Fir'avn-Misr hukmdori; "ulug` xonadon" ma'nosini anglatadi.
Freska-selgimagan suvoqqa chizilgan rasm.
Forum-yig`ilish joyi va bozor maydoni bo`lib xizmat qilgan shahar markazi.
Ibodatxona-muqaddas deb e'lon qilingan, odamlar xudolarga sig`ingan bino yoki joy.
Xronologiya-asrlar, davrlar, vaqt o`lchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.
Sivilizatsiya -jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi.
Chopper-ishchi uchi faqat bir tomondan o`tkirlangan tosh qurol.
Ellada-Qadimgi Yunoniston.
Ellinlar-qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.
Qul-o`zga bir kishining mulki bo`lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam ("so`zlovchi mehnat quroli"); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |