П = h L, v, /N (8.1) э.г у ф.у ф э.у V / Bunda, N у - bitta pog’onada ishlovchi ekskavatorlar soni.
Pog’onadagi ekskavatorlar soni turlicha bo’lishi mumkin, lekin quvvatli uskunadan foydalanishda pog’onada bitta ekskavatordan foydalanish ma’qul, uning unumdorligi rejalashtirilgan ish hajmiga teng bo’lishi kerak. Bu pog’onadagi ishlarni tashkil qilishni osonlashtiradi va ukunaning unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Ish frontining kichik uzunligida va uning kichik siljish tezligida bir guruh pog’onalarni bitta ekskavator bilan qazib olish talab qilinadi, bu esa davriy transport aloqalarining joyini o’zgartirishni talab qiladi. Ekskavatorlarni (nisbatan kuchli) pog’onadan pog’onaga ko’chirish ularning unumdorligining pasayishi bilan bog’liq va texnik sabablarga ko’ra ma’qul emas.
Pog’onada ikki va undan ortiq ekskavatorlarning ishlashida pog’ona ishlar fronti bloklarga bo’linadi, ularning uzunligi EKG-5 va EKG-8 ekskavatorlari uchun mos ravishda avtomoil va temiryo’l transportidan foydalanganda 500-600 va 1000-1400m ni tashkil qiladi.
Ish frontining siljish tezligi uskunaning quvvatiga, kon uyumi qalinligiga, karyer unumdorligiga va boshqa faktorlarga bog’liq va 30-250 m/yil oralig’ida bo’ladi. Asosan ishl frontining yillik harakatlanish tezligi 40-140 m oralig’ida bo’ladi.
Karyerning ishchi maydoni - bu ochish va qazib olish ishlari bajariladigan maydon. U bir vaqtda ishda bo’lgan ochish va qazib olish pog’onalarining mavjudligi bilan asoslanadi. Ishlar maydonining joylashuvi ishchi pog’onalarining balandlik nuqtalari va ularning ish fronti uzunligi bilan xarakterlanadi. Ishchi maydon o’zidan vaqt bo’yicha harakatlanadigan va o’zgaradigan yuzani tashkil qiladi, uning chegaralarida kon massasini tayyorlash va qazib olish amalga oshiriladi. U karyerning bir, ikki yoki barcha bortlarini o’z ichiga olishi mumkin. Karyerning qurilishida ishchi maydon qoidaga ko’ra, faqatgina ochuvchi pog’onalarni o’z ichiga oladi, kon-kapital ishlarning yakuniga ko’ra qazib oluvchilami ham o’z ichiga oladi. Ishchi maydondagi qazib oluvchi, ochuvchi va kon-tayyorlash zaboylarining soni mustaqil tanlanmaydi, buning sababi alohida ishlarning bajarilishi bu ko’rsatkichlarga bog’liq bo’ladi. Karyerda har bir ekskavator ish vaqtida muayyan gorizontal maydonni S6 egallaydi, u ishchi maydonning kengligi врпva ekskavator
blokining uzunligiL bilan xarakterlanadi. Asosan temiryo’l transportida Se = 20 ^ 40минг.м2 va avtomobil transportida S6 = 5 ^ 10минг.м2.
Karyer ishchi maydonida joylashishi mumkin bo’lgan ekskavator bloklarining soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = kQkp 6SP„з /S6 (8.2) Bunda, ko =0.85-0.93 - ishchi maydondagi pog’onalarning qiyaliklarini inobatga oluvchi koeffitsiyent;
kp6 = 0,7 ^ 0,8 - zaxira bloklarining mavjudligini inobatga oluvchi
koeffitsiyent (ishchi bo’lmagan).
Konni qazib olish davrida ishchi maydonning o’zgarishi turlicha bo’ladi. Karyerning qurilish davrida va uning quvvatini aniqlashda ishchi maydon rejada va balandlikda turli konlarni qazib olishda oshadi. Karyerning loyiha quvvatini aniqlashda ishchi maydon maksimal nuqtaga erishadi. Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda ishchi maydonning balandlik nuqtasi uncha o’zgarmaydi (asosan yuza relyefining o’zgarishidan va foydali qazilmaning joylashish chuqurligidan) va uning o’lchamlari rejada faqatgina karyer konfiguratsiyalarining o’zgarishi sababli o’zgaradi (8.3-rasm.). Bunday konlarning qazib olish davrida kon - tayyorlash ishlari bo’lmaydi. Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda ishchi maydon asosan qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmada cheksiz va nisbatan o’lchamlar bo’yicha doimiydir. Shu sababli ular uzunasiga rivojlanadi. Qiya va tik qiya konlarda karyerning chuqurlashishi bilan ishchi maydon ham pasayadi (8.3-rasm.). Yangi pog’onalarni kesish oqibatida yuqoridagi gorizontlar karyer chegarasigacha bormaguncha ularning kattaligi oshadi. Maydonning tekis relyefida karyerning ikkala bortining qazib olinishida ishchi maydonning yuzasi (м2) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
SP.3 =[hp.3 (ct8& + CtgPn ) + Вд ]Ьф.у(8 3) Bunda, hp3 - ishchi maydon balandligi, m;
/\, Рл - mos ravishda qazilmaning yotgan va osilgan tomonidan ishchi bort qiyalik burchagi, daraja;
В - karyer tubi kengligi, m;
Ьфу - pog’onalar ish frontining o’rtacha uzunligi, m.
Yuqorida karyer chegaralariga yetgandan keyin yuqori gorizontlarda ishlar to’xtatiladi va ishchi maydon vertikal bo’yicha siljiydi (chuqurlashadi) va uning o’lchamlari kamayadi. Shu sababli qiya va tik qiya konlarni qazishda ishchi maydon chuqurlashuvchi deb ataladi.
8.3-rasm.. Gorizontal (a) va tik qiya (b) kon uyumlarini qazishda karyerning ishchi maydoni (sonlar bilan karyer ishchi maydoni holatining o’zgarishi ko’rsatilgan); K- karening oxirgi konturi
QAZIB OLISH TIZIMLARI TURLARI
Kontexnik adabiyotda va amaliyotda eng qo’p tarqalgan va qo’llaniladigan qazib olish tizimlaridan prof. E.F.Sheshko, akad. N.V.Melnikov va akad. V.V.Rjevskiy tomonidan taqdim etilgan tizimlar hisoblanadi.
Akad. V.V.Rjevskiy tomonidan taqdim etilgan qazib olish tizimi asosiga (8.1. - jadval va 8.4-rasm.) konni qazib olishning kon geologik va geometrik tartiblari olingan. Bu klassifikastiyalarga ko’ra turli ko’rinishdagi gorizontal va nishab, shuningdek qiya va tik qiya konlarni qazish uchun tizimlari mavjud. Gorizontal konlarni qazib olish tizimlari faqatgina ochish va qazib olish tartibi bilan xarakterlanadi, bu holatda kon-qurilish ishlari karyerning qurilish davrida yakunlanadi. Kon-tayyorlash ishlari faqatgina karyerning rekonstruktsiya davrida qayta tiklanishi mumkin. Bunday qazib olish tizimlari bir tekisli (butun) deb ataladi (doimiy ishchi maydon bilan).