1-amaliy: JAHON ADABIYOTINI O’RGANISH
2-soat
Dars maqsadi:
Jahon adabiyoti haqida, uing o’ziga xosligi kabilar to’g’risida tushuncha hosil
qilish.
Kerakli jihozlar:
1.
A.Uzoqov. “MDH adabiyoti”. T., 2008.
Ishni bajarish tartibi:
1.
MDH xalqlari adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi
2.
Jahon adabiyotining qirralari.
Qadimdan Markaziy Osiyo va Qoog`iston tuprog`ida yashab kelayotgan
o`zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq xalqlari adabiyotni o`z ichiga
olgan mazkur guruh iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotidagi umumiylikdan
tashqari, jo`g`rofiy yaxlitlikka ega. Markaziy Osiyo va Qozog`iston xalqlari
adabiyotining bir necha xususiyati bor. Avvalo, mazkur xlqlar katta manbaga ega
bo`lgan va keyinchalik yozma adabiyotning rivojiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir
etgan xalq og`zaki ijodiga ega.
Ikkinchidan, o`tmishda va hozir ham nasrdan ko`ra nazm adabiyotda
yetakchi mavqe egallagan. Shu sababdan nazm va nasr o`zaro uyqash bo`lib
ketgan.
Uchinchidan, bu adabiyotlar o`rtasidagi o`zaro ta'sir va aloqa ko`p yillik
tarixga ega. Ulug` fors-tojik adabiyoti namoyondalari Abulqosim Firdavsiy, Umar
Xayyom, Hofiz Sheroziy, Sa'diylarning ijodi O`rta Osiyo xalqlarining boyligi
sanaladi. Yoxud, ulug` xalqlar adiblari uchun katta ijod maktabidir. Birgina
Gulxaniy, Maxmur, Sadriddin ayniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar fors-tojik va
o`zbek tillarida baravar qalam tebratishgan.
Sho`ro hukumati o`z tayziqini o`rnatgach, mazkur xalqlarning azaldan
shakllanib kelgan an'ana va qadriyatlarga ancha putur yetdi. Mazkur xalqlar
adabiyotiga realizm tamoyili va demokratik tendentsiyalar majburlab kiritildi.
Aslida
sho`roviyy
realizm
va
insonparvarlik
yolg`on,
soxta,
ko`zbo`yamachilikdan boshqa narsa emasdi. Sho`ro hukumati bu xalqlar
adabiyotiga «shakllangan milliy, mazmunan sotsialistik» tus berdi. Ayni shu
mayoq ostida Hamza, Ayniy, Oybek, Mirzo Tursunzoda, Muxtor Avezov, Sobit
Muqanov, Berdi Kerboboev kabi ijodkorlar «Qullar», «Qutlug` qon», «Alisher
Navoiy», «Abay yo`li», «Dadil qadam», «Bo`ta ko`z» singari asarlarini yozishdi.
Yana bir jihatga to`xtalish jioz. Ulug` «og`a»larimiz ijodiga hamohang tarzda
asarlar yozish an'ana darajasiga yetdi. Masalan, V.Mayakovskiy zinapoya
shaklidagi she'rlariga taqlidan G`afur G`ulom ham «Turksib yo`llarida» she'rini
yozgan edi. Undan keyin Hamid Olimjon shu yo`nalishda bir necha she'rlar
yozgan.
Sho`ro imperiyasi barham topgach, xamdo`stlik mamlakatlari birin-ketin
mustaqillikka erishdi. Ular faqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan emas, ma'naviy-
ma'rifiy jihatdan ham mustaqil bo`ldi. O`z-o`zidan adabiyotda ham yangi
yo`nalishlar, g`oya va maslaklar asta-sekin ifodasini topa boshladi.
Document Outline - 1-amaliy: JAHON ADABIYOTINI O’RGANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |