Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet45/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Sheʼriyat - sheʼriy asarlar majmui. Dastlab sheʼriyat deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. Sheʼriyat badiiyatga daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat sheʼr shaklida yozilgan bitiklargina soʻz sanʼatiga tegishli hisoblab kelingan. Garchi qadim zamonlarda ham nasrga oid asarlar yaratilgan boʻlsada, ular nafis sanʼatga, badiiy adabiyotga tegishli emas, deb qaralgan. Sheʼrning muayyan ichki tartib asosiga qurilganligi, oddiy soʻzlashuvga oʻxshamasligi, hamma ham fikru tuygʻularini bu shakdda ifodalay olmasligi unga qandaydir sirlilik, mumtozlik maqomini beradi. Bunday qarash butun dunyoda hukmron boʻlgan. Yevropada Uygʻonish davriga kelibgina nasriy asarlar badiiy adabiyotga tegishli ekanligi tan olingan. Rossiyada XIX asr boshlarida nasriy asarlar ham badiiy adabiyot namunalari sanaladigan boʻldi. Musulmon Sharqida esa, nasrni soʻz sanʼatiga tegishli, deb hisoblamaslik XIX asr oxirlariga qadar davom etib keldi. Alisher Navoiy "Hayrat- ul abror" asarida chamanzordagi gul kabi goʻzal va tartibli sheʼr (nazm)ning tuproqqa qorishib yotgan chechak singari boʻlgan nasrdan mislsiz darajada ustun ekanligini "Nazm anga gulshanda ochilmogʻligʻi, Nasr qaro yergʻa sochilmogʻligʻi" va "Boʻlmasa eʼjoz (moʻjiza) maqomida nazm, Boʻlmas edi Tengri kalomida nazm" tarzida ifoda etadi. Shuning uchun ham oʻzbek adabiyoti tarixida sheʼriyat ustuvor oʻrin tutadi. She’rning axborot berish vositasigina boʻlgan soʻzlashuvdan yoki fikrni tushuntirish yoʻli boʻlmish ilmiy bayondan oʻzining alohida qurilishi, nutqning odatdagi talablariga boʻysunmasligi bilan ajralib turishi, kishida hissiyot uygʻotadigan ohangga egaligi ajdodlarimizda unga nisbatan ehtiromli munosabat uygʻotgan. She’rga xos musiqiylik, tartiblilik, shartlilik uni oʻz-oʻzidan ijodga, badiiyatga daxldor qilib qoʻrsatgan. Sheʼriyat tufayli inson nutqi jarangdor musiqiylik, tugallik, butunlik va uygʻunlik kasb etadi.
Nasriy asarlar oʻquvchi tomonidan yolgʻiz idrok etilgani, asosan, ichda oʻqilgani uchun ham muallif hamda qahramonlar ovozini har bir kishi alohida "ichki quloq" bilan eshitgan. Sheʼriyat uchun voqea va tafsilotlar tasviri emas, balki inson ruhiyati ifodasi muhimdir. Bu borada oʻzbek Sh.i ayricha yuksak maqomda turadi. Shu bois milliy sheʼriyat uchun voqeabandliqdan koʻra inson tuygʻulari jilvasi, chigal kechinmalarini hissiyotga taʼsir etadigan, uni titroqqa soladigan yoʻsinda ifoda etish muhimdir. Qatʼiy poetik qoliplarga amal etilgan holda sheʼriy kashfiyotlar qilish zaruriyati oʻzbek Sh.ining mukammallashuviga olib keldi. Shoir sheʼriy olamining tamomila oʻzgachaligi, muayyan sheʼrda ifodalangan poetik mazmunni boshqa asarlarda, boʻlakcha yoʻsinda berish deyarli mumkin emasligi shahrida universallikning koʻzga koʻrinmaydigan, ilgʻab boʻlmaydigan darajada kam ekanligiga sababdir.
Har bir sheʼr oʻzigagina mansub qoida bilan tugʻiladi va shunga koʻra yashaydi. Choʻlpon qalamiga mansub quyidagi misralarda shahriga xos ayni shu xususiyatlarni koʻrish mumkin:
Bir tugam sochlaring mening qoʻlimda,
Gʻijimlab oʻpaymi yo tarab ochay?
Sir deb saqlaganing mening qoʻynimda,
Sir deb saqlayinmi yo yelga sochay?
Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tugasan?
Oʻzingku ularda vafo yoʻq deding ,
Nimaga ularni tagʻin kutasan?


Bu misralar nasriy matnga aylantirilsa, undagi sirlilik, taʼsirchanlik, mukammallik butunlay yoʻqqa chiqib, oddiy soʻzlarning unchalik ham mantiqli boʻlmagan yigʻindisiga aylanib qoladi. Sheʼriyatning sehri uning mohiyatini anglash mushkulligida, mazmunning tutqich bermasligidadir. Shoirning oʻzigagina xos jonli ohang, faqat oʻzigagina tegishli betakror ruhiy holatning ifodalanishi shahrini yuksak darajaga koʻtaruvchi omildir. Soʻz sanʼatining alohida shakli sifatida nasrning paydo boʻlishi oʻzbek sheʼriyatining mohiyatini oʻzgartirib, taraqqiyotini susaytirib qoʻymagan boʻlsada, uning tabiatiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Yangi oʻzbek sheʼriyati yanada nafislashdi, yanada turfalashdi. Sheʼriyat jamiyat va tabiatda roʻy bergan hayotiy hodisani badiiy hodisaga aylantirish vositasi hamda shaxsiy kechinmalarni, shoirning betakror va haqiqiy hislarini ifoda qilishning yoʻli sifatida shiddat bilan rivojlanmoqda. Shubhasiz, yangi oʻzbek sheʼriyati koʻproq lirik mohiyat kasb etayotir.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish