Mundarija № Kirish



Download 1,6 Mb.
bet147/173
Sana01.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#876078
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
Falsafa majmua

1. Sezgilar. Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg'amagan narsani ong osti ilg'ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg'ular hotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularningg hammasini ajrata olmaymiz. Zero kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo'lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos. 2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo'ladigan joylar (bozorlar, ko'chalar va hokazo)ga o'rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo'lgan qiziqish reklamada ko'rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi. 3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta'sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko'ngilochar maskanlarda qo'yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko'zlanadi. 4. Yashirin kadr orqali ta'sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta'sir qilish xususan 25-kadr ko'pchilik davlatlar tomonidan ta'qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo'lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo'l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo'shningni o'ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta'sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo'l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan 4 ta jihatga e'tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e'tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi. Bu borada birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarlarida “Tabiiyki “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo'ymaydi”- degan purma'no hikmat bor. Endi ikki og'iz so'z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta'siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo'laman. Lekin, bir narsaga g'oyatda tahdidli, u ham bo'lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo'yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go'zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste'molchilik ehtiyoji bilan bog'lab, iste'mol va tovar sifatida haridorgir bo'lishiga qaratilgan maqsadni targ'ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san'ati” degan ma'naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo'q “badiiy” filmlar ham ko'payib ketgan. “Bozor san'ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirish mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to'g'ri tushunish kerak. Bu havfxatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini uyg'un xolda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Xo'sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo'lishi mumkin? 1. “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o'zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san'at” namunalari-g'oyalarini nafaqat targ'ib qiladi, balki pullaydi ham. 2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog'i hozirni ko'radi va tan oladi. 3. Umuminsoniy madaniyatni bo'ysindirish va o'z ta'sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi. 4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog'i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o'zi ham bora-bora bir o'lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o'y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.
5. Shaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6. “Ommaviy madaniyat” o'z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma'rifatparast”lik g'oyalari asosida o'ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ'ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko'rishishdagi “boshni boshqasuqishtirish”, imo-ishora, o'zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so'zlar”ga tayanilishi orqali ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz.“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi.
Shuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Ommaviy madaniyat xoh G'arb hox Sharq bo'lsin uning ma'naviy hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo'lgan san'at orqali jamoatchilikka ta'sir etmoqda. Bu hodisa san'atda behayo filmlar, shahvoniy romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik hamda zo'ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda. Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar.
Xususan, sotsiolog CH.Reych o'zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “Isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkorlar” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog'liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o'girgan xolda o'zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi
“yangi odam” uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o'zini mavjud tizimdan tashqarida xis qilishga bo'lgan layoqatidir.”-, degan fikrni bayon etgan edi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish