Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet44/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Asosiy adabiyotlar
1. Oripov Q., Obidova M. Ifodali o‘qish. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
2. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2006.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Hojiahmedov A. O‘zbek aruzi lug‘ati. – Toshkent: Sharq, 1998.
2. Fitrat. Aruz haqida. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
3. Vohidov E. She’r dunyosi. – Toshkent: Sharq, 2001.
4. Oripov A. Tanlangan asarlar. 4 tomlik. – Toshkent: G‘.G‘ulom nashriyoti, 2001.
5. A’zamov A. Aruz. – Toshkent, 2006.
6. Umirov H. Adabiyot qoidalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
7. Boboev T, Boboeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent, 1999.


LIRIK JANRLARDA OHANG VA MUSIQIYLIK
REJA:
Lirik janrlar asosida marom va musiqiylik turishi, voiz nutqida ham marom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratilishi. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi.
Tanch iboralar: She’r vaznlariga xos marom nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.
Lirika (lira) - badiiy adabiyotdagi 3 asosiy adabiy tur (epos, drama, lirika)ning biri. Lirikada mavjud obyektiv voqelikdan koʻra ijodkor shaxsining his-tuygʻulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning "men"i orqali oʻtadi. Lirikada, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik sujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, lirikada subyektivlik kuchli. Ayni paytda lirika emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subyekt va obyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy "personaj" ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi.
Lirika ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. lirika qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan.
Lirika Gʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari jodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz lirikasi xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra XYIII-XIX asr larda Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A.S.Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar lirika sohasida samarali ijod qildilar.
XX asrda lirika shakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A.Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. XX asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida lirika muhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir,Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. Lirika jahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. Lirikadagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. XX asr dunyo adabiyotida va qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern lirikada shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki-sirli musiqadorlik mavjud.
Lirikadagi xarakter ham, konflikt ham subyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, lirikada konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodada yaqqol aks etadi. Lirikada badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi.
Poetik "men" va biografik "men" lirikaning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub "Aldanish" sarlavhali sheʼrini turlicha talkin etishlari buning isbotidir. Lirik asar aksar holatlarda har qanday insonga tushunarli, uning dardiga, zavqiga mos boʻladi. Ammo jahon adabiyotida "sanʼat sanʼat uchun" qoidasiga muvofiq ravishda "sof sanʼat", "sof lirika" tushunchalari ham vujudga kelgan.
"Sof lirika" xususiyati shuki, bunda "men" sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini koʻzlamaydi; individual ruhiy holat misralarga koʻchadi. Adabiyotshunoslar lirikani mavzusiga qarab shartli ravishda ishq-muhabbat, falsafiy, peyzaj, publitsistik va boshqa lirikalarga ajratadilar.
Shuningdek, lirika gʻazal, ruboiy, tuyuq, muhammas, qasida, marsiya, sonet singari koʻplab adabiy janrlarga boʻlinib ketadi. Ayni choqda, lirikani davr eʼtibori bilan mumtoz lirika va zamonaviy lirika tarzida tasniflash ham mumkin.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish