Baholash usuli: O`quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsadi :
a) o`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini qiziqarli savol-javob, test savollari orqali mustahkamlash;
b) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsadi:
a) ona tili fanini borliqdagi voqea, hodisa, narsalar bilan bog`lay olishga va shu narsalardan javob topishga o`rgatish;
b) o`tilgan, yangi mavzularni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi : Topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
Kasbga yo`naltirish: O`quvchilarni yoshlikdan kasb tanlashga undash. Bu hayot qpnuni ekanini ongiga singdirish.
Kuzatilayotgan natija:
O`quvchilar dars yakunida mustaqil ravishda ongli ravishda shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarni topa bilish va aytishni, savollarga javob berish orqali bilimga ega bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |