurash esa sport harakteriga ega bo‘ldi. Hayvon terisiga o‘ralib sakrash musobaqaning mustaqil turi sifatida bajarila boshlandi. O‘yinlar va jismoniy mashqlarning Bunday evollyuatsiyasi Kamchatkadagi bir qancha qabilalar va boshqa xalqlarda ko‘zatilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |