SamDU, Uzbekistan uzluksiz ta’lim tizimida biologiya fanlarini o’qitish va ekologik ta’lim-tarbiya masalalariga oid mulohazalar



Download 39 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi39 Kb.
#69586
Bog'liq
биология


Baxritdin Bozorov

(SamDU, Uzbekistan)
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA BIOLOGIYA FANLARINI O’QITISH VA EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA MASALALARIGA OID MULOHAZALAR
Biologiya fanlari o’zining tuzilishi va tarkibi xamda o’quvchilarni diqqat va e’tiborlarini o’ziga qarata olishi jihatidan fanlar tizimida o’ziga xos yetakchi o’rinni egallaydi. Chunki, bu fanlarni o’qitishda va ayniqsa, ekologik bilimlar berishda o’qituvchi juda ko’plab tabiiy-ilmiy misollardan foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda ko’plab malakatlarda akademik lisey va kasb xunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb masalalardan bo’lib turibdi. Shu bois, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda va ularda ekologik madaniyatni shakllantirishda biologik fanlarning o’rni muhimdir [1].

Buning uchun avvalo o’quvchilarda tabiiy fanlarga nisbatan qiziqish uyg’ota olish metodikasini tatbiq qilish muhimdir. Masalan, bugungi kunda Samarqand davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakultetining barcha bo’limlarida o’rta maxsus ta’lim dargohlari bilan uzviy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Fakultetda ko’pchilikka ma’lum bo’lgan O`rta Osiyoda ham yagona hisoblanadigan «Zoologiya muzeyi» va jahon standartlari asosida qayta qurilgan «Issiqxona» faoliyat ko’rsatmoqda [2].

Maktablar, kollejlar va akademik liseylar o’quvchilari botanika va zoologiya va ekologiyaga oid darslarni amaliy jihatdan shu yerda mustahkamlashmoqda. Universitet qoshidagi akademik liseylarda zoologiya muzeyi va botanika issiqxonasida o’tilayotgan ekskursiya darslari ularda kelajakda mamlakatimizning fauna va florasini o’rganishga kuchli qiziqish uyg’otmoqda va shu bois, biologiya, ekologiya bo’limlariga o’qishga kirish uchun yuqori konkurs kuzatilmoqda. Bunga misol tariqasida 2013-2014 o’quv yili uchun Tabiiy fanlar fakultetiga mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirganligini ta’kidlab o’tishimiz joizdir.

Demak, akademik liseylarda va kasb-hunar kollejlarida biologik darslarni o’tishda amaliy, ko’rgazmali va laboratoriya mashg’ulotlarini samarali tarzda tashkil qilish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda va tabiiy fanlarga qiziqishlarini ortishida biz pedagoglarga yaqindan yordam beradi.

Xuddi shunday fikrlarni ekologiya fani misolida ham keltirishimiz mumkin. Samarqand shaxridagi barcha oliygohlarda, liseylar, kollejlar va o’rta maktablarda ekologiya darslarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi o’zining ijobiy samarasini bermoqda. Tabiiy fanlar fakultetining biologiya, ekologiya, geografiya, kimyo bo’limlarida talabalar yozgi semestrda ishlab chiqarish amaliyotlarini nazariy jihatdan olingan ekologik bilimlarni mustahkamlash uchun dala qo’ynida Samarqand viloyatidagi tog’ tizmalari qo’ynida joylashgan maxsus amaliyot darslari uchun tashkil etilgan lagerlarda o’tashmoqda. Kimyo bo’limi talabalari esa bir qator yirik kimyo zavodlarida bo’lishib, ekologik bilimlarini yanada oshirishadilar.

Bu esa talaba, o’quvchining ona tabiatni yanada sevishga, uning tabiiy resurslarini avaylab-asrashga undaydi. Uzluksiz ta’lim tizimida ekologiya darslarini aniq va ko’rgazmali, qurollar, multimediali elektron darsliklar asosida o’tish hozirgi kunda talabalarda ekologik bilim va madaniyatning yuksalishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Lekin, yuqorida aytilganidek, ekologik muvozanat, atrof-muhit ifloslanishlarini oldini olish uchun albatta dala alamiyotlarini to’g’ri tashkil qilish asosiy masala hisoblanadi. Bahor oylarida tog’larga dam olishga borgan insonlar o’sha joylarni har xil idishlar, chiqindilar, sigareta qoldiqlarini tashlab ifloslantirib qaytmoqdalar. Dala amaliyotlarida esa o’quvchi o’z ko’zi bilan ko’rib, ekologiyaga, Ona tabiatni asrashga oid tegishli xulosalarga ega bo’ladi deb hisoblaymiz. Demak, uzluksiz ta’lim tizimida biologiya va ekologiyaga oid bilimlar berishda avvalo, botanika bog’lari, zoologiya muzeylari va dala amaliyotlarini o’tkazish va to’g’ri tashkil etish dolzarb masalalardan bo’lib hisoblanadi.




Adabiyotlar

  1. J. Xolmo`minov ”Tabiiy fanlarni o`qitish va ekologik ta`lim-tarbiya”, Toshkent, 1991.

  2. B. Bozorov ”Uzluksiz ta`lim tizimida tabiiy fanlarni o`qitish va ekologik ta`lim-tarbiya masalalari” Ilmiy maqolalar to`plami. Qoraqolpoq-2013.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish