Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet41/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

ADABIYOTLAR:

1. Q.Oripov, M.Obidova. Ifodali o‘qish. –T.: O‘zbekiston, 1996


2. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –T., 2006
3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1993
4. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. –T. 2007
5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1992
6. Begmatov E., MAmatov A. Adabiy noma nazariyasi. 1-qism. –T.: Navro‘z, 1997
7. Karnegi D. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati. –T.: Yangi asr avlodi, 2010
8. Masharipova Z. Ifodali o‘qish praktikumi. –T.: 2011


4-MODUL.


Nasriy asarlarni sharhlab o‘rganish. Lirik janrlarda ohang va musiqiylik. Dramatik asarlarda muallif va qahramon nutqi. Dramada ritm va ohang
REJA:
Nasriy asarlar xususida. Sharhlab o‘rganish usullatri. Nasriy asarlar mazmun-mohiyatini ochishda ifodali o‘qishning ahamiyati. “Mahbub-ul-qulub” asarini sharhlab o‘rganish.
Lirik janrlar asosida marom va musiqiylik turishi, voiz nutqida ham marom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratilishi. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. She’r vaznlariga xos marom nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.
Dramatik asarlarda personajlar nutqi. Dramatik asarlarda muallif nuqtai nazarining namoyon bo‘lish shakllari. Dramatik asarlarda qahramon nutqining o‘ziga xos xususiyatlari.
Dramatik asarda ritm va ohangning yetakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlaro dialogda monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtayi nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.

Nasriy asarlarni ifodali o‘qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar yozuvchi dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali o‘qish muhim ahamiyatga ega.


Buning uchun o‘qituvchi matn tanlashda juda ehtiyot bo‘lmog‘i lozim. Matn yuqori saviyaga, yuksak badiiy qimatga ega bo‘lgan, shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiyaga oid bo‘lmog‘i kerak.
Olingan parcha hajm jihatidan juda katta bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, matnda dialoglar kam bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Shundagina og‘zaki nutqni o‘stirish badiiy asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunish, obrazlar tizimini o‘rganish, umu-man, yezuvchining hayetga bo‘lgan munosabatini anglash kabi vositalar ifodali o‘qish darslari oldiga quyiladigan qator talablarga javob berishi mumkin.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishni hammaga yaqin va oson bo‘lgan xalq og‘zaki ijodiga mansub ertaklar og‘zaki ijodining eng qadimgi turlaridan biri hisoblanadi. Unda fantaziya va mubolag‘a kuchli bo‘lib, xalq hayoti, urf-odatlari, intilish va kurashlari, orzu-armonlari aks ettiriladi. Shunisi xarakterliki, deyarli barcha ertaklar asosida ezgulik bilan yozuvlik o‘rtasidagi keskin kurash turadi va albatta, ezgulik tantanasi bilan yakunlanadi.
Ertaklarni ifodali o‘qishdan oldin, o‘zbek xalq ertaklarida turli tuman shaklda ishlatiladigan an’anaviy muqaddima namunalaridan misollar keltirilib, ularning bir-biridan farqi tushuntiriladi. Masalan, „Tulki bilan tovus” ertagining ertagi, echkilarning burtagi qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi, ola qarg‘a azonchi, qora qar’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, turg‘ay to‘qimchi ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor... O‘zbek xalq ertaklaridan "Oypara„ning muqaddimasi undan farq qiladi: „Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, o‘tkan zamonlarning birida Husanboy ismli kambag‘al bir bechora yigit bo‘lgan ekan, uning yetarli joiy ham yo‘q ekan. U tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idai eski masjidning hujrasida yetib yurar ekan.” E’tibor berilsa, ikkala ertakning muqaddimasi ham boshqacha o‘qilishini sezish qiyin emas. Masalan, birinchi ertak muqaddimasi sajda yezilgani uchun ifodali o‘qiganda ritmga ham katta e’tibor beriladi.
Ikkinchi ertak muqaddimasi esa undan butunlay farq qiladi: „Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan...” Bu parcha xuddi muallif bayoni kabi vazmin o‘qiladi. Hikoya epik turning kichik janri bo‘lib kishi hayotidagi ma’lum bir voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo‘lgan va undan keyin ro‘y beradigan voqealarni batafsil bayon etmaydi. Shunisi xarakterliki hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizodi olinib, unda hayotning muhim, tipik ko‘rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.
O‘quvchi hikoyani ifodali o‘qishda bu janrning ana shu jihatlarini e’tiborga olishi matndagi nutqi, tabiat tasviri dialoglar hamda qahramonning ichki kechinmalarini puxta o‘rganishi lozim.Abdulla Qahhorning „O‘g‘ri” hikoyasining o‘qilishini ko‘rib chiqaylik.
Asarda Qobil bobo obrazi xonavayron bo‘lgan dehqonlarning yorqin timsoli bo‘lsa, amin, pristav va ellikboshilar hukmron sinfning tirik vakillari sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun o‘qish jarayonida Qobil boboning nihoyatda soddaligi amaldorlarning esa poraxo‘rligi, ikki yuzlamachiligi fuqaroni mensinmasligi ravshan sezilib turishi kerak. Shunda-gina tinglovchida Qobil boboga nisbatan achinish, mehr muhabbat, amaldorlarga cheksiz nafrat tuyg‘ulari uyg‘onadi. Qissalardan bir emas, bir necha personajlar qatnashadi va ular bosh qahramon atrofida guruhlashadi.
Qissalarni ifodali o‘qishga kirishishdan avval ularning janr xususiyatlariga e’tibor berish zarur. Masalan, avtobiografik qissalarda hayot osuda osoyishta tasvir etiladi. Sabit Muqonov, Sadriddin Ayniy, Oybek va Abdulla Qahhorlarning avtobiografik qissalari fikrimizning yorqin dalilidir. Bunday asarlar asar mazmunidan kelib chiqqan holda osoyishta, shoshilmay o‘qiladi.
Abdulla Qahhorning „Sinchalak”, Asqad Muhtorning „Qoraqalpoq qissasi”, Pirimqul Qodirovning „Erk”, „Qadrim”, mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning „Jamila”, „Sarvqomat dilbarim”, „Alvido ,Gulsari”, „Oq kema” singari sof badiiy qissalari o‘tkir dramatizm, keskin konflikt zaminiga qurilgan va bu mazkur asarlarni ifodali o‘qishda ham o‘z aksini topishi kerak.
Roman epik turga mansub bo‘lib, insonning jamiyat bilan aloqasini har tomonlama keng rejada tasvirlashi hayotning ko‘lamdor manzarasini chizishi bilan ajralib turadi. Romanning qissa va hikoyadan farqi shundaki unda turmushning yirik muammolari qalamga olinadi. Ko‘plab personajlar ishtirok etadi. Roman janridagi asarlarni ifodali o‘qishning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham shunda. Negaki, o‘sha personajlarning har birining tabiatini, madaniy saviyasini, yurish-turishi o‘zaro munosabatini, dangasa yoki chaqqonligini, qo‘yingki, jamiyat hayotidagi ishtirokini tushunib yetmasdan turib ifodali o‘qib bo‘lmaydi. Ma’lumki, roman, o‘z navbatida tanlangan mavzusi va tasviriy ifoda uslubiga ko‘ra, yana bir necha turga bo‘linadi. Masalan, „O‘tgan kunlar”, „Qutlug‘ qon” tarixiy roman „Quyosh qoraymas” harbiy roman „Bo‘rondan kuchli” zamonaviy roman „Davr mening taqdirimda” ijtimoiy falsafiy roman „Anna Karenina” oilaviy-maishiy roman „Sarob” - ijtimoiy ruhiy roman va boshqalar. Ularning barchasi bir xil o‘qilsa, ko‘zlangan maqsadga hech qachon erishib bo‘lmaydi. Bunday o‘qish kishini charchatadi, asarga nisbatan qiziqish yo‘qoladi.
Tinglovchi ham, o‘quvchi ham undan estetik zavq ololmaydi. Romanning ichki turlari aniqlab olingandang so‘ng, unda qatnashayotgan obrazlarning nutqi, xatti- harakati, so‘zlash uslubini ham ko‘z oldiga keltira bilish zarur. So‘ngra romandan olingan parchani bir necha marotaba o‘qib chiqib, tinish belgilari, urg‘u, pauza va boshqa zaruriy narsalar aniqlab chiqilsa maqsad yanada ravshalanadi. Bu vazifalarni bajarib bo‘lingandan keyin ifodali o‘qishga kirishsa bo‘ladi.
Masalan: „Yo‘lchi turmada yasharkan” (pauza), unga tug‘ishgan (qisqa pauza) og‘a-ini singari mehribon bo‘lgan Petrov bilan birinchi uchrashuvdan boshlab (pauza), to so‘nggi damgacha o‘tgan hayotini hozir o‘z fikridan bir-bir kechirdi (pauza).
Petrovning (qisqa pauza) u uchun yangi (pauza) yorqin (qisqa pauza), ulug‘ bir dunyo ochgan (pauza), unga alangali umidlar bag‘ishlangan (pauza), uning kuchlariga chin qahramonlik maydonini ko‘rsatgan (pauza), olmosday o‘tkir (qisqa pauza), qunyoshday porloq (pauza), ammo shu bilan barobar sodda (pauza), har bir mehnatkashning (qisqa pauza), har bir ezilganning yuragiga yopishadigan fikrlariga sho‘ngib ketdi (pauza). Qanday ishlash kerak (pauza), nima qilish kerak (pauza), nimadan boshlash kerak (pauza), bu xususda (qisqa pauza), Petrov uqtirgan kengashlarini chuqur mulohaza qildi (pauza). Faqat (pauza), qalbini to‘ldirgan ulug‘ fikrlarni kimga ochadi (pauza) va qanday ochadi (pauza) Buning uchun so‘zamol bo‘lish kerak-ku (pauza). Ilgari juda qulay bo‘lib ko‘ringan narsa (pauza) endi atroflicha o‘ylaganda (pauza), hazilakam emasligi ravshanlashdi (pauza): „Bunday qilaman” (pauza) - labini qimirlatib o‘z-o‘ziga shivirladi Yo‘lchi (pauza), - avval shunday odamlarni tortamanki (pauza), o‘zimga qanday ishonsam (pauza), ularning diliga shunday ishongan bulay (pauza)... Ular shunday odamlar bo‘lsinki (pauza)... Petrovning yo‘liga kirgandan keyin (qisqa pauza) o‘tta ham (pauza) suvga ham o‘zini urishga tayyor ko‘rsatsin (pauza), joni dili bilan ishga berilsin (pauza). Eng yaqinlarimdan (pauza) sinaganlarimdan boshlayman (pauza). Bu ishda shoshqaloqlik (pauza), yengillik yaramaydi (pauza). Jamiki boylarga o‘t bilan suvday (pauza). Uning ukasi Jumabay (pauza). Ishchi yigit (pauza) tramvay yo‘lini tozalashdan boshi chiqmaydi (pauza).
Prozaik asarlarni ifodali o‘qishda tinish belgilariga alohida e’tibor berish kerak. Pauza talab qilinadigan o‘rinlar hisobga olinishi va unga amal qilinishi zarur. Chunki, ko‘p hollarda talabalar tinish belgilariga e’tibor bermay o‘qiydilar.

Ertaklarni o‘qish. Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlar bo‘ladi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alabaErtak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.


Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo‘y bola» (1-sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan shaylanib, ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zlarining ma’nosi so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish