Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet62/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

Tekshirishlar kernali, shlamli, borozdli, zadirkali va nuqtali bo’ladi.
Kernali tekshirish kolonkali razvedka burg’ulanishida qo’llaniladi. Skvajinaning har qanday chuqurligida foydali qazilmaning sifatini nazorat qilish imkoni bo’lganligi uchun bu usul nisbatan ko’p qo’llaniladi. Lekin bu usul nisbatan murakkab va qimmat. Shu sababli uni katta qiymatli qazilmalarni qazib olishda detalli va ekspluatastion tekshirishda qo’llaniladi.
Shlamli tekshirish nazorat va portlatish skvajinalarini burg’ulashda amalga oshiriladi. Bu usul nisbatan oson va arzon hisoblanadi. Shlamli tekshirishlar soni burg’ulanadigan blok geologik tuzilishiga bog’liq bo’ladi: temir rudalari karyerlarida aloqa zonalarida probalar 2-3m dan olinadi, rangli metallurgiya karyerlarida - 1-2m da. Bir turli maydonlarda har bir portlatish skvajinasidan bitta proba olinadi.
Borozdli tekshirishda pog’ona yuzasidan ishlar frontiga ko’ndalang bo’lgan holda 5-25m oraliqda portlatish blokining butun kengligi bo’yicha yoki qazilmaning butun qalinligi bo’yicha kengligi 20-30sm va chuqurligi 10-20sm bo’lgan borozdalar o’tkaziladi (doimiy ko’ndalang kesimli). Borozdli tekshirish ochiq yuzadagi aloqalarni aniqlashga xizmat qiladi, lekin blok hajmidagi qazilma konturlarini aniqlashga yordam bermaydi.
Zadirkali tekshirish borozdli tekshirishning bir turi hisoblanadi. U asosan ekskavator yordamida qalinligi pog’ona balandligi bo’yicha 10-30sm bo’lgan foydali qazilma qatlamini tekis yuzani olish bilan amalga oshiriladi.
Nuqtali tekshirish foydali qazilmani qazib olishda nazorat qilish uchun va transport vositalariga yuklanadigan foydali qazilmaning sifatini nazorat qilishda amalga oshiriladi. Probalar portlatilgan kon massasi yig’imining alohida nuqtalaridan, tayyor mahsulot omborlaridan va transport vositalaridan olinadi. Foydali qazilma omborlaridan va transport vositalaridan probalarni olish uchun maxsus proba olgichlar ishlab chiqilgan, ular ishni ancha osonlashtiradi. Probalarni olgandan keyin foydali qazilmani sifatini aniqlash uchun uni keyingi tekshirilish amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rilgan tekshirishlarning umumiy kamchiligi bu, ularning katta kuch talab qilishi, probalar olish va tahlillarni tekshirish ishlarining alohidaligi sababli ma’lumotning kam ishonchli ekanligi, mahsulotning sifatini nazorat qilishni murakkablashtiruvchi ma’lumotlaming tez etib kelmasligidir. Bu kamchiliklar katta miqdorda fizik-texnik tekshirish usullaridan foydalanganda yo’qotilishi mumkin. Fizik-texnik tekshirishda tekshirish proba va tahlillarsiz bevosita tog’ jinsi uyuumlarida, transport vositalarida amalga oshiriladi va quyidagi xususiyatlarda amalga oshiriladi: yader-fizik, magnitli, elektrik va boshqa tog’ jinsi xususiyatlaridan foydalangan holda. Bu usullarga magnit ta’sirli karotaj, radioaktiv karotaj, gamma-gamma usul, rentgenradiometrik usul, neyron usul, spekrtrofotometrik, emission, massospektral va boshqalar kiradi.

    1. FOYDALI QAZILMALARNING YO’QOTILISHI VA QOPLOVCHI TOG’ JINSI BILAN ARALASHUVI

Foydali qazilmaning yo’qotilishi sonli va sifatli (qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi) bo’ladi.
Sonli yo’qotilishlar - foydali qazilmaning er qarida qoldirilgan, yuklash joylarida yo’qotilgan, qayta yuklashda, omborlarga cho’zishda va transport aloqalarida, shuningdek ag’darmalarga chiqarilgan zaxiralari qismi.
Sifatli yo’qotilishlar (qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi) - qazib olingan foydali qazilmaning tarkibi er qaridagi foydali qazilmaning tarkibiga qaraganda pasayishi. Qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuv foydali qazilmalar qazib olinadigan maydonlarda qoplovchi tog’ jinslari hosil bo’lishi, sanoat tarkiblarga sanoat bo’lmagan tarkiblarning aralashuvida, shuningdek qimmatli turlaming uncha qiymatga ega bo’lmagan qiymatlar bilan aralashuvda amalga oshadi.
Sonli va sifatli yo’qotishlar umumiykaryer va ekspluatatsion turlarga bo’linadi.
Umumiy karyer yo’qotishlariga balans zaxiralarining proekt bilan qazib olish ko’zda tutilmagan qismlari kiradi (karyerlar orasidagi chegara butunliklarida, kapital kon lahilmaridagi himoya butunliklarida, kontexnik inshootlarda va boshqalarda).
Ekspluatastion yo’qotishlarga qazib olish davridagi kondistion rudalarning yo’qotilishi kiradi. Foydali qazilmaning massivdagi va massivdan ajratilgan holdagi yo’qotilishi mavjud. Massivdagi yo’qotishlarga karyer maydoni ichidagi butunliklarda bo’lgan yo’qotishlar (qazib olishning texnologik sxemasi bo’yicha qoldiriladigan), qazilmaning yotgan va osilgan yonidagi yo’qotishlar, ko’chkilar zonalarida, geologik buzulishlar butunliklaridagi yo’qotishlar kiradi. Massivdan ajratilgan foydali qazilma yo’qotishlariga alohida qazib olishdagi zaboydagi yo’qotishlar, foydali qazilmalarning tushib qolishi oqibatida ichki ag’darmalarda (qayta ekskavastiyada, yuklash joylarida, omborlarga cho’zishda, ajratish va tashishda) yo’qotishlar kiradi.
Foydali qazilmaning yer qaridan qazib olinishining to’liqligini nazorat qiluvchi belgi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
К = (V -Vn)/ V3 ku = Vuad /(V3a3) (10.1)
Bunda, V - qazib olingan foydali qazilma hajmi, м3;
V3 - yopilgan zaxiralar hajmi, м3;
ad, a3 - foydali qazilmaning mos ravishda qazib olingan foydali qazilmada va yopilgan foydali qazilmada zaxiralarning qazib olishdagi o’rtacha tarkibi, %;
V - qazib olingan tog’ jinsidagi aralashuvchi tog’ jinsi (yoki kondistion bo’lmagan) hajmi, м3.
Sifatning belgisi foydali qazilmaning sifati o’zgarish koeffitsiyenti hisoblanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
кк = (1 -Лд)/Л (10.2)

kk =ад з
Bunda, Кд, К" qazib olingan ko’miming zolligi va uni yopilgan zaxiralardagi zolligi, birlik.
Foydali qazilmaning yo’qotilishi hajmi (м3):
A = V - К
Bunda, V, - yopilgan zaxiralardan qazib olingan foydali qazilma hajmi, м3. Foydali qazilmaning yo’qotilish koeffitsiyenti:
Кп = A / К






Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish