Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya



Download 30,29 Mb.
bet115/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Empirik umumlashma - bu ob`yekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir.
Nazariy umumlashma - bu ob`yektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga o’xshashlik belgilariga qarab, ya`ni mazkur hodisaning o’ziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir.
Chunonchi, barcha o’quvchilarni kuzatish asosida ikki intizomli va intizomsiz o’quvchilar guruhiga ajratish mumkin. Bunday ajratish empirik umumlashtirish bo’ladi, chunki bu o’rinda o’quvchilarning faqat tashqi harakteristikasi hisobga olinmoqda. Agar bir o’quvchilarni ularning temperamenti xususiyatlariga qarab, funktsional holatining o’ziga xosligi va shu singarilarga qarab birlashtiradigan bo’lsak, bu xildagi guruhlarga ajratilgan ishimiz nazariy umumlashmaning natijasi bo’ladi, chunki bu o’rinda biz bir xil o’quvchilarning intizomsizliklari, boshqalarning esa intizomli ekanliklari sababini izoxlab beramiz.
Eksperiment metodikasiga tadqiqot o’tkaziluvchilar uchun topshiriq (ish uchun instruktsiya, material va xokazolar) tajriba o’tkazish shart-sharoitlarining bayoni (eksperiment guruh yoki individual tarzda o’tkazilishi, qancha vaqt davom etishi), sinalayotgan kishilarning tarkibi va miqdori, tajriba o’tkazilayotganda almashinib turgan kishilarning bir-biriga bog’liqligi va bog`liq emaslik darajasini aniqlash singari tadbirlar kiradi.
Tajriba tariqasida o’quv-tadqiqot ishlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
1.Kuzatishlar o’tkazish (masalan maktab o’quvchisini kuzatish, norasmiy holda gi maktab o’quvchilaridan tashkil topgan mikroguruhni va sinf jamoasini kuzatish, o’qituvchini kuzatish va xokazo).
2. Muayyan eksperimental metodikani egallab olish. Ushbu metodika albatta, vakillikka ega bo’lishi lozim. Ya`ni tanlangan metodika maqsad asosida belgilangan vazifalarni hamda farazni tekshirish imkoniga ega bo’lsa, u holda tanlangan metodika validlikka ega deyiladi. Validlik - ishonchimizning darajasi, u yoki bu tanlangan test, o’lchov yo eksperiment haqiqatan belgilangan vazifani yechishga qodirligi yoki aksi haqidagi ishonchimiz darajasi.
A) ichki validlik - haqiqatan ham kuzatilayotgan effekt eksperimental yondashuvning natijasi;
B) tashqi validlik - eksperimentimiz ijobiy natijaga ega bo’lgan holda ham, keng ommaga qo’llab bo’lmasligi.
3. Mazkur o’quv guruhida (yoki mazkur sinfda) muayyan psixik holatlar Yuzasidan o’quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda o’rtacha ko’rsatkichlarni o’rganish.
4. Turli o’ziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlash.
Dastlab to’g`ri psixologik kuzatish olib borish malakasini hosil qilish zarur. Uni bajarayotganda kuzatish rejasini tuzib chiqish, ob`yektlarni tanlash, maqsadni belgilab olish, alohida e`tibor berilishi zarur bo’lgan belgilarni aniqlab qo’yish lozim; kuzatishni vaqt bo’yicha taqsimlab chiqish lozim va xokazo. YAngi faktlarning olg`a surilishi, eksperiment tarzida tekshirib chiqish talab qilinadigan yangi-yangi masalalarni o’rtaga qo’yish ushbu ish turining ilmiy maqsadi bo’lishi mumkin. Ayrim o’quvchilarni, o’quvchilar guruhi yoki o’qituvchilarni ta`riflab beradigan ma`lumotlar to’plash bu ishning amaliy maqsadi bo’lishi mumkin.
Ishning ikkinchi turi muayyan metodikani egallab olish bilan bog’liq bo’lib, turli sharoitlarda sinov o’tkaziladigan turli kishilarga nisbatan ko’p marta tadbiq etishni talab qiladi. Bunday ishning ilmiy maqsadi u yoki bu metodikani qo’llanish chegaralarini qidirib topish va uning variantlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishning uchinchi turi guruh uchun o’rtacha ahamiyatga ega bo’lgan (yoki ancha harakterli) jihatlarni statistik aniqlashning elementar metodlarini egallab o lishni nazarda tutadi.
Ishning to’rtinchi turi muammoning o’rganilayotgan o’ziga xos ayrim tomonlari o’rtasidagi statistik aloqalarni aniqlash metodlarini egallab olishga yordam beradi. Bu o’rinda turli yoshdagi va har xil ixtisosdagi sinalayotgan kishilarning psixik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida, psixik hodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida yangi axborotlar olish, ma`lumotlarni qayta tekshirish va shu singari ishlar ilmiy maqsad bo’lib xizmat qilishi; ishning amaliy maqsadi - turli kursdagi studentlar va har xil sinfdagi maktab o’quvchilari to’g`risida fakultet yoki maktab uchun zarur bo’lgan ma`lumotlar olishdan iborat bo’lishi mumkin.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish