Mundarija: 6 – sinf tarix


-§. Rim respublikasining qulashi



Download 0,83 Mb.
bet48/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

52-§. Rim respublikasining qulashi
Sabablari. Qullar qo`zg`olonlari quldorlarni qattiq qo`rquvga solib qo`yadi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo`lmish harbiy diktatura o`rnatilishi zarurligi to`g`risidagi masala ko`ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta'minlay olmas edilar. Miloddan avvalgi I asrda muntazam yollanma qo`shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, balki faqat o`lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo`lmagan. Rimda esa davlat boshlig`i bo`lishni xohlovchi bir qancha sarkardalar bor edi. Sezar hokimiyatining qaror topishi. Spartak qo`zg`oloni bostirilib, tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar, ammo Rim imperiyasi olib borayotgan urushlardan birida Krass halok bo`ladi. Endi Pompey uchun Sezar birdan bir xavfli raqib bo`lib qoldi. Galliya urushlaridagi g`alabalar tufayli Sezarning nufuzi va obro`yi ancha ortdi. Yollanma askarlar uning ajoyib sarkardalik iste'dodiga ishonar, Sezarning ortidan to`g`ri kelgan tomonga borishga shay edilar. Bundan tashqari, mabodo, Senat majlisida qatnashsa, bizga yer ajratib beradi va qarzlarimizni bekor qiladi deb umid qilgan kambag`allar ham Sezarni qo`llab-quvvatlar edi. Ostrakon - ovoz berish uchun sopol toshtaxta. Galliyadagi muzaffar urush dan keyin Rimga boruvchi yo`ldagi Rubikon daryosidan kechib o`tar ekan, miloddan avvalgi 49-yilda Yuliy Sezar yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar o`shanda shunday degan: "Qur'ani boshlab yubordi. tashlandi!" Rim aholisi qo`llab-quvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Pompeyning qo`shinlari Ispaniyada turar edi, Sezar g`alaba qozondi. U Rim imperatoriga aylandi. Sezarning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega edi. Hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi, Senat va Xalq majlisiga hisobot bermasdan qo`ydi. Bu hol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo`lgan senatorlar fitna uyushtirdilar. Ular Sezarni o`ldirishga va Senatga burungi mavqeyini qaytarishga ahd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do`stlaridan bo`lmish Brut boshchilik qiladi. Senatdagi majlis paytida fitnachilar Sezarni qurshab oldilar va shartli ishora bilan unga xanjarlar bilan zarba bera boshladilar. Miloddan avvalgi 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Ammo uning o`ldirilishi respublika qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o`rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi, bu kurashda g`olib chiqqan Oktavian Avgust Sezarning vorisi bo`ldi. U Rim imperiyasi asoschisiga aylandi. Hokimiyat uchun kurash oqibatlari. Sezar o`ldirilganidan keyin Brut respublikani qayta tiklashga urinib ko`radi. Biroq senatorlar avvalgi tartibotlarga qaytishni istamasdilar. Ularning ko`pchiligi o`z boyligini Sezar hukmronligi davrida qo`lga kiritgan edi. Brut va uning tarafdorlari Yunonistonga qochib ketishga majbur bo`ladilar. Ayni mahalda Rimda Sezarning nevarasi bo`lmish, imperator uni asrab olganida Gay Yuliy Sezar Oktavian deb nom bergan Oktaviy paydo bo`ladi. Oktavian mamlakat hukmdoriga aylandi. Sezarning yaqin yordamchisi Mark Antoniy bunga qarshi chiqadi. Buning uchun Senat Mark Antoniyni Respublikaning dushmani deb e'lon qiladi. Yunonistonda esa Rim respublikasi tarafdorlarini qo`llab-quvvatlash kuchayib boradi. Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va respublikachilarni tor-mor etib tashlaydi. Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G`arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o`z qo`liga oladi. Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi" Kleotpatraga uylanadi. Nikoh sovg`asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo`ldi, miloddan avvalgi 31-yilda Yunoniston qirg`oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o`rtasida jang bo`ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va flot Oktavianga taslim bo`ladi. Keyingi yili Oktavian qo`shinlar bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o`z-o`zini o`ldiradi, Misr esa Rim imperiyasi provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa, Oktavian butun Rim imperiyasining yakka boshchi hukmdori bo`lib oladi. Miloddan avvalgi 29-yilda Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini oldi. Oktavian bir qator islohotlar o`tkazdi. Oktavian Rim imperiyasining asoschisi edi. Oktavian Avgust senatorlar sonini qisqartirdi, 75 legiondan 28 tasini qoldirdi. Jangchilarning xizmat muddati 20 yil etib belgilandi. Oktavian Avgust zamonida Rim imperiyasi armiyasining umumiy soni 300 mingga yetdi. Imperator keng ko`lamda qurilish ishlari olib bordi. Uning davrida Rimda ko`plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi. Oktavian Avgust milodiy 14-yilda vafot etdi. Uning vorislari bo`lmish Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiya inqirozi boshlandi. Faqat milodiy II asrning o`rtalarida Rimning kuch-qudrati qayta tiklandi. Bu davr Rim imperiyasining "oltin asri" degan nom olgan. Milodiy 98-yilda Trayan imperator taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi bo`ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borildi. 40 metrlik Trayan kolonnasi - ustunini bezab turgan daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo`rtma rasmlar bu haqda hikoya qiladi. Ossuriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Trayan Parfiya bilan urushlarda muvaffaqiyatga erishdi, hukmronligi davrida yolg`onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etish bekor qilindi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish