Mineral bog‘lovchilar asosida tayyorlangan sun’IY



Download 247 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2022
Hajmi247 Kb.
#676084
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma'ruza. Mineral bog‘lovchilar asosida sun’iy tosh materiallari. -1

Silikat g‘isht

Silikat g‘isht kvars qumi (92–94%), ohak (6–8%, aktiv CaO hisobida) va suv (7–9%) bikr aralashmasini 15–20 MPa bosim ostida presslab, so‘ngra avtoklavda ishlov berib tayyorlanadi. Silikat g‘isht ikki turda ishlab chiqariladi: oddiy 250x120x65 mm va modulli 250x120x88 mm. Modulli g‘isht kovakli tayyorlanadi va bitta g‘ishtning massasi 4,3 kg gacha bo‘ladi.


Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra silikat g‘isht quyidagi markalarda bo‘ladi (kgs/sm2): 100, 125, 150, 200 va 250. Uning o‘rtacha zichligi 1800–1900 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,70–0,75 W/(m·°C), suv shimuv- chanligi (massa bo‘yicha) 14–16%, sovuqqa chidamliligi F15, F25, F35 va F50. Silikat g‘ishti och kul rangida va tarkibiga ishqorga bardoshli pigmentlar kiritilsa, istalgan rangda bo‘lishi mumkin.
Silikat g‘isht ishlab chiqarishda quritish va yuqori haroratda pishirish jarayonlari bo‘lmagani sababli energiya sarfi kamayadi hamda g‘ishtning tannarxi keramik g‘ishtga nisbatan 30–40% arzonlashadi.
9.2-rasmda silikat g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi berilgan.


9.2-rasm. Silikat g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi.
Kesak holdagi ohak-kipelka chala pishgan va o‘ta pishgan ohak- dan tozalash maqsadida saralanadi, maydalanadi va kukunlanadi. Bu jarayonda o‘ta kukunlangan zarrachalar separator vositasida ajratib olinadi. Me’yorida kukunlangan ohak bog‘lovchisi yuqori aktivlikka ega bo‘lgani uchun buyum tayyorlashda sarfi kamayadi. Ohak qum bilan birga ikki xil usulda so‘ndiriladi. Birinchi usulda 8–9 soat davomida siloslarda, ikkinchi usulda tez so‘ndirish barabanlarida amalga oshiriladi. So‘ndirish barabani metall silindrdan iborat bo‘lib, ikki tomoni kesik konus shaklida bo‘ladi va gorizontal o‘q atrofida aylantiriladi. Me’yorlovchi moslamalarda o‘lchangan qum (hajm bo‘yicha), ohak (massa bo‘yicha) zich yopiladigan luk orqali solinadi. Homashyo barabanda aylantiriladi, bug‘ yuboriladi va 0,3–0,5 MPa bosim ostida ohak so‘ndiriladi.
Ohak-qum aralashmasi kurakchali qorgich yoki begunlar yordamida qo‘shimcha 7% gacha namlanadi va 15–20 MPa presslanadi.
Presslab zichlashtirilgan silikat g‘ishtida ohak bog‘lovchisi va kvars qumi o‘rtasida kimyoviy reaksiya to‘la kechadi. Press mosla- malari quvvati 2200–3000 dona silikat g‘ishtini 1 soat davomida tayyorlab beradi. Qoliplangan g‘isht press stolidan ehtiyotkorlik bilan olinadi, vagonetkalarga yuklanadi va ishlov berish uchun avtoklavga joylashtiriladi.
Avtoklavda ishlov berishda SiO2 bilan kimyoviy reaksiyaga kirish- magan ohakdan havodagi CO2 bilan birikib, ohaktosh hosil qiladi:
Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O
Silikat g‘isht keramik g‘isht ishlatiladigan joylarda ishlatiladi, lekin nam va suvli sharoitlarda poydevor va devorlar qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi. Uning qurilish qorishmalari bilan yopishishi (adgeziyasi) yetarli bo‘lmagani uchun seysmik aktiv zonalarda yuqori qavatli binolar qurishda konstruksion material sifatida ishlatilmaydi.




      1. Download 247 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish