Mavzuni mustahkamlashga oid amaliy topshiriqlar:
1. Har bir o’zgaruvchining eksperiment jarayoniga ta`sirini “FSMU” usuli asosida tahlil qilib bering.
“FSMU” usli
F – fikr
|
|
S – sabab
|
|
M – misol
|
|
U – umumlashtirish
|
|
2. O’zgaruvchilarni to’g`ri tanlay olish eksperiment natijasining ijobiy bo’lishini belgilaydi. Fikringizni izohlang.
Metod
|
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Retestli
|
|
|
Paralel uslub
|
|
|
Ikkiga bo’lish
|
|
|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Mustail o’zgaruvchilar deb qanday o’zgaruvchilarga aytiladi.
2.Tob`e o’zgaruvchilar va mustaqi lo’ zgaruvchilarning asosiy farqi nimada?
3.Qo`shimcha o’zgaruvchilar deb qanday o’zgaruvchilarga nisbatan aytiladi?
4.Tashqi o’zgaruvchilar qanday aniqlanadi?
5. Randomizatsiya deb nimaga aytiladi?
Mavzu bo’yicha test topshiriqlari
1.Eksperiment o’tkazishdagi mustail ko’rsatkichning ta`sirini aks ettiradigan faoliyatning ba`zi jiatlaridan biri – bu... ?
A. Ko’ rsatkichlar
*B. Tobe ko’rsatkich
V. Sifat ko’rsatkich
G. Midoriy ko’rsatkich
2. Ahamiyati 0’zgarib turish ehtimoli bor istalgan ko’rsatkich bu... ?
A. Validlik
*B. O’zgaruvchanlik
V. Ideal eksperiment
G. Real eksperiment
D. V va G
3._ psixik jarayon bo’lib, tashqi kuzatuvlardan xoli tarzda amalga oshadi. Signal berilgandan to javob berilgunga qadar o’tgan vaqt latent (yashirin) vaqti deyiladi.
A. Randomizatsiya
B. Latentlik
V. Eminatsiya
G. Kontrabalansirovka
4. ___________bu - muolaja ya`ni har bir mashxurlik a`zolari uchun tajriba ishtirokchisi bo’lishning tekis va ravon imkonini beruvchi muolaja
A. Eminatsiya
B.Randomizatsiya
V. Latentlik
G. Kontrabalansirovka
5. To`be o’zgaruvchilar qatorini ko’rsating
A.Bir vaqtli; ko’p o’lchamli; Fundamental
B. Fundamental; Randomizatsiya; Latentlik
V. Ko’p ulchamli;Latentlik; Eminatsiya
G. Bir vaqtli; EminatsiyaRandomizatsiya
Mavzu: Eksperimental tadqiqot modelini ishlab chiqish
Maqsad: Psixologik-pedagogik tadqiqotni loyihalashtirish
Jihoz: Psixologik-pedagogik tadqiqotni loyihasi
Talabalar quyidagi talablar asosida mustaqil tarzda tadqiqot mavzusi tanlaydilar va uni loyihalashtiradilar:
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo’yiladigan talablar:
Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni o’z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta’sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e’tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqot o’tkaziladigan joy tashqi ta’sirlardan holi bo’lishi (xech bo’lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiyena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.
Tadqiqotning texnikaviy ta’minoti hal etilishi, lozim bo’lgan vazifalarning talablariga mos bo’lishi kerak.
Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo’lishiga e’tibor berish lozim.
Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga qadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta’sir etib turadi.
Tekshiriluvchi uchun ko’rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qisqa, lo’nda va tushunarli bo’lishi kerak.
Tadqiqot bayonnomasi to’liq va maqsadga muvofiq holda to’ldirilib borilishi zarur.
Olingan ma’lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim
Mukammal psixologik tajribani tashkil etish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak.
Tadqiqot muammosi, maqsadi va farazni tekshirish uchun aniq vazifalarni shakllantirib olish.
Tadiqiqot natijalarining muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini aniqlashning mezon va belgilarini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’yekti va predmetini belgilash.
Validlik va ishonchlilikka ega bo’lgan psixodiagnostik metodlarni tanlash yoki ishlab chiqish.
Tajriba muvaffaqiyatli o’tganligini isbotlovchi qarama-qarshi bo’lmagan va asosli mantiqiy fikrlardan foydalanish.
O’tkazilgan tajriba natijalarni eng qulay va mos keluvchi shaklda ifodalash.
Tajriba natijalarini ilmiy va amaliy sohalari, amaliy xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |