1. SO‘Z YASASH JARAYONI TIL LUG‘AT TARKIBINI BOYITISH
VOSITASI SIFATIDA
So‘z yasash usuli boshqa tillardagi kabi fransuz tilida ham leksik qatlamning boyishida muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘zlarning asosiy vazifasi muloqot jarayonida stilistik vosita sifatida fikrlarimiz va his-tuyg’ularimizni ifodalashga xizmat qilishdir. O‘z navbatida, so‘z yasash jarayoni boshqa tillardagi kabi fransuz tili leksikologiyasida muhim hisoblanadi va bu lug‘at tarkibini boyishining ichki manbasi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, lug‘at tarkibining boyishi ikki katta manbaga ega, bular tashqi manba va ichki manbadir. Tashqi manba boshqa tillardan so‘z olish va ulardan yangi so‘zlarni hosil qilishga asoslanadi.
Fransuz tilida so‘z yasash usullarining bir qancha usullari mavjud, bularga la dérivation affixale (qo‘shimcha bilan so‘z yasash), la composition (kompozitsiya), la “dérivation impropre” (konversiya), l’abréviation (abreviyatura) va boshqalar. Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik tilshunoslar bu borada turli fiklarda. Bu usullarning ichida derivatsiya va kompozitsiya eng ko‘p qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |