Mundarija kirish I bob o’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik nazariy asoslar



Download 420,75 Kb.
bet8/18
Sana21.07.2022
Hajmi420,75 Kb.
#833404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Омадбек 2 к

«...«Tanqyadiy» deb aytilgan nom mos kelmaydigan fikrlashning uchunchi turi ijodny yoki intuitiv fikrlashdan iborat» 19].
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, ularning mual,\iflaridan biri ijodiy fikrlash bilan maxsuldor fikrlash, ikkinchisi esa ijodiy fikrlash bilan intuitiv fikrlash oralariga tenglik alomatini
To’g’ri, ijodiy fikrlashning mazkur fikrlash turlari bilan umumiylik va o’xshashlik tomonlari anchagina, lekin bu, bizningcha, ular orasiga tenglik belgisini ko’yish uchun yetarli asos bo’la olmaydi, Agar biz bunday holni to’g’ri deb e’tirof etadigan bo’lsak, u xolda ijodiy fikrlash bilan yanada ko’prok, umumiyligi bo’lgan tanqidiy fikrlash bilan xam chalkashtirib yuborishga majbur bo’lar edik. Holbuki «ijodiy fikrlash» atamasining o’ziyoq fikrlashni bu turini aloxida xususiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Ijodiy fikrlash bir qancha tomonlari bilan tanqidiy fikrlashga yaqin. SHunga ko’ra Devid Klusterning maqolasidagi tanqidiy fikrlash haqida bildirgan qimmatli fikrlaridan moslashtirib foydalanish mumkin.
Birinchidan, tanqidiy fikrlashga o’xshash ijodiy fikrlash atamasi juda xam ko’p turli parametrlar (mahorat, faoliyat turlari va hokazo) ni o’z ichiga olganligi uchun uning aniq ta’rifini berish oson emas.
Maxsus adabiyotlarda bu atamaning ta’riflari ko’p uchraydi, lekin ular ayrim hollarda bir — birlariga mos kelmasalar, ko’pchilik hollarda uning mazmuni va moxiyatini to’la qamrab ola olmaydilar. Holbuki bu ta’rifni barchaga (maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan tortib, to universitet o’qituvchilarigacha) birday tushunarli bo’lishi kerak.
Dastlab ijodiy fikrlash deb nomlab bo’lmaydigan, aqliy faoliyatning ayrim turlarini ko’rib chiqaylik. Oddiy eslab qolishni ijodiy fikrlash emas, deb aytsak bu fikrni barcha e’tirof etsa kerak. Eslab qolish muxim fikrlash operatsiyasi bo’lib, usiz o’quv jarayonini tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin bu aqliy faoliyat ijodiy fikrlashdan butunlay fark qiladi, Masalan, kompьyuterni xotirasi, inson xotirasiga nisbatan juda kuchli, lekin barchamiz tushunamizki, uni esda saqlab qolish qobiliyatini fikrlash deb bo’lmaydi. To’g’ri, o’rta va oliy maktab o’qituvchilarining ko’pchiligi xali xdm eskichasiga xotirani xar qanday fikrlashdan yuqori qo’yib imtixon va nazorat ishlarida o’quvchi va talabalarni faqat esda saqlab qolish qobiliyatlarinigina tekshirib keladilar, lekin ijodiy va tanqidiy fikrlash tarafdorlari mo’ljalni aqliy faoliyatning murakkabroq tomonlariga oladilar.
Murakkab g’oyalarni tushunishni ham, hatto usiz o’quv jarayonini tasavvur qilib bo’lmasada, ijodiy fikrlash deb bo’lmaydi. Tushunish — bu murakkab fikrlash jarayoni, ayniqsa, o’rganilayotgan material oson bo’/\maganda. Masalan, fizikaning nisbiylik nazariyasi ustida bosh qotirayotgan talabaning miyasida murakkab intellektual jarayon kechadi, lekin uni hali
ijodiy fikrlash — deb atab bo’lmaydi. CHunki, biz birovlar tomonidan ilgari surilgan g’oyani tushunish uchun mehnat qilayotganimizda, hali bu birlamchi bosqichda, o’z fikrlashimiz faollashmagan: faqat kimdir birov tomonidan bizga ^adar yaratilgan narsani qabul qilayotgan bo’lamiz. Ijodiy fikrlash esa yangi, tushunib yetilgan g’oyalar tekshirilib, baholanib, rivojlantirilib va amalda qo’llanilib yangi g’oya yoki mahsulot yaratilgandagina goz beradi.
Dalillarni eslab qolish va g’oyalarni tushunish ijodiy fikrlash uchun zarur boshlang’ich shartlar ^isoblansalarda ularning o’zlari va hatto birgalikda olinganda ^am ijodiy fikrlashni tashkil qilmaydilar.
Fikrimizcha, yaqin bo’lishiga qaramay, ijodiy deb atab •bo’lmaydigan fikrlashning yana bir turi — intuitiv fikrlashdir. Sportchining, rassomning, musiqachining miyasi ham o’ta murakkab ishni bajaradi, lekin ularning o’zlari (albatta gap yangi o’rganuvchnlar haqida ketmayotgan bo’lsa) buni hatto sezmaydilar ham. Odatda bunday fikrlash jarayonlari anglanmagan holda qoladi. SHu sababga ko’ra ijodiy masalalarni yechishda intuitsiyani hal qiluvchi ahamiyatta ega deb qaraydigan maxsus oqim ham paydo bo’lgan. Bu oqimning nomi intuitivizm deyilib, uning ta’limotida ijodiy jarayonda amaliyotning roli, mehnat yoki umuman qandaydir faoliyat, jumladan fikrlash faoliyatining o’zi ham inkor qilinadi. Intuitivizm kashfiyotni o’z —o’zidan yuz beradigan hodisa deb tushuntiradi. Holbuki ko’p buyuk olimlarning kuzatishlaricha anglab yetilmagan ish, agarda uning oldidan uzoq vaqt ongli ish bajarilmagan bo’lsa, hech qanday natijaga olib kelmasligini e’tirof etganlar. Bunga Gelьmgolьts, Puankare va boshqalarning misol bo’lishi mumkin.
Bu olimlarning ijod masalalariga oid mulohazalari, tabiiyki, birinchisining fizika va fiziologiya, ikkinchisining esa matematika sohalaridagi munozaraga o’rin qoldirmaydigan yutuqlari bilan mustahkamlangan. Gelьmgolьts ham, Puankare ham o’z ijodiy jarayonlarini maxsus kuzatib quyidagi xulosaga kelganlar: murakkab masalani unga kirishilgan soatdayoq hal qilish mumkin emas, muammo ustida ishlash jarayoni bir tekis bormaydi, aksincha sakrab —sakrab o’tadi. Uzoq vaqt davom etgan natijasiz mehnat davri, dam olish davrlari bilan almashadi, shundan so’ng hal qiluvchi g’oya birdaniga miyaga urilishi mumkin, SHunday hodisalar fanda ko’p marta kuzatilgan. Masalan, ularning dastlabkisi qadimgi dunyo yunoniston olimi Arximed bilan yuz bergani ko’pchilikka ma’lum. Jismlarning solishtirma og’irliklari haqidagi masalani u yozuv stolida emas, vannada cho’milayotib yechgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davriy sistemasi jadvalini tuzish vaqtida uch kechayu—uch kunduz betinim meqnat qilgan, ammo bu vazifani ni^oyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. SHunda u tushida ayon bo’lgan jadvalni uyqudan uyg’onib bir parcha kog’ozga ko’chirib qo’ygan.
Fikrlash nazariyasi borasida qilingan ishlar yana ijodiy jarayonni bir necha boshichlar dan (ko’p hollarda uchtadan to’rttagacha) iborat deb xulosa chiqaradi, Turli mulliflar tomonidan taklif qilingan bu bosqichlar, asosan, tafsilotlari tomonidangina farqlanib, umumiy ko’rinishda ularni taxminan quyidagicha tasavvur qilish mumkin;
Birinchi bosk,ich (ongli ish) — tayyorgarlik yangi g’oyani yalt etib paydo bo’lishidan oldin bajariladigan aloxida faoliyat holati.
Ikinchi boshich (anglab yetilmagan ish) — pishib —etilish muammoni yechish ustida bajariladigan anglanmagan ish, yo’naltiruvchi g’oyaning inkubatsion davri.
Uchinchi boskich (anglanmagan holatni —anglangan holatga aylanishi) — ilxomlanish - - anglanmagan ish natijasida ong doirasiga kashfiyot g’oyasining dastlabki — gipotetik holda tushishi.
To’rtinchi boskich (ongli ish) — g’oyani rivojlantirish, uni oxirgi ko’rinintda rasmiylashtirish va tekshirish.
Yuqorida aytilganlardan ijodiy fikrlashning intuitiv fikrlashdan farqi birmuncha oydinlashadi. Xo’sh, unda ijodiy fikrlashni fikrlashning boshqa turlari bilan o’xshashligi ham bormi?
Ijodiy fikrlash eng avvalo bu, tanqidiy fikrlash kabi mustaqil fikrlashdir. Fikrlash mustaqil bo’lgandagina u ijodiy fikrlash bo’la oladi. Hech kim birov uchun ijodiy fikrlab bera olmaydi. O’quv jarayonida talabalar uchun mustaqil fikrlash va o’ta murakkab masalalarni ham mustaqil hal qilishga imkoniyat yaratish zarur.
Ikkinchidan, olingan axborot ijodiy fikrlash uchun boshlanshch nuqta bo’lib, aslo oxirgi bekat vazifasini o’tamasligi zarur. Boshqacha aytganda ijodiy fikrlash axborot, dalillarni olishdan boshlanadi. Yangi bilimlar ijodiy fikrlash uchun intyalishni paydo qiladi. Ba’zida aytiladigan «Bo’sh kalla bilan o’ylab bo’lmaydi»,— degan ibora shu yerda juda o’rinli. CHunki o’ylash uchun kaldada biror narsa bo’lishi shart. Ijodiy fikrlashdek, murakkab fikr yuritish uchun dalillar,
g’oyalar, mavzular, nazarnyalar, ma’lumotlaridan ioorat tog’dek «xom ashyo»ni qayta ishlash zarur.
Uchinchidan, ijodiy fikrlash masalani qo’yish va yechiladigan muammoni aniqlashtirishdan boshlanadi.
Braziyalik pedagog Daereo Freyre an’anaviy «jamlovchi» ta-ьlimdan — o’quvchilar real, hayotdan olingan muammolar bilan shug’ullanadigan «muammoli — qo’yuvchan» ta’limga o’tish lozim deb hisoblaydi. Agar o’kuvchilar muammolarni o’zlari qo’yib, ularni o’z hayot tajribasidan kelib chiqqan holda yechsalar, o’qish jarayoni yanada muvaffaqiyatli kechadi,— deb hisoblaydi u. Freyre ayniksa, o’quv jarayonida shaxsning erkin fikrlashiga to’sqinlik muammolariga juda katta e’tibor qaratadi. U to’g’ri tashkil qilingan ta’lim o’quvchilarni erkin fikrlashlari -yo’lida uchraydigan tusiqlardan halos qilishi mumkin,— deb ishonadi va shunga ko’ra uning ta’lim kontseptsiyasi «ozod qiluvchi, erkinlik beruvchi pedagogika» — deb ataladi.
SHunday pedagogikagina bugungi kun talabiga to’la javob bera olishi va unga iloji boricha tezrok o’tish zarurligi haqida Prezident I.A Karimov shunday degan edi: «O’qituvchi — .o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Ijodiy fikrlashning yana bir qancha tanqidiy fikrlashga o’xshash tomonlari mavjud, ularni bu yerda batafsil gapirib o’tirishni imkoniyati ham, zaruriyati ham yo’q. Masalan, fikrlashning har ikkala turi ham ishontiruvchi dalillar (argumentlar) keltirish usuliga intiladi. Kontrargumentlar yordamida argumentatsiyani yanada kuchaytiradi. Yoki har ikkala fikrlash ham ijtimoiy fikrlash sanalanadi. Har qanday fikr boshqalar bilan baxam ko’rib, fikrlashilgandagina u tekshiriladi va sinaladi. SHu jumladan, ijodiy fikr ham. Qachonki biz boshqalar bilan munozara qilganimizda, birga o’qib, muhokama qilganimizda, e’tiroz bildirganimizda, fikr almashganimizdagina o’z xususiy nuqtai nazarimizni aniqlashtiramiz va chuqurlashtiramiz. Faylasuf Xanna Argendt «mukammallikka faqat kimningdir ishtirokida erishish mumkin», — deb bildirgan fikrini shu yerda eslash o’rinli bo’ladi. SHu sababli ham ijodiy munozara, ilmiy seminar va ilmiy kengash atamalari hayotimizga kirib kelgan. O’quv jarayonida esa talabalarni ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan o’qituvchi uz mashgulotlarida juft —juft bo’lib ishlash, kichik guruhlarda
ishlash, debat va munozara usullaridan foydalanishni, albatga, nazarda tutishi shart.
Biz yuqorida ijodiy fikrlash bilan tanqidiy fikrlashni bir —birlariga o’xshashlik va farqli tomonlari z^aqida juda batafsil fikr yuritdik. Buning asosiy sababi tanqidiy fikrlashga butun dunyoda katga e’tibor berilib, uni har tomonlama va to’la o’rganilayotganligida bo’lib, biz esa ijodiy fikrlashni tahlil qilishda uning ta’siri va ahamiyati katta bo’lganligini hisobga oldik. Lekin bu, juda o’rinli bir savolni keltirib chiqarishi ham tabiiy: «Bu fikrlashlarning farqlanadigan tomonlari ham bormi o’zi, bo’lsa ular orasidagi asosiy farq nimadan iborat?». Qo’yilgan savolga bizningcha quyidagicha javob berish mumkin: tanqidiy fikrlash pirovard natijada qaror qabul qilish bilan nihoyasiga yetsa, ijodiy fikrlash moddiy yoki ma’naviy yangilik yaratish bilan yakunlanadi».



Download 420,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish