Mexnat faoliyati jarayonida bolalarni aqliy tarbiyalash. - Bolalarning mehnat faolyatida ularning aqliy tarbiyasi uchun katta imkonyatlar bor. Maktabgacha yoshdagi bolaga beriladigan har bir mehnat topshirig’i, qanchalik oddiy bo’lmasin, dastlabki paytlarda ma’lum darajada aqliy vazifadan iborat bo’ladi. U nima qilishni, nima uchun qilishni, buni qanday bajarish kerakligini tushinishni anglashi; topshiriqni bajarish shartlarini tahlil qilib chiqishi, ishlashi lozim bo’lgan material va asboblarni diqqat bilan ko’zdan kechirishi, ularning xossalarini, bo’lg’usi ishga muvofiqligini idrok etishi va baholashi kerak. Ayrim holarda u tafsiya qilinayotgan harakat rejasi va usullarini qabul qilishi, boshqa holatda esa bu usulni o’zi belgilashi, o’z ishining pirovard natijasini aniq, obrazli shaklda tasavvur qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |