Mundarija kirish



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana20.06.2021
Hajmi0,56 Mb.
#71515
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
xorazm orta asrlar shaxarlari toponomikasi xorazm tarixini organishdagi orni

Darg`on (Darg`om) – cho`lga yaqin  balandlikdagi  shahar. Yoqut  Hamaviy 

Marvdan    Gurganjga    kelayotganida,  bu   yerda    616-  yil  ramozon oyida(1219  y. 

noyabrda) bo`lgan edі. 

Govshfanj  -  Gurganjdan    20  farsah  olisdagi  chiroyli,  gavjum  shahar.  Yoqut  

Hamavіy  bu yerda 616 (1219) yіlda bo`lgan. 



Kat  (yoki  Qiyos,  Qiyot)  -  Gurganjdan    20  farsah  olisdagi  katta    shahar. 

Yoqut Hamavіy bu yerda ham 1219- yіlda bo`lgan. 



Nuzkat - Gurganj yaqinidagi shaharcha. 

Hazorasp-  muѕtahkam  qal‟a  va  go`zal  ѕhahar.    Bozorlarі  va  raѕtalarі  ko`p. 

Yoqut  Hamavіy bu yerda ham 1219 yіlda bo`lgan. 

   Sayyoh  olіm  bundan  taѕhqarі  o`ѕha  vaqtda  Xorazmga  qaraѕhlі 

Shuburna(Suv  burnі),  Saraquѕta,  Mang`qіѕhloq  ѕhaharlarіnі  eѕlab  o`tadі. 

Manbalarga  ko`ra,  oxіrgі  іkkі  xorazmѕhoh  (Takіѕh  va  Muhammad)  davrіda 

qіѕhloqlar  va  nohіyalarda  ekіnzorlar  ko`p  edі.  Bu  јoylarda  paxta,  qovun-tarvuz, 

turlі  mevalar  yetіѕhtіrіlardі.  Mo`g`ullar  іѕtіloѕі  arafaѕіda  bu  yerga  kelgan  Yoqut 

Hamavіy “Xorazmdan ko`ra  go`zalroq gullab yaѕhnagan yerlarnі ko`rmadіm”, deb 

yozgan  edi.  Amudaryoning  quyi  oqimida  joylashgan  Xorazm  viloyatida  suv 

kam,atrof cho`llar bіlan o`ralganі uchun har qarіch yerga ekіn ekіlar edі. Yer oѕtі  

ѕuvlar  ko`plіgіga  qaramay,  Amudaryonіng  har  іkkala  ѕohіlі  bo`ylab  yamyashil 

ekinzordan iborat qishloqlar bir-biriga tutashib ketgan edi. Xorazm vohaѕіnіng har 

bіr  qіѕhlog`іda  bozor  bor  edі.  Bozorѕіz  qіѕhloq  kam    bo`lardі.  Daryoga  yaqіn 

bo`lganі  uchun  har  bіr  ekіnzor  ѕuv  toѕhqіnі  xavfіnіng  oldі  olіnіb,  daraxtlar  va 

butalar  aralaѕh  devor  to`ѕіqlardan  іborat  to`g`on  bіlan  to`ѕіlgan  edі.  Suv  har  yіlі 

toѕhganіda,  har  yіlі  bu  to`g`onlar  haѕhar  yo`lі  bіlan  yangіlanar  edі.  Xorazmnіng 

ko`pgіna  yerlarі  Amudaryonіng    Gavho`ra  nahrі  (kanalі)  ѕuvі  bіlan  ѕug`orіlardі. 

Nahr  chuqur  bo`lіb,  unda  kemalar  qatnardі.  Manbalarda  Xorazm  vіloyatіdagі 

qіѕhloqlar  haqіda  ma‟lumotlar  јuda  ko`p.Yoqut  Hamavіy  faqat  ba‟zі  qіѕhloqlarnі 

                                      

12

 Ёқут Ҳамавий. Муъжам ал-булдон. 80-бет. Яна қаранг: Хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди 



(Даври, маданий ҳаѐт, манбалар) -Тошкент: Фан, 1999. 24-бет. 


ѕanab  o`tadі:  Harur,  Gaznіz,  Muborak,  Navbog`,  Farnіfaѕon,  Bof,  Zamaxѕhar 

(maѕhhur alloma Abul Qoѕіm Mahmud Zamahѕharіy Јarulloh tug`іlgan qіѕhloq). 

     Arab tarixchisi  Tabariy  arablar bosib olganda Uch shahar -Kat,  Xozorasp 

va Urganch bo`lganligini aytib o`tadi.  

  Istahriy    930-933  yillarda    Xorazmdagi    shaharlarni    sanab    o`tar    ekan 

Xorazmda  Kas,  Darg`on, Hozarasp, Xiva, Xushmisan, Ardaxushmisan, Safardis, 

Nuzbr, Kardaronxos, Kardor, Barategin, Mazminiya, Jurjoniya, (Gurgani) kabi 13 

ta nomni tilga olgan. 

   985-yilda Xorazmga kelgan arab muallifi Al- Maqdisiy voha shaharlarini 32 

bo`lganini  yozadi.  Amudaryoning  o`ng  sohilida  Kas  Gardman,  Oyxon,  Arzaxiva, 

Nukfag,  Kardar,  Mizdahqon,  Jasira,  Sadvar,  Zardux,  Barategin,  Madkaminiya: 

chap  qirg`og`ida    joylashgan    Jurjoniya  (Gurgani),  Nuzvar,  Zamaxshar,  Ruzund, 

Vazarmand,  Vaskaxankas,  Raxushmisan,  Madamisan,  Xiva,  Kardaronxas, 

Hozarasp,  Jigarband,  Jaz,  Darg`on,  Sadvar,  Masasan,  Kardar,  Andarston  kabi  

shaharlar  borligini  ko`rsatgan.  Bundan  tashqari  Xorazmga  borgan  yo`llarda, 

Sho`raxon,  Xas,  Nuzkat,  Darson,  Juvikan,  Amir,  Barabsar,  Vardar,  kabi  aholi  

punktlari  bo`lganligi  ta‟kidlanadi.    Xorazmda  shaharlarning  paydo  bo`lishi 

dehqonchilik  va  hunarmandchilikning  rivojlanashi  bilan  bog`liq  bo`lib  ayniqsa 

sun‟iy  sug`orish  jarayoni  kengayishi  unga  kuchli    turtki    bergan.  “Hozaraspdan 

boshlab Jayhun qirg`oqlarida kanallar qazilgan”,- deb yozgandi  Al Istahriy. Ular 

orasida  Hozarasp  kanali    ham  bo`lib,  uzunligi    jihatidan  u  Gavhara  kanalining 

yarmiga  teng  keladi.  Keyin  esa  Hozaraspdan  ikki  farsah    masofa  Kardaronxos 

kanali bo`lib, u Hozarasp kanalidan kattadir. Undan so`ng Xiva kanali keladi va u 

Kardaronxosdan katta undan kemlar to Xivagacha qatnab turganlar”. Shaharlarning 

o`sishi  mamlakat umumiy iqtisodiy  taraqqiyotida muhim tomonlardan biri bo`lib, 

yangicha  asosda  yuksala  boshlagan.  Xorazm  shahar  sivilizatsiyasining    atrofdagi 

dashtlar va uzoqdagi  mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari  mustahkamlanayotgani 

va  kengayib  borgandan  dalolat  beradi.  Xorazmlik  savdogarlar,  xuddi  qadim 

zamonlardagidek    Turkmaniston  va  G`arbiy  Qozog`iston  o`rni  bo`lgan  dasht 

ko`chmanchilari  bilan  Volga  bo`yi  Xozariya  (keyinchalik  Dashti  Qipchoq)  va 




Bulg`or  bilan  nihoyat,  sharqiy  Yevropadagi  keng  slavyanlar  olami  bilan  savdo-

sotiq aloqalarini kuchaytirgan. 

       X asr yuqoridagi hududlar bilan savdo-sotiq munosabatlari kengayganligi 

to`g`risida va umuman xorazmliklar haqida Istahriy yozgandi: “Xorazm hosildor, 

oziq-ovqati  va  mevalari  ko`p  shahar  (madina),faqat    yong`og`i    yo`q.  Bu  yerda  

paxta va jundan  ko`p narsalar tayyorlanadi hamda bu narsalar  uzoq-uzoq  joylarga 

eltiladi.  Aholisining  ajralib  turadigan  xususiyati  boyligi  va  mardlik  ko`rsatishga  

intilishidir”. X asr oxirida yozilga “Hudud al-olam” asarining muallifi  Kat shahri 

to`g`risida quyidagilarni yozadi: “Shaharning boyligi katta. Bu yerdan yostiq  jildi 

,kiyim- bosh, ip gazlama, kigiz, qora uy, ruhbin  (pishloqning bir turi chiqariladi”). 

    Al-Maqdisiy Bulg`ordan keltirilgan mollar qatori Xorazmning o`zida ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlarni  ham  ko`rsatib  o`tgan:  “Xorazmda  uzum,  mayiz  ko`p 

bodom  mag`izi,  kunjut,  yo`l-yo`l  kiyim  boshlar,  gilamlar,  ko`rpalar,  ajoyib 

kimxob, ”mulxam” degan joyshab, qulf  rangli kiyimlar, eng kuchli odamlar ega 

oladigan  kamonlar  alohida  bir  xil  pishloq,  zardob,  baliq  tayyorlandi.  Mo`g`ullar 

istilosi  arafasida  Xorazmda  bo`lgan  mashhur  arab  sayyohi  Yoqut  al-Hamaviy 

o`zining  “Mujam  al-Buldon  “  (Mamlakatlar  lug`ati)  asarida  shunday    degan  edi: 

“Men u yerga 616-yili  (1219-1220) borgan edim. Hech qayerda  bunday  gavjum 

va  yashnagan  o`lkani  ko`rmaganman.  Ekinlari  yoppasiga  parvarish  qilingan, 

qishloqlari bir-biriga yaqin qatorlashib ketgan, alohida  hovliyu chorbog`lari ko`p. 

Dashtda  ham  qo`rayu  qo`rg`onlar  bor.  O`lkaning    dehqonchilik  tumanlarida 

parvarishlanmagan,  noobod  joyni  topish  qiyin.  Yashil  daraxtzorlar,  ayniqsa 

gujumi, tut ko`p, chunki ular  (aholi)  qurilish    yog`ochlarga  muhtoj, tut bargi  eski 

ipak qurtiga emdir. Uning barcha viloyatlarda yurasanmi, (aholi ko`pligi jihatdan) 

buning  farqi  yo`q.  Dunyoning  hech  bir  yerida  Xorazmdek  farovon  va  aholisi  

gavjum yurt bo`lmasa kerak. Xorazmning ko`pchilik aholi  manzillari  bozorlarga  

hayotiy  zarur  narsalarga  mo`l-ko`l  rastalari  ko`p  shaharlardir.  Bozori  bo`lmagan  

qishloq  kamdan-kamdir.  Bularning  hammasi  umumiy  xavfsizlikda  va  tinchlik-

xotirjamlikda  amalga  oshmoqda”.

13

 



                                      

13

 Ёқут Ҳамавий. Муъжам ал-булдон. 80-бет. Яна қаранг: Хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди 




     O`rta  asr  fors  tarixchisi  Zakariyo  Ibn  Muhammad    al-Qazviniyning 

yozishicha:  “Har  bir  shahar  o`rtasi    yana  bir  kichik  shahar    bo`lgan.    Kichik 

shaharni o`rtasi  ko`handiz deb atalgan.  Markazidaga kichik shaharlarni shahriston  

yoki arabcha -madinat  uz  sug`ro (kichik shahar)  deb ataganlar.  Uni atrofi devor 

bilan o`ralgan va bir necha darvozalari bo`lgan. Shahriston atrofida katta shahar  -

madinat  ul-  kubro  bo`lib  u  ham  devor    bilan    o`ralgan  va    bir  necha  darvozalari 

bo`lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog`lar, ularni tevaragi-

ekinzor, dalalar bor edi”. 

    1219 –yilda shaharda bo`lgan Yoqut Hamaviy: ”Men Gurganch kabi katta 

va boy go`zal shaharni ko`rmadim”. -deb tahsinlar aytgan edi. Zakariya Qazviniy 

esa  Gurganch  haqida  so`z  yuritar  ekan:  ”U  Jayhun  daryosi  bo`yidagi  juda  katta 

shahar    va  aholisi  juda  ko`p.  Uni  jannatdagi  shahar  va  chimildiqdagi  kelinchakni 

qo`riqlaganday  farishtalar qo`riqlaydi”.-deb yozgan edi. 

     922-yilda Xorazmda bo`lgan arab diplomati Ibn Fadlan  “Ardaxushmisan“ 

bozorlari  gavjum  va  aholisi  farovon,  katta  shahar  Ardaxushmisan    Kat  va 

Gurganch  oralig`ida  joylashgan    hamda  Amudaryo  bo`yidagi  shahar  bo`lib,  unga 

suv yo`li orqali  boriladi.”-deb yozgan. “Hudud al-olam” asarida“ Ardaxushmisan  

savdogarlarini  to`planish  joyi.-  deb  ko`rsatilgan.  1219-yilda  Ardaxushmisanda 

bo`lgan  Yoqut  Hamaviy,  shaharni  Suriyani  yirik  shaharlaridan  biri-Nisibin  bilan 

tenglashtiradi. Ammo sayyoh Ardaxushmisan shahrini  muhtashamroq, bozorlarida 

mollari  ko`p,  aholisi  ko`proq  va  badavlat  ekanligini  ta‟kidlagandi.  Istahriy  va 

Maqdisiylar Ardaxushmisanni Xorazmni Kat (Kos) va Gurganchdan keyingi yirik 

shahri  sifatida  ko`rsatishgan.  Kosdan  Jurjoniyagacha  masofa  uch  kunlik  yo`l, 

Ardaxushmisangacha  esa  bir  kunlik  yo`l deb ko`rsatgandi  Istahriy. 

   O`rta  asrlardagi  Xorazmning  tasviru  tavsiflari    ko`pincha  arab  gegrafik 

asarlarida uchraydi. Masalan, Ibn Xurdodbek (IX asr) o`zining “Kitob al-masolik  

va  al  mamolik”  (Yo`llar  va  davlatlar  kitobi)  degan  asarida  Xorazmning    joyi 

haqida deydi: “Chapda (chap sohilida) -Marvu Xorazmdir”. Bu kitobda o`sha vaqt 

Xorazmdan  va  Kurdakdan olinadigan  soliqlar  to`g`risida  qisqacha  ma‟lumot  bor: 

                                                                                                                        

(Даври, маданий ҳаѐт, манбалар)-Тошкент.: Фан, 1999. 



”Xorazm  bilan  Kurdakdan  498  ming  Xorazm  dirhami  “Kitob”  muallifi  Xorazm 

hukmdorining  unvoni,  Jayhun  daryosining  Xorazm  yerlaridan  oqib  o`tishi  haqida 

yozadi. 

 

  Xuroson  viloyatlari  ichida  Xorazmni  tilga  oladi,  uni  chegara  viloyatlari 



orasida ham eslab o`tadi. 

  Xorazmning birmuncha tafsilotli tasvirini Ibn al-Fadlning (X asr) “Kitob al-

Buldan” (Mamlakatlar haqida kitob) asarida ko`ramiz. Bundagi tasvir ancha rang-

barng:  muallif  Xorazm  mo`ynalari  haqida  gapirib  she‟riy  satrlar  keltiradi. 

Xorazmda  qadimdan  qolgan  otashparastlar  haqida    gapirib  ketadi,  gohida  esa 

Kaspiydan      Xorazmgacha  tutash  changalzorlar  to`g`risida  yozadi.  Ibn  al-Fadlan 

bir  donishmandning  halifalardan  biri  huzurida  turli  mamlakatlar  xalqlarini 

ta‟riflagani haqidagi hikoyani ham keltiradi. 

  Xorazmliklar  to`g`risida  donishmand  bunday  degan  ekan:  “bular  hech 

qachon bosh egmaydigan, hammadan ko`ra ko`proq fidoyilikka moyil kishilardir... 

Ibn al-Fadlan Xorazm iqlimi eng sovuq uchta o`lkaning biri deb  hisoblaydi. 

    Xorazm  haqida  ko`p  batafsil    ma‟lumotlar    bergan  al-Muqaddasiy  (X  asr) 

uni  “Jayhun  daryosining  ikki  sohilini  egallagan  yerlar”  deb  ta‟riflaydi  va  davom 

etadi: “bu juda ko`p shaharlarga ega bo`lgan, yoppasiga obod, keng va muhtasham 

bir o`lkadir...Son-sanoqsiz, uy-joy, tutash bog`lar, daraxtzorlar va ekinzorlar; uzum 

sharbati  siqadigan  qurilmalar  bor,  meva  mo`l,  tijorat  ahliga  mol-hol  bemalol. 

Odamlari zukko-ziyrak,bilimdon,fiqhni bilishadi,iste‟dodli va ma‟rifatlidirlar. 

    Shundan  keyin  al-Muqaddasiy  yana  yozadi:  ”Olloh ularga arzonchilik, 

samarayu baraka  nasib etgan, yaxshi va to`g`ri qiroat  (Qur‟on o`qish) qobilyati, 

o`tkir  aqlu    idrok    ato    qilgan.    Ular    mehmondo`st,  yaxshi    taomlarni    xush 

ko`rishadi,    jangda  mard  va  alpsifatdirlar”.    Xorazm    poytaxti    Jurjoniya    daryo 

sohilidadir, deb yozadi  al-Muqaddasiy.  U Jurjoniyada  al-Ma‟mun  qurgan saroy 

va  uning chiroyli arklari haqida ham yozadi. 

  Mashhur  geografik  “Mujam  al-Buldon”ning  (Mamlakatlar  lug`ati)  muallifi 

Yoqut  al  Xamaviy  (XII-XIIII  asrlar)  Xorazm  haqida  Ibn  al-Kalbiydan  olingan 

afsonani  keltirib,  keyin,  manba  sifatida  Ptolomeyni  eslab,  Xorazm  “oltinchi 




iqlimga”  joylashgan  deya  takidlaydi  va  shunga  mos  yulduzlar  burjini  ataydi. 

Ammo sal narida Abu Avnning “Ziji”ga tayanib, Xorazmning “beshinchi iqlim”da 

joylashganini  aytadi va  ancha boshqacharoq  koordinatalarni  ko`rsatadi. 

Xorazm    aslida  shahar  nomi  emas  viloyat  nomi  ekanini  eslatib,  Yoqut  al-

Xamaviy  uning  poytaxtini  Jurjoniya  deb  ataydi,  so`ngra  uning  tarixini  Xorazm 

so`zining  etimologiyasini  tushintiradi:  “Rivoyatlarga  ko`ra  bu  yer  shuning  uchun 

Xorazm  deb  atalgan  emish:  qadim  podsholardan  biri  qandaydir  sabab  bilan, 

O`zining  to`rt  yuzta  fuqarosiga,  ayniqsa,  saroy  ahliga  darg`azab  bo`lib,  ularni 

odam yashaydigan yerlarda yuz farsah uzoqlikdagi joylarga surgun qilib yuborgan 

ekan. Bunaqa talabga to`g`ri keladigan birgina joy topilibdi, u ham bo`lsa Xorazm 

shaharlaridan  bo`lgan  Qiyotning  atrofida  emish.  Quvg`indilarni  shu  yerga  olib 

kelib, tashlab, ketishibdi. Ancha vaqtdan keyin podshoh ularni eslab, amaldorlariga 

buyiribdi-qani  bilinglarchi,  ular  nima  bo`ldi  ekan?!  Amaldorlar  borib  ko`rishsa, 

quvg`indilar  o`zlariga  hujra,  kapa  qurib  olishibdi,  o`tinlari  ko`p,  baliq  ovlab  yeb 

yotishganmish.  Amaldorlar  so`rashibdi:  “xo`sh  ahvollaring  qalay”  “Tuzuk,-

deyishibdi  baliqni  ko`rsatib,  mana  go`sht  bor,  bu  bo`lsa-o`tin,  baliq  qovurib 

yeymiz”.  Amaldorlar  qaytib  podshoga  buni  gapirib  berishibdi.  Shundan  keyin 

haligi  joy  Xvarizam  deb  ataladigan  bo`libdi.  Chunki  Xorazm  tilida  “go`sht”ni 

xavar, “o`tin”ni rizm deyiladi. Talaffuzda bitta “r” tushib qolib, Xvorizm, so`ngra 

“Xorazm” bo`lib ketgan ekan

14



Shundan keyin Yoqut al–Xamaviy Xorazm va uning poytaxtini, odamlarning 



urf-odati,  tusi-qiyofasini  tasvirlaydi.  Xorazmliklarning  kelib  chiqishi  masalasiga 

alohida  e‟tibor  berib,  Abdulloh  al-Faqir,  al-Muqaddasiy,  al-Beruniy  va  boshqa 

ko`p olimlarning fikrlarini dalil  keltiradi. 

  Xorazm  poytaxti  Urganch  haqida  Yoqut  al-Xamaviy  bunday  deb  yozadi: 

“Xorazm-shahar  nomi  emas,  umuman  o`lkaninng  ismidir.  Poytaxtga  kelsak,  uni 

hozir  yuqorida  aytganimday,  Jurjoniya  deb  atashadi.  Mahalliy  aholi  esa  uni 

Kurkanch  deb  yuritadi.  Kurkanch  arab  yozuvidagi  “Gurganch”ning    g`alati 

o`qilishidan  paydo  bo`lgan  albatta.  Yoqut  al-Xamaviy  shaharning  barpo  etilish 

                                      

14

Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”-Tашкент.1993  47-б. 




tarixidan so`zlab, xorazmliklar haqida bunday deydi: “Bu o`lkada ular turar joy va 

saroylar  qurishgan,  o`zlari  ham  ko`paygandan  ko`payib,  shu  zaminda  tobora 

kengroq    tarqalishgan.  Shahar  va  qishloqlar  barpo  etishgan.  Xurosonning  yaqin-

yiroq shaharlaridagi aholi ular bilan hisoblashadigan bo`lib, ko`plari  ko`chib  ham 

kela  boshlagan.  Shunday  qilib,  Xorazm  xalqi  ko`payib,  nom  chiqardi,  Xorazm 

gullab-yashnagan  go`zal  o`lkaga  aylanadi.  Men  u  yerga  616-yili  (1219-1220) 

borgan  edim, hech qayerda  bunday  gavjum  va  yashnagan  o`lkani ko`rmaganman. 

Ekinlar  yoppasiga  parvarish  qilingan  qishloqlari  qator  tushgan,  alohida  hovliyu  

chorbog`lari  ko`p,  dashtda  ham  qo`ran  qo`rg`onlar  bor.  O`lkaning  rustaklarida 

(qishloq  joylarida)  parvarishlanmagan,  noobod  joyni  topish  qiyin.  Yashil 

daraxtzorlar,  ayniqsa  gujumu  tut  ko`p,chunki  ular  (aholi)  qurilish    yog`ochlariga 

muhtoj,  tut  bargi  esa  ipak  qurtiga  yemdir.  Qishloqdan  o`tib  borgan  odam  bilan 

bozorda  yurgan  odamni  sira  farqli  qilolmaysiz...  Xorazmning  deyarli  hamma 

shaharlarida mol-tovar ham do`kon rastalariga boy bozorlar bor, bozori bo`lmagan 

qishloqlar  kamdan-kamdir”

15

.  “Parvarish  qilinmagan  yerni  topish  qiyin  deya 



o`lkaning  obodonligini ta‟kidlab, Yoqut al-Xamaviy mo`g`ullar istilosidan oldingi 

Xorazmni mana shunday ta‟riflagan. 

    Xorazm  poytaxti  Urganch  shahriga  maxsus  maqola  bag`ishlab,  u  bunday 

deydi: “Urganch o`lka poytaxtining nomidir. Bu Jayhun sohilida joylashgan katta 

shahar.  Xorazm  aholisi  uni  o`z  tilida  Kurkanch  (Gurganch)  deb  ataydi,  ammo  bu 

nom  arabchalashib,  bizda  Jurjoniya  deb  talaffuz  qilinadi...Men  bu  shaharni 

mo`g`ullar zabt etib vayronaga aylantirganigacha 616-yil  (121-1220) ko`rganman. 

Nazarimda,  bundan  katta  bundan  ham  boy  va  obod  shahar    hech  qayerda 

ko`rmaganman.  Biroq  mo`g`ullar  bosib  olgandan  keyin  buning  hammasi  tamom 

bo`ldi.  Shaharda  mustahkamroq  binolargina  omon  qolgan,  aholini  esa  tamomila 

qirib  tashlashgan,  deb  eshitdim”

16

.  Hozirgi  arxeologik  qazilmalar  Yoqut  al 



Xamaviyning barcha ma‟lumotlarini tasdiqlaydi, sayyoh Xorazmga kelgan davrda 

(XIII asrning yigirmanchi yillari) bu yerda ishlab chiqarish va madaniyat chindan 

                                      

15

 Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”. -Tашкент.1993,  63- б 



16

 Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”. -Tашкент.1993 




ham  yuqori  darajada  bo`lgan.  Xorazm  haqida    o`zining  “Ajoyib  al-maqdur  fi 

navoib  Taymur”  (Temur  sarguzashtlarida  taqdir  mo`jizalari)  degan  asarida  Ibn 

Arabshoh  (1389-1450)  ham  hikoya  qiladi:  to  “Ularning  (xorazmliklarning) 

poytaxti  Jurjon  shahridir...  bu  suhandonlar  u  yerda  olimlar  egardan    tushadilar 

(ya‟ni  to`xtab  o`tadilar),  zukkolar  ham  shoirlar  ham  oshyon  topadilar,  zarifu 

ma‟ruflar, ulug` zotlar kelib turishadi. Bu mutaziylarning tor chashmasidir...Uning  

noz-ne‟matlari  mo`l-ko`l,  ezguliklar  behisob...”  

   Ibn  Battutaning  zamondoshi  al-Umariy  ham  “Kitob  al-masolik  al-absar  va 

mamolik al-amsar” asarida Xorazmni tavsiflab, don ekinlarini barcha turlarini, bu 

yerda  ishlab  chiqariladigan  hamma  mollarni  bir-bir  sanaydi,  Movorounnahr  va 

Xorazmda pul munosabatlari, narx-navo haqida, Urganch to`g`risida hikoya qiladi, 

odamlarning  xulqi-atvorini  sinchiklab  ta‟riflaydi:  “Bu  o`lkada  don  ekinlaridan 

bug`doy,  arpa,  sholi  va  h.klar  bitadi...  har  xil  mevalar...  eng  yaxshi  Buxoro  va 

Samarqand,  navlari  o`sadi,  garchi  Xorazmning  o`z  navlari  yaxshi  va 

mazaliroqdir...”  

    Shundan  keyin  al-Umariy  xorazmliklarning  mehmonnavozligini  maqtab 

ketadi, mehmonxona va karvonsaroylarning ko`pligi, o`zi tushib ko`rgan Madrasa 

to`g`risida yozadi: “Bu yurtga  bir musofir kelib qolsa, o`rtada  talash bo`lib, uni 

yaxshiroq mezbon qilishga musobaqa boshlanadi, o`zgalar pulni to`plashga urinsa, 

bular  sarflashga  zo`r  beradilar”.  Bu  muallifning  Urganch  bozorlari  haqidagi 

hikoyalari  Ibn  Battutaning  jonli,  tabiiy  bayonlariga  zid  o`laroq,  ancha  quruq;, 

ishchan ruhda yozilgandir;  Xorazm poytaxti Urganchdan tashqari bu shaharni ham 

gohida Xorazm deb ataydilar  o`lkaning hamma yerida narx-navo juda arzon. Don 

narxi  esa  yo  baland  yoki  o`rtacha  bo`lib  turadi,  ammo  arzon    bo`lib    turgani 

ma‟lum emas. Go`sht  esa g`oyat  arzon...

17

” 




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish