Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari fakulteti fizika kafedrasi



Download 3,34 Mb.
bet1/32
Sana03.12.2022
Hajmi3,34 Mb.
#878236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
MEXANIKA MASALA 1-qism. 14.06.2017


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNUIKATSIYASINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TELEVIZION TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI


FIZIKA KAFEDRASI
F I Z I K A F A N I D A N
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MASALALAR TO‘PLAMI VA Uslubiy KO‘RSATMALAR


1 - Qism


M E X A N I K A


Toshkent-2017
Ushbu qo‘llanmada fizika fanining “Mexanika” bo‘limi bo‘yicha masalalar va ularni echishga oid uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan bo‘lib, qo‘llanma Davlat ta’lim standarti asosida 5330500, 5330600, 5350100, 5350200, 5350300, 5350400, 5350500, 5350600 –yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassilar bilimiga tegishli na’munaviy dastur va o‘guv rejalar asosida bakalavrlar uchun ishlab chigilgan. Mavzulardagi masalalar 50 ta variantlarga taqsimlangan bo‘lib, birinchi 5 ta variant o‘qituvchiga mavzuni tushintirishi uchun mo‘ljallangan, 6 dan boshlab toq tartib raqamli variantlar talabalarning auditoriyada ishlashlari uchun, juft tartibli variantlar mustaqil uy ishlari uchun ajratilgan.
Qo‘llanmaqda mustaqil ishlash uchun masalalarni echish namunalaridan tashqari talabalar o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari, masalalarning javoblari va zaruriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Fizika fanidan mashq uchun savol va masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar I – qism “Mexanika” nomli uslubiy ko‘rsaatma “fizika”
Fizika kafedrasining majlisida muhokama etildi (7-iyun, 2017 yil, 41 -bayonnoma) va TT fakultetining ilmiy-metodik kengashi tomonidan nashr qilishga tavsiya etildi ( 2017-yil - bayonnoma).
Mas’ul muharrir prof. Q.P. Abduraxmonov


Tuzuvchilar: assistentlar A.K. Ashirbayeva
X.N. Karimov
KIRISH
Fizika qonunlarini bilish deganda, bu ularni ta’riflashni bilish bo‘lmay, balki ularni aniq masalalarni yechishda tatbiq qilishni bilmoq demakdir. Masala yechishni bilish, talabalarni mustaqil ijodiy ishlashga yordam beradi, o‘rganilayotgan hodisani analiz qilishga o‘rgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarni (faktorlarni) ajratib olishga imkon beradi.
Mustaqil ravishda masala yechish protsessi eng ko‘p foyda keltiradigan protsess bo‘lib, quyidagi metodik qo‘llanma buni amalga oshirishga qaratilgan. U umumiy fizika kursi programmasi asosida tuzilgan bo‘lib, birinchi semestrda ajratilgan masalalarni va metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Uy vazifasi uchun mo‘ljallangan masalalar variantlar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, har bir variant o‘z ichiga to‘rtta masalani oladi. Har bir mavzu oldidan masala yechish bo‘yicha qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar berilgan, har bir mavzu ichida masalalarni turli tiplarga bo‘linishi bilan ularni yechish misollari ko‘rilgan.
Masalalarni tushungan holda yechish faqat shunga tegishli nazariy materialni to‘liq o‘zlashtirgan holdagina mumkindir. Buning uchun har bir mavzu bo‘yicha darsga tayyorlanishda mavzu muammolarini yaxshi tushunishda va ularni to‘g‘ri talqin qilishda talabalarning e’tiborini jalb qilishga imkon beruvchi nazorat savollar keltirilgan.
Ushbu qo‘llanmadan foydalangan holda talaba:
1. Nazorat savollar va ko‘rsatilgan adabiyot yordamida berilgan bo‘limni sinchiklab o‘rganishi kerak.
2. O‘qib o‘rganilgan nazariyaga, uslubiy ko‘rsatma va misollarga tayangan holda o‘qituvchi tomondan ko‘rsatilgan variant bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajarish kerak.
3. Shu bilan uning uyga berilgan masalalarga nisbatan murakkab masalalarni auditoriyada yechishda aktiv va ijodkor ishga tayorlashi lozim.
Har bir mavzu bo‘yicha uy vazifasini talaba auditoriyadagi darsga qadar bir kun oldin topshirishi kerak.
Masalalarni yechishda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1.Eng avval, masalani sinchiklab o‘qib, uning mazmunini tushunib olish zarur. Agar masalaning harakateri imkon bersa, uni tushuntiruvchi rasm chizish kerak.
2.Masalani analiz qilib, qanday obyektlar yoki protsesslar haqida so‘z ketayotganligini, qanday kattaliklar ularni aniqlayotganligini, ko‘rilayotgan hodisalar qanday fizik qonuniyatlarga bo‘ysunishini aniqlash kerak.
3. Masalani yechishda optimal metodni tanlab olish kerak.
4. Avval masalani umumiy ko‘rinishda yechib, bunda qidirilayo‘tgan kattalik masalada berilgan kattaliklar orqali ifodalanishi kerak.
5. Berilgan kattalaiklarni son qiymatlari bir sistema – SI sistemasida qo‘yilishi kerak.
6. Masala yechishni oxirida o‘lchov birligini mosligi tekshirilishi zarur.
7. Uy vazifasini tayyorlashda, ishlatilayotgan qonunlar va formulalar qisqa, ammo batafsil tushuntirilishi kerak.
8. Olingan javobni son qiymatini to‘g‘ri ekanligini baholang.



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish