transport-taqsimlash hujjatlari va hamrohlik qiluvchi hujjatlarni tayyorlash va uzatishda elektron hisoblash mashinalarini (EHM) joriy qilish;
ekspeditorlar va yukchilarning shtat (ish o‘rinlari) sonini kamaytirish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ma vagonlarni shakllantirish;
transportning aralash sohalarining harakatlanuvchi sostavidan foydalanishni yaxshilash;
yuklarni konteynerlar va paketlarda tashishni tashkil qilish va rivojlantirish;
markazlashgan omborxona xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash
imkonini beradi.
Markazlashgan tashishda haydovchining roli juda yuqori bo‘ladi, chunki u o‘zining bevosita majburiyatlarini bajarishdan tashqari ekspeditorlik majburiyatlarini ham bajaradi.
YUkni jo‘natish punktida transportkorxonasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: yuk jo‘natuvchining omborxonasida yukni qabul qilib olish; yukni avtomobil transporti bilan yuk jo‘natuvchining omborxonasidan temir yo‘l stansiyasi, port yoki jo‘natish pristanigacha etkazish; yuk jo‘natuvchining topshirig‘i bo‘yicha yukni temir yo‘l stansiyasi, port yoki pristanga topshirish; yukni temir yo‘l transporti yoki daryo transportiga topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tovar va transport hujjatlarini rasmiylashtirish; yuk jo‘natuvchining topshirig‘i bo‘yicha yukni temir yo‘l transporti yoki suv transporti bilan tashish uchun tarif yoki shartnoma bo‘yicha belgilangan summani to‘lash.
«Bordero» - avtopoezd bilan tashiladigan yuklarning ro‘yxati bo‘lib, SMR avtoyo‘l nakladnoyiga ilova qilinadigan nusxalarning yo‘llanmalarini o‘z ichiga oladi. Bunda korxonalar konteynerlar bilan ta’minlash, yuklar uchun birkalar va yorliqlarni tayyorlash va ularni to‘ldirish, yuklarning og‘irligini o‘lchash, tashish paytida yuklarni yopish uchun brezentlar va boshqa yopish vositalari bilan ta’minlash kabi qo‘shimcha xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Bu yuk jo‘natuvchi yukni jo‘natish bilan shug‘ullanmaydi degani emas. Avtokorxona bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u yuklarni tayyorlashi, guruhlashtirishi, tortib o‘lchashi, idishlarga joylashi, hujjatlarni rasmiylashtirishi, yuklash-tushirish ishlari frontini va kelish yo‘llarining soz holatini ta’minlashi, yuklash mashinalari va moslamalarining soz holatini ta’minlashi, avtomobillarni to‘liq yuk ko‘tarish quvvatiga qadar yuklashi, me’yordan oshiqcha turib qolishlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
Bosh avtotransport korxonasi avtomobillarning grafik bo‘yicha harakatlanishini kuzatib boradi, tashishlarning dispetcherlar orqali amalga oshishini tashkil qiladi, buning uchun qo‘l ostida avtomobillarning zahira parki va qo‘shimcha haydovchilar tarkibiga ega bo‘ladi.
SHaharlararo va xalqaro tashishlarni tashkil qilish sohasida yuk egalari tomonidan yuklarni mashinalar bilan jo‘natishda harakatlanuvchi sostavlarga bo‘lgan talab to‘g‘risidagi informatsiyani to‘plash va tahlil qilish, yoki aksincha, yuklanmagan avtomobillar uchun shu yo‘nalishdagi yo‘l-yo‘lakay yuklarni qidirish to‘g‘risidagi informatsiyani to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha kichik ekspeditorlik firmalarining faoliyatini ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bunday kichik ekspeditorlik tadbirkorligi transport tugunlaridagi terminal operatsiyalarida keng tarqalgan. Ekspeditorlik firmalari yuklarni terminal bilan iste’molchilar o‘rtasida tashish-tarqatishni ta’minlaydi, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish va sug‘urtalash ishlarini amalga oshiradi. Ular o‘zlarining faoliyatini brokerlik faoliyati deb hisoblaydi. Bunday «broker», mohiyati bo‘yicha, tashish bo‘yicha javobgarlikni zimmaasiga olmagan holda, faqatgina yuk egasini avtokorxonalar bilan “uchrashtiradi”.
Tomonlarning o‘zaro munosabatlarining asosida ushbu murakkab jarayonda tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini detallashtirishga qaratilgan transport shartnomasi yotadi.
Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transportxizmat ko‘rsatish
Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklar kategoriyasiga:
Do'stlaringiz bilan baham: |